Tayyorlash


Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.04.2022
Hajmi1,66 Mb.
#532031
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MA`ruza 5

Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi 
Hozirgi vaqtda koʻplab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, 
treninglar 
va 
boshqa 
tadbirlarni 
oʻtkazish uchun 
turli 
kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma‘lumot mazmunga boy, esda qoladigan va 
koʻrgazmali boʻlishi uchun koʻproq Multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular 
matn, grafika va ovoz kabi ma‘lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon 
beruvchi Multimedia apparat vositalari boʻlishi bilan birga amaliy dasturlar 
paketlari ham. Multimedia bir necha ta‘rifga ega: 



Multimedia - turli ma‘lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish qayta ishlash 
vositalarini qoʻllash tartiblarini ta‘riflovchi texnologiya; 

Multimedia – kompyuter apparat ta‘minoti (kompyuterda kompakt- disklar 
oʻqish qurilmasi – SD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma‘lumotni 
eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus 
qurilmalarning mavjudligi); 

Multimedia – bu bir necha ma‘lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga 
birlashishi. Odatda Multimedia deganda matn, ovoz, grafika, mulьtiplikatsiya, 
videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma‘lumot taqdim etish vositalarining 
kompter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi 
ma‘lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta‘minlaydi: inson passiv 
ravishda mahliyo boʻlibgina oʻtirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. 
Sifatli Multimedia ilovalari ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan turli-tuman, bir- 
biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan 
foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak. 
Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga 
boʻlish va ierarxiya tarzida koʻrgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda 
tizimlashtirish usulini oʻzida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini 
olish mumkin. 

Multimedia ilovasini loyihalashning boshlangʻich bosqichida materialni 
qamrab olish modeli quyidagilarga imkon beradi

Material mazmunini aniq belgilash; 

Mazmunni koʻrgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish; 

Multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash. 
Kompyuter ekranidagi ma‘lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda 
psixologiya yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni 
shakllantirishga yordam beradi: 

Ekrandagi ma‘lumot tizimga keltirilgan boʻlishi kerak; 



Vizual ma‘lumot davriy ravishda tovushli ma‘lumotga almashib turishi 
kerak; 

Vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham 
murakkab boʻlmasligi kerak. 
Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda koʻrish maydonini 
tashkil etishni belgilovchi ob‘ektlar orasida maqsad va munosabat borligini 
hisobga olish tavsiya etiladi. Ob‘ektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi; 

Bir-biriga yaqin, ya‘ni koʻrish maydonida ob‘ektlar bir-biriga qanchalik 
yaqin boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil 
qiladi; 

Jarayonlar oʻxshashligi, ya‘ni obrazlarning oʻxshashligi va yaxlitligi 
qanchalik koʻp boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan uygʻunlashadi; 

Davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya‘ni koʻrish maydonida 
tartibli ketma-ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan 
elementlar qanchalik koʻp boʻlsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona 
obrazga birlashadi; 

Ob‘ektlar shakli, harf va raqamlar oʻlchami, ranglarning toʻqligi, matnning 
joylashishi va boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning oʻziga 
xosligini hisobga olgan holda; 

Vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan 
bezamagan holda; 

Xotirada saqlash uchun moʻljallangan materialning rangini oʻzgartirish 
orqali ajratish; 
Multimedia ilovalarni ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan 
ob‘ektlar insonlar tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerak. 
Quyida Microsoft Office Power Point dasturida Multimedia ilovalarini 
tayyorlash mexanizmi bilan toʻliq tanishib chiqamiz. 
Microsoft Office Power Point dasturini ishga tushirish usullari. 


1-yoʻl: 
Pusk 
Vse programmы 
Microsoft 
office 
Microsoft Power Point 
2-yoʻl: Ishchi stolida Microsoft Power Point 
dasturi 
joylashtirilgan 
boʻlsa, 
unda 
sichqonchaning chap tugmasini ikki marta 
bosib ishga tushuriladi. 
3- usul: 
Ishchi stolida sichqonchaning oʻng tugmasini 
bosib ―sozdatь‖ qatoridan Microsoft Power 
Point dasturi tanlanadi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish