T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’la qonli to’g’ri ishlansa va to’g’riligi isbotlansa.
|
5
|
2
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 3 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
4
|
3
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 5-6 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
3
|
4
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 7 tadan ortiq xatolikka yo’l qo’yilsa
|
2
|
5
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’g’ri ishlashda qo’pol xatolikka yo’l qo’yilsa
|
1
|
1.Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Mavzu to’liq ,asosiy fikr va tushunchalar to’la qonli o’zlashtirilishiga erishilsa
|
5
|
2
|
Mavzu asosan,asosiy fikr va tushunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa
|
1
|
Mavzu: O‘zgaruvchan tok elektr zanjirlari.
Reja:
1.Elektr zanjirlari to‘g‘risida umumiy
ma’lumot.
2.Elektr toki va o‘zgaruvchan tokning yo‘nalishi, kattaligi.
3. Om qonuni, o‘tkazgich qarshiligining temperaturaga bog‘liqligi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Amaliy elektrotexnikada asosiy rolni o‘zgaruvchan tok o‘ynaydi. Hozirgi vaqtga kelib deyarli barcha elektr energiya o'zgaruvchan tok elektr energiyasi ko‘rinishida ishlab chiqariladi. O‘zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka nisbatan asosiy avzalligi — uni uzatishda kuchlanishni oson va kam isrof bilan o‘zgartirish imkoniyatidir. Bundan tashqari, o‘zgaruvchan tok generatorlari va motorlari o‘zgarmas tok mashinalariga nisbatan tuzilishi sodda, ishlashda ishonchli va narxi arzon.
SINUSOIDAL TOK VA KUCHLANISHLARNING AMPLITUDASI, CHASTOTASI VA FAZASI
Yo‘nalishi va kattaligi davriy ravishda o'zgarib turuvchi EYK, tok va kuchlanish о zgamvchan EYK, tok va kuchlanish deyiladi. Vaqt bo‘yicha sinusoidal qonunga ko‘ra o‘zgaruvchan EYK, tok va kuchlanish sinusoidal EYK, tok va kuchlanish deb ataladi. Sinusoidal tok quyidagicha ifodalanadi:
bunda i — tokning oniy qiymati, [A], Im — tokning maksimal (amplituda)
qiymati, [A], со — burchak chastota, [rad/s], у — boshlang‘ich faza —faza (шЖ)/.) ning t=0 vaqtdagi qiymati, [grad], 2.1-rasmda sinusoidal
tokning to‘lqin diagrammasi keltirilgan.
D avr T—bumuayyan vaqt oralig'i
bo‘lib, tokning о‘zgarishi takrorlanadi,ya’ni to‘liq bitta to‘lqin o'zgarishi
kuzatiladi. Bir sekunddagi davrlarsoni chastota f deb ataladi:
f=l/T, [Gs], — o‘zgaruvchan tokning burchak chastotasi.Sinusning argumenti, ya’ni kattalik faza deb ataladi. Faza tebranishning oniy t vaqtdagi holatini 2.1-rasm tasvirlaydi.
Elektrotexnik qurilmalar uchun kuchlanishning chastotasi standartlashtirilgan. Yevropada va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududlarida 50 Gs, AQSh va Yaponiyada esa 60 Gs qilib olingan. Sanoatda maxsus maqsadlar uchun turli xil chastotali o‘zgaruvchan toklardan keng foydalaniladi. Masalan, tezyurar yuritmalarda chastotasi 200—400 Gs, elektron qurilmalarda — 500 Gs — 50 MGs va h.k. Radiotexnika,
televideniyeda 3 * 1010 Gs gacha va sanoat elektronikasining ko‘p qurilmalarida nisbatan kichik miqdordagi energiyani elektromagnit to‘lqinlar vositasida simsiz uzatish uchun yuqori chastotali o‘zgaruvchan toklar zanir. Har qanday sinusoidal о‘zgaruvchan funksiya uchta kattalik bilan aniqlanadi: amplituda qiymati, burchak chastotasi va boshlang'ich fazasi. Past chastotali sinusoidal EYK va toklar sinxron generatorlar yordamida hosil qilinadi. Yuqori chastotali sinusoidal EYK va toklar esa yarim o‘tkazgichli generatorlar yordamida olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |