yuridik shaxslar uchun- hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha yuridik shaxslar to‘kayotgan sug‘urta mukofotlari tashkilotning boshqa xarajatlariga kiritiladi;
– jismoniy shaxslar uchun – hayotni uzoq muddanli sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun yo‘naktirilgan pullar daromad soli‘`iga tortilmaydi.
Savol tu‘`ilishi mumkin: hayotni uzoq muddatli sug‘urtalashda sug‘urta qildiruvchilar uchun shaxsiy foydadan tashqari yana qanday yaxshi jihatlari mavjud? Avvalo, soliq imtiyozlari yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari hajimlarini oshishini (umumiy sohasida shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini sezilarli ko‘payishini) va muddatini uzaytirilishini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini oshirgan holda investitsiya faoliyatiga sezilarli ta‘sir etishi mumkin. Shu bilan birga uzoq muddatli sug‘urta to‘lovlarini amalgam oshirishda davlat byudjetining xarajatlar qismiga tushadigan og‘irlikni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro tajriba ko‘rsatishicha, uzoq muddatli sug‘urta segmenti moliya va fond bozorlari uchun jiddiy raqobatchi hisoblanadi. Bunda aynan uzoq muddatli sug‘urta kutilmagan hodisalar sodir bo‘lganda, shuningdek qo‘shimcha pensiya ta‘minoti kabi kutilgan hodisalarda moliyaviy ta‘minot kafolat bo‘la oladi. Shuningdek, alohida ichki o‘ziga xos tomonlaridan tashqari sug‘urta davlat miqiyosida aholini bandligini va qo‘shimcha daromad manbalarini t‘`minlashga ko‘maklashadi. Masalan, ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda ko‘pchilik fuqarolar sug‘urta agenti sifatida ishlaydilar, zero erkin ish tartibi ortiqcha kuch sariflamasdan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.
Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. o‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |