Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari, taraqqiyoti va ularni bozor
iqtisodiyotidagi o`rni.
Bank deb, pul mablaglarini yig`uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa
vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo`lishining asosi bo`lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi
xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo`lishi va ularning rivojlanib borishi barcha
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo`lishini taqazo etadi.
Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat,
shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o`z bo`sh
turgan mablag`laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag`
zarur bo`lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi
puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so`zi italyancha «banka» so`zidan olingan bo`lib, «stol», «pullik stol»
degan ma`noni anglatadi, chunki o`rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi,
idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo`yib xisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii»
deb atalib, agar
puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma`suliyatsizlik qilsa, u o`tirgan
stol sindirib tashlangan va uni «Banco rotto», ya`ni bankrot deb atashgan. Banklar
paydo bo`lishining boshlang`ich nuqtasi bo`lib XVI asrda Florensiya va Venetsiyada
tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar
Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga
kelgan. Bu banklar asosan o`z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o`rtasida
naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat
hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib
chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan
bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694
yilda aksioner bank sifatida tashkil bo`lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida
banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo`lgan.
.
Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining
rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo`l ochdi.
Ssuda kapitalisti asosan o`z bo`sh mablag`ini qarzga berib ssuda foizi sifatida
daromadga ega bo`lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag`larni kreditga
berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo`sh
pul mablag`larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag`ni jamlab uni
xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni
maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.
Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog`onali bank
tizimi bo`lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog`ini o`z ichiga oladi.
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib
chiqib qayta tashkil etish
quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-
moliya tizimi barqarorligiga erishish
- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o`tkazilishi bilan mos
kelishi
- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo`li bilan jahon
banki tizimiga yaqinlashtirish
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning
iqtisodining xususiyatini hisobga olish
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.
Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini
quyidagi ikki
davrga bo`lish mumkin:
Birinchi davr – bu O`zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo`lgan davrdagi
bank tizimi
Ikkinchi davr O`zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank
tizimi.
Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o`z
ichiga олади:
- Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo`lgan davrni o`z
ichiga olib bunda oldingi mavjud bo`lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit
tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos
keluvchi tarmoq banklari, o`lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat
banklari kabi banklar faoliyat ko`rsatgan.
- Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to`g`ridan-
to`g`ri kreditlashga o`tdi. Bunda banklar xalq xo`jaligi sohalari bo`yicha tashkil qilindi
va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug`ullangan.
Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan.
- Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga
oladi. Бунда mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit
munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank -
Davlat banki, qurilish banki,