1. Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar uylarining amaldagi shtat normativlarini qayta ko‘rib chiqsin, ularda tarbiyalanuvchi bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish ishlari uchun xodimlarni, shuningdek pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi kichik xodimlar yuklamasining amaldagi hisoblangan normalari kamaytirilishini nazarda tutsin. Belgilansinki, Bolalar uylarining ko‘rsatib o‘tilgan xodimlari sonining ko‘paytirilishi munosabati bilan budjetning qo‘shimcha xarajatlari sog‘liqni saqlash muassasalarining tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish hisobiga qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |