MAVZU:Marketing Muhiti Va Uning Komponentlari
TDIUSF Iqtisodiyot fakulteti bi-221 guruh talabasi Ikromjonov Otabekning Marketing fanidan Mustaqil Ishi
Reja: - Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati
- Marketing muhitini o`rganish
- Marketeng komponenetlari
Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati. - Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati. Marketingning atrof-muhiti, umuman bozor kon’yunkturasiga va xususan firma faoliyati, shu jumladan, bozorning boshqa sub’ektlariga bevosita ta’sir etuvchi kuchlar va omillar yigʻindisidan iborat. Muhit doimiy oʻzgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli oʻrganish, alohida jarayonlarni va ularning oʻzaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir boʻlib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas oʻzgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish firmaning va bozorning boshqa sub’ektlari ishida juda ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona marketologlarining muhit doirasida boʻlayotgan oʻzgarishlarni alohida va mas’uliyat bilan kuzatib borishlari nazarda tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi tendentsiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni topishlari lozim, chunki ular ixtiyorida maxsus marketing instrumentlari, ya’ni marketing tadqiqotlari mavjuddir.
Odatda, makro va mikro-muhit farqlanadi. Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu erga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy- texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining nazorati ostida boʻladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar segmentlar)ni, tovarlar harakatining yoʻllarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini echish). - Odatda, makro va mikro-muhit farqlanadi. Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu erga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy- texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining nazorati ostida boʻladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar segmentlar)ni, tovarlar harakatining yoʻllarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini echish).
- Shunday qilib, mikro-muhitni oʻrganish bozorning aniq sub’ektiga nisbatan qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa marketing va bozor sub’ektlari, mamlakat va xalq iste’moli tovarlari sohalari uchun umumiy koʻrinishda namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |