4-LABORATORIYA ISHI Telnet protokolini sozlash Ishdan maqsad: Telnet protokolini sozlash va u yordamida tarmoq qurilmalariga masofadan kirishni o’rganish.
Topshiriq:
4.3-rasmda ko’rsatilgan topologiya bo’yicha LSW1, LSW2 kommutatorlarni sozlang;
AAA sozlamalarini sozlang;
VTY virtual terminalini sozlang;
Telnet serverni sozlang;
Foydalanuvchi kirish ma’lumotlarini sozlang.
Telnet yordamida masofadagi qurilmaga kirishni tekshiring.
Nazariy qism Telnet tarmoq protokoli bo’lib, tarmoq yoki Internet orqali masofaviy (masofadagi) kompyuterga ulanish va ushbu tizimni masofaviy buyruqlar bilan boshqarish uchun ishlatiladi. Telnet matn terminali yordamida masofaviy tizim bilan virtual aloqa qilish uchun ishlatiladigan asosiy tarmoq protokoli hisoblanadi. Telnet tarmoq yoki Internet orqali ikkita masofadagi hostlar o’rtasida ikki tomonlama aloqa uchun ishlatiladigan tarmoq protokoli hisoblanadi.
4.1-rasm. Telnet protokoli vazifasi
Ushbu protokoldan foydalanib, foydalanuvchilar masofaviy tizimga kirishlari va virtual terminal yordamida muloqot qilishlari mumkin, lekin Internet kabi ishonchsiz tarmoqlarda foydalanish uchun xavfsiz emas.
LSW1 kommutatorga nom beramiz va IP manzilni sozlaymiz.