“TDIU” talabasi
ZOKIROV G’ULOMJON
O’zbekistonda sug’urtaning uzoq muddatli turlarini rivojlantirishning ahamiyati.
Hayotni sug‘urta qilish –sug‘urtaning uzoq mudatliligi va qoplanadigan qaltisliklar tufayli o‘ziga xos sohadir. Potentsial mijozlar ongida shaxsiy mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq tegishli moliyaviy dastaklardan foydalanishni ishonchli va samarali ekanligi haqida barqaror ijobiy ta‘surotni shakilantirish uchun nafaqat sug‘urtalovchilar, balki moliyaviy soha vakillari katta kuch safarbar etkanliklari hech kimga sir emas. Bunda davlatning o‘rni katta ahamiyat kasb etib, u tomonidan yetakchi xorijiy tajriba va milliy an‘analar asosida iqtisodiy islohotlar amalgam oshirildi. Sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta tashkilotlari tomonidan investitsiyalarni amalgam oshirilishi bilan bevosita chambarchas bog‘liq bo`lgan hayotni sug‘urtalash haqida gapirganda, bunday islohotlar sirasiga sug‘urta, bank, investitsiya faoliyatini, soliqqa tortish qoidalarini va boshqa sohalarni tartibga soluvchi qator qonun hujjatlari o‘zgarganligini kiritish mumkin. Sug‘urtalovchilar su‘`urtaning jahonda juda ommabop bo`lgan sektorini faol rivojlantirish xohish-irodasi va davlat ko‘magiga ega bo‘lgan holda mijozlar auditoriyasi uchun butunlay yangi mahsulotlarni chiqarish imkoniyatiga erishdilar.
Albatta, ish jarayonida u yoki bu muammoli masala vujudga keladi, lekin ular sug‘urta tashkilotlarining urinishlari va qonunchilika o‘zgarishlar kiritish orqali tartibga solish bilan hal etiladi. Sug‘urtalovchilar sug‘urta vositachilari bilan o‘zaro munosabatlarni faollashtirish, hududlardagi Hayot tarzining milliy o‘ziga xos tomonlari nuqtai nazaridan sug‘urtaning uzoq muddatli jamg‘arma turlarining ustunliklari va imkoniyatlarini tushuntirish ishlari, sug‘urta an‘analarini shakillantirishda ishtirok etish, hayotni sug‘urta qilsh va umumiy sug‘urta sohalarining simbioziga asoslangan mahsulotlarda taqdim etilayotgan xizmatlar turkumini kengaytirishdan bilan birga sotish kanallarini, shu jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keng amal qiladigan sug‘urta institutining bank sohasi bilan hamkorlik qilishi imkoniyatlari hisobiga kengaytirildi.
Nima uchun hayotni uzoq muddatli sug‘urtalshga katta ahamiyat berilmoqda? Avvalo, bu ijtimoiy jihatlar bilan bog‘liq. Davlat aholi farovonligini oshirishga yo‘naltiriladigan byudjet mabla‘`laridan tashqari kutilmagam voqealar yuzaga kelganda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa bu o‘zbek xalqining ko‘p asrlar davomida shakillangan milliy urf-odatlari nuqtai nazaridan dolzarbdir. Oila bu nafaqat bolalarni tarbiyalash, balki keksa ota-onaga ham g‘amho‘rlik qilishdir. Oila uchun sarflanadigan moddiy boyliklarni o‘z ichiga oluvchi kundalik xarajatlardan tashqari bola tug‘ilishi, o‘qish, to‘y, dam olish va boshqa tadbirlar uchun ham xarajatlar talab etiladi. Va aynan shu holatlarda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash oilaviy byudjetga sezilarli og‘irlikni tushurmay qator moliyaviy muammolarni hal etish imkonini beradi.
Jamg‘arma mahsulotlar yordamida ta‘mirlash, mebel yoki avtomobil xarid qilish, ta‘lim va boshqa narsalarning pulini to`lash mumkin. Qaltislikni sug‘urtalaganda oila boshlig‘i qandaydir nohush voqealar sodir bo‘lganda oilaning moddiy t‘`minoti uchun ko‘ngli tinch bo‘ladi. Nima uchun sug‘urtani tanlagan maqul? Chunki boshqalardan, masalan, bank qo‘yilmalaridan farqli o‘laroq polis nafaqat qo‘shimcha moliyaviy jamg‘arma shakillantirish, balki sug‘urta himoyasida bo‘lish imkonini beradi. Bundan tashqari voqealar salbiy rivojlanishi holatlarida ma‘lum muddat o‘tishi bilan emas, balki to‘langan badallardan qat‘iy nazar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta pullarini to‘liq olish imkoniyatini beradi. Bunda soliq imtiyozlari borligi ham sezilarli ahamiyatga ega:
–
Do'stlaringiz bilan baham: |