Fan nomi :
Psixologiya
Glossariy tayyorlovchi PPS-119 - gurux talabasi Ismoilov Ilxom Ikrom o'g'li Mavzu: Xayol
Insonlar borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira olishni bilish bilan birga xayolni ham o`zgartira bilish lozim.
Xayol - ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir.
Xayolning funksiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir.
Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi.
Xayol eki fantaziya,
tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga
kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi. Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uni natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Xayol odamga faoliyat jarayonida mehnat mahsulotlarining oxirgi yoki oraliq psixik modellarini hosil qilish yo`li bilan yo`l-yo`riq ko`rsatadi. Bu esa mehnat mahsulotlarining narsalar sifatida gavdalanishiga yordam beradi. Xayolning qimmati shundan iboratki, u hatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va zarur bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Demak, biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo`lgan psixik jarayon xayol deb ataladi. Xayolni ko`pincha
fantaziya deb ataydilar, xolbuki, ba’zan “fantaziya” degan so`z bilan haqiqiy hayotda kam aloqador bo`lgan tushunchadir. Xayolning boyligi idrok qilish ko`nikmasiga, predmetlar
va hodisalarning obrazlarini kuzatishi va xotirada saqlab qolishga bog`liq bo`lib, ular keyinchalik qayta ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol’ o`ynaydi. Tafakkur fantaziya natijalariga tuzatish kiritadi. Uni tanqidiy baholaydi. His tuyg`ular ham xayolga ta’sir ko`rsatadi, ular ko`p jihatdan xayolga bog`liq bo`ladi. Nihoyat, kishining xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarini amalga oshirish uchun iroda zarur bo`ladi.
Xayolning nerv fiziologik asoslari inson ongida yotgan ilgari mavjud bo`lgan bog`liqliklarni vaqt bog`liqliklari asosida qayta ishlash va yangi birikmalarini yaratishdir.
Sxemalashtirish - biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish.
Tipiklashtirish - bir xilda qaytariluvchi faktlarni konkret obrazda namoyon bo`lish.