Tayyorlash vaularnimalakasinioshirishinstituti elektronika va elektrotexnika



Download 3,21 Mb.
bet57/96
Sana23.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#842785
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
Bog'liq
1 kurs YANGI ELEKTRONIKA ASOSLARI ektromontyor Abduhalilov Mansurjon

T/R

  1. Mazmuni

  1. Ballar

  1. 1

  1. Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’la qonli to’g’ri ishlansa va to’g’riligi isbotlansa.

  1. 5

  1. 2

  1. Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 3 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa

  1. 4

  1. 3

  1. Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 5-6 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa

  1. 3

  1. 4

  1. Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 7 tadan ortiq xatolikka yo’l qo’yilsa

  1. 2

  1. 5

  1. Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’g’ri ishlashda qo’pol xatolikka yo’l qo’yilsa

  1. 1




  1. 1.Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi

    1. T/R

    1. Mazmuni

    1. Ballar

    1. 1

    1. Mavzu to’liq ,asosiy fikr va tushunchalar to’la qonli o’zlashtirilishiga erishilsa

    1. 5

    1. 2

    1. Mavzu asosan,asosiy fikr va tushunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa

    1. 4

    1. 3

    1. Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa

    1. 3

    1. 4

    1. Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa

    1. 2

    1. 5

    1. Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa

    1. 1




  1. 17-Mavzu: O‘zgarmas tok mashinalari.

  2. Reja:




  1. O‘zgarmas tok mashinalari

  2. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi

  3. O‘zgarmas tok mashinasining ishlash prinsipini




  1. O‘zgarmas tok mashinalari




  1. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr dvigatellar (motorlar) va mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr generatorlar o‘zgarmas tok mashinalari deyiladi. Kuchlanish qiymatiga qarab o‘zgarmas tok mashinalari past va yuqori kuchlanishli mashinalarga bo‘linadi, quvvatga qarab:

  2. mikro mashinalar – birnecha Vt dan 500 Vt gacha

  3. kichik quvvatli – 0,5 kVt dan 10kVt gacha

  4. o‘rta quvvatli – 10 kVt dan birnecha 100kVt gacha

  5. katta quvvatli – birnecha 100 kVt dan 10 ming kVt gacha

  6. O‘zgarmas tok mashinalari ham boshqa elektr mashinalari kabi generator va motor vazifasida ishlay oladi. O‘zgarmas tok generatorlaridan elektroliz va zaryadlash qurilmalarida, elektr transport (tramvay, trol-leybus) va stanoklarning elektr yuritmalarida va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

  7. Mashina ham generator ham motor bo‘lib ishlaydigan hollar – havo kemalari va avtomobillarda stator-generatorlar o‘rnatiladi. Ular havo kemalari yoki avtomobillarning motorini ishga tushirishda motor rejimida (stator bo‘lib), ishchi rejimida esa generator bo‘lib ishlaydi, lekin bunday mashinalarning ishchi xarakteristikalari yomonlashadi, ya’ni FIK kamayadi. SHuning uchun hozirgi vaqtda avtomo-billarda stator va generator vazifasini alohida olingan o‘zgarmas tok mashinasi bajaradi.

  8. O‘zgarmas tok mashinasi ikki asosiy qismdan, qo‘zg‘almas stanina va aylanuvchi yakordan iborat (1-rasm).






  1. 1-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi: 1-sta-nina, 2-yakor, 3-asosiy qutblar, 4-qo‘shimcha qutblar, 5-kollektor, 6-cho‘tka.




  1. Staninaga qutblar mahkamlangan. Qutblarda joylashgan qo‘zg‘atuvchi chulg‘amdan tok o‘tib, mashinada asosiy magnit oqimi hosil qiladi. Bu oqimlar qutblar, yakor va stanina orqali tutashadi. Bosh qutblardan tashqari quvvati 1 kVt dan ortiqroq mashinalarda qo‘shimcha qutblar o‘rnatiladi (2-rasm)






  1. 2-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining ko‘ndalang kesimi: 1-yakor o‘zagi, 2-qo‘zg‘atuvchi chulg‘am, 3-o‘q, 4-asosiy qutb, 5-qo‘shimcha qutb, 6-stanina, 7-yakor chulg‘ami o‘tkazgichlari.




  1. Ular kommutatsiya (elektr birikmalarini almashtirib ulash jarayoni) ni yaxshilash uchun xizmat qiladi.

  2. YAkor bilan birga bitta o‘qda kollektor o‘rnatiladi (1-rasm). Kollektor yakorning aylanuvchi chulg‘amini cho‘tka-lar yordamida tashqi tarmoq bilan elektrik ulash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari o‘zgarmas tok generator-larida kollektor mexanik to‘g‘rilagich bo‘lib, yakor chulg‘amining o‘zgaruvchan tokini o‘zgarmas tokka aylantirib beradi.

  3. Elektromagnit induksiya qonuniga muvofiq mexanik energiyani o‘zgarmas tok energiyasiga aylantiradigan mashina o‘zgarmas tok generatori deyiladi.

  4. O‘zgarmas tok kuchlanishi tashqi tarmoqdan faqat generatorning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amiga beriladi (3-rasm).



  5. 3-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining ishlash prinsipini tushuntirish sxemasi: 1-qayta ulagich, 2-qo‘zg‘atuvchi chulg‘am.




  1. Natijada mashinada qo‘zg‘atuvchi magnit oqim paydo bo‘ladi. YAkor birlamchi dvigatel (turbina, elektr dvigatel, ichki yonish yuritgichi) yordami bilan aylanadi. Bu aylanish natijasida yakor chulg‘amini kesib o‘tadigan magnit oqim o‘zgaradi. Bunda yakorda elektromagnit induksiya qonuni bo‘yicha EYUK hosil bo‘ladi:

  2. bunda, - magnit oqim tezligining o‘zgarishi;

  3. - yakor chulg‘amining o‘ramlar soni.




  1. YUklama ulanmaganda yakor chulg‘amida tok nolga teng bo‘ladi. Bunda generator salt yurishi rejimida ishlaydi. YUklama ulanganda esa yakor chulg‘amidan tok o‘ta boshlaydi. Bunda yakor o‘tkazgichlariga Amper qonuni bo‘yicha mexanik kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlar birlamchi dvigatelning momentiga qarama-qarshi elektromagnit moment hosil qiladi. YUklama toki oshgan sari bu kuch ortib boradi. YAkorni aylantirish uchun mexanik kuchlarni ham orttirish kerak bo‘ladi. Generator tenglamasi quyidagicha ifodala-niladi:



  2. bu erda: E- yakor EYUK, U - generator qisqichlari orasidagi kuchlanish, - yakor toki, - yakor chulg‘amining qarshiligi, - yakor chulg‘amidagi kuchlanish tushishi. Salt yurishda , shuning uchun



  3. formulaga ko‘ra generatordagi doimiy kuchlanishni induksiyalash uchun bir xil o‘zgarish kerak. Lekin buning imkoni yo‘q. SHuning uchun generatorda doimiy EYUK ni olish uchun xar xil to‘g‘rilagichlar ishlatiladi. Masalan, bu vazifani mexanik to‘g‘rilagich-kollektor bajaradi. EYUK yo‘nalishi o‘zgarganda yakor chulg‘amlarining uchlarini kollektor avtomatik ravishda qayta ulaydi.

  4. Generatorlarda kollektor cho‘tka yordamida ikkita vazifani bajaradi:

  5. YAkor chulg‘ami ishlab chiqaradigan o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘zgarmas kuchlanishga aylantiradi.

  6. YAkor tokini generator qisqichlari orqali iste’molchilarga uzatib beradi.

  7. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashinalar elektr dvigatellar deyiladi. Ularda o‘zgarmas tok kuchlanishi tashqi tarmoqdan dvigatelning yakoriga hamda qo‘zg‘atuvchi chulg‘amlariga beriladi. YAkor o‘tkazgichlarida tok hosil bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchi chulg‘am esa magnit maydoni hosil qiladi. Amper qonuniga ko‘ra qo‘zg‘atuvchi chulg‘amning magnit maydoni yakor o‘tkazgich-lariga mexanik kuch bilan ta’sir qiladi va yakor aylanadi. Bunda elektromagnit induksiya qonuni bo‘yicha yakor o‘tkazgichlarida hosil bo‘lgan EYUK dvigatelga berilgan kuchlanishga teskari yo‘naladi. Dvigatel o‘qida mexanik yuklama oshgan sari, elektr tarmog‘idan iste’mol qilina-digan tok ham ortadi. Natijada yakor chulg‘amida kuchlanish-ning tushishi ham ortadi. Dvigatel tenglamasi quyidagicha ifodalani:



  8. Bunda U - dvigatelga beriladigan kuchlanish, E - yakor EYUK, - yakor toki, - yakor qarshiligi, - yakor chulg‘amidagi kuchlanish tushishi.

  9. Mexanik yuklama ko‘paygan sari dvigatelning aylanish tezligi kamayib, yakor EYUK ni ham kamaytiradi. Natijada elektr tarmog‘idan iste’mol qilinadigan tok va quvvat ortadi. YAkor EYUK i elektr tarmog‘idan iste’mol qilanayotgan elektr quvvatini rostlash vazifasini bajaradi.



  1. Download 3,21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish