Davlat tomonidan hududlarni rivojlantirishni tartibga solish maqsadida quyidagi dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda: *Sanoatni rivojlantirish dasturlari. *Qishloq xo’jaligini rivojlantirishni tartibga solish. *Mintaqalar eksport salohiyatidan samarali foydalanish va qo’shma korxonalarni tashkil etishni tartibga solish. *Transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish. *Mintaqalarning ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish.
*Sanoatni rivojlantirish dasturlari. *Qishloq xo’jaligini rivojlantirishni tartibga solish. *Mintaqalar eksport salohiyatidan samarali foydalanish va qo’shma korxonalarni tashkil etishni tartibga solish. *Transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish. *Mintaqalarning ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish.
2.Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo’llari
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashda davlat markaziy o‘rin egallaydi. Mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot” darajasining yuqoriligi poraxo‘rlik darajasining ham yuqori darajada bo‘lishiga zamin yaratadi. Umuman, xufiyona iqtisodiyotning ma’lum bir davlat misolida qanchalik darajada rivojlanganligini aniq belgilab bo‘lmaydi. Ushbu hodisaning mavjudligi natijasida yuzaga keluvchi bir qator omillar uning taxminiy darajasini mutaxassislar ishtirokida jahon mamlakatlarida mavjud bo‘lgan “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushini aniqlaydi.
Shuningdek, Dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida davlat qarzlaridan foydalanadilar, chunki ularning aksariyatida defitsit (taqchil) byudjetga ega bo‘ladilar va ichki investitsiyalar uchun, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qilish, shuningdek tashqi qarzlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun o‘z mablag‘lari etishmaydi.
Davlat qarzi haqidagi ilmiy tasavvurlar ko‘p jihatdan J. M. Keyns ta’limoti bilan bog‘liq. U byudjet taqchilligi, davlat xarajatlari, umumiy talab, xususiy jamg‘armalar va ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni o‘rganib defitsitli (taqchil) moliyalashtirish siyosatini amalga oshirishni taklif qilgan. Keyns davlat qarzining ikki tomonlama tabiatidan kelib chiqqan. Bir tomondan, davlat qarzi iqtisodiyotga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi, chunki qarzni qaytarish uchun mamlakat yo soliq yukini oshirishi, yo byudjetning xarajat qismini kamaytirishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, davlat qarzi mamlakat ichida tovar va xizmatlarga talabni oshiradi, bu bilan iqtisodiy o‘sishga yordam beradi, ya’ni u iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarali vositasi hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashdagi davlatning vazifalari.
iqtisodiy va ma’muriy dastak, vosita hamda usullar yordamida iqtisodiy strategiya va joriy dasturlarni amalgam oshirish, erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash, mavjud sharoitlarga mos ravishda ko’rilayotgan chora tadbirlarga tuzatishlar kiritish;
boshqa mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar tizimida himoyalanishni rag’batlantirish rejimlarini ko’zda tutadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali mamlakatning iqtisodiy suverenitetini huquqiy va siyosiy jihatdan himoyalashni ta’minlash;
iqtisodiyotni yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni tezlikda hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslarning huquqlari, vazifalari mas’uliyatini oqilona taqsimlash va ularning o’zaro bir o’lchamdagi faoliyatini uyg’unlashtirish.
Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish va turmush shroitlarini yaxshilash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy sohada, hayotda keskinlikning vujudga kelishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun xavf-xatar tug’dirishi shubhasizdir. Aholi turmush darajasi barqaror o‘smoqda. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi turmush darajasiga va hayot sharoitlari bilan bog’liq ijtimoiy tahdidlar birmuncha kamaydi. Ammo aholi turmush darajasini oshirishda ma’lum muammolarni hal etish taqozo etiladi. Jumladan, turli iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish haqlari keskin farqlanmoqda. Qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan xodimlar ish haqlari o‘rtacha respublika darajasiga nisbatan 60foizdan ortiqni tashkil etib, sanoatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan bir necha barobarga kam. Bunday tafovut keskin bo‘lib, ma’lum iqtisodiy tahdidni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida, ya’ni sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at sohalaridagi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqlari o‘rtacha respublika darajasining 60-80 foiz ini tashkil etmoqda. Vaholanki, ushbu tarmoqlarda xodimlarning bilim, kasb-malaka darajalari boshqa tarmoqlardagilarga nisbatan ancha yuqoridir.
1. aholi, shu jumladan, mehnatga layoqatli aholi, mehnat resurslari sonining o‘sish sur’atlarining asosiy fondlar yaratayotgan yangi o‘rinlarning o‘sish sur’atlariga nisbatan orqada qolishi, kelgusida ishsizlar daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kishilar sonining o‘sishiga olib kelishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |