Tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik kuzatib borishni tashkil etish - Tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik kuzatib borishni tashkil etish
- Tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik yordam berish maqsadida Bolalar uyida tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik xizmat (keyingi o‘rinlarda xizmat deb ataladi) tashkil etiladi. Xizmat tarkibi mutaxassislardan – Bolalar uyi xodimlaridan iborat bo‘ladi. Xizmatning tarkibi bosh vrachning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Xizmat tarkibiga xizmatga boshchilik qiladigan Bolalar uyining bosh vrachi, ijtimoiy maxsus xodim, psixolog, vrach-pediatr, katta tarbiyachi va defektolog kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |