Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


-MAVZU: MATEMATIKA DARSLARINI KUZATISH VA TAHLIL



Download 4,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/224
Sana01.09.2021
Hajmi4,23 Mb.
#161920
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224
Bog'liq
MATEMATIKA-FANINI-OQITISH-METODIKASI

3-MAVZU: MATEMATIKA DARSLARINI KUZATISH VA TAHLIL 
QILISH
 
(2 soat ma’ruza )
 
Reja: 
1.  Maktabda dars kuzatish va tahlil qilishning o`quv jarayonidagi o`rni, ahamiyati va 
uning tiplari.   
2.  Matematika  darslarini  kuzatishdan  ko`zlangan  maqsadlar.  Ochiq,  ko`rgazmali, 
namunaviy, hisobot darslari va ularga qo`yilgan talablar asosida darsni tahlil qilish.   


50 
 
3.  Darsni  baholash  mezonlari  asosida  matematika  darsini  kuzatish  va  uni  didaktik 
(ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.   
4.  Ko`chma mashg`ulot  
Tayanch iboralar:  
      Darsni  kuzatish  va  tahlil  qilish,  ochiq,  ko`rgazmali,  namunaviy,  hisobot 
darslari, darsni baholash mezonlari, darsini didaktik va uslubiy tahlil qilish.  
1. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida matematika darsni kuzatish  
O`zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to`g`risida”gi  Qonuni,  “Kadrlar 
tayyorlash  Milliy  dasturi”da  yuqori  malakali,  erkin  va  mustaqil  fikrlaydigan, 
chuqur  nazariy  va  amaliy  tayyorgarlikka  ega  bo`lgan,  olgan  bilim  va 
ko`nikmalarini 
amaliyotda 
qo`llay 
oladigan, 
jahon 
andozalariga 
mos 
mutaxassislarni  tayyorlash  vazifalari  belgilab  berilgan.  Ushbu  vazifalarni  amalga 
oshirish  va  bu  boradagi  qator  muammolarni  hal  etishda  umumiy  o`rta  ta’lim 
maktablari  o`qituvchilarning  ilmiy-pedagogik  salohiyati  muhim  ahamiyatga  ega. 
O`qituvchi  tomonidan  olib  borilayotgan  mashg`ulotlar  mazmuni  yuqori  saviyada 
bo`lishi,  fan  bo`yicha  belgilangan  Davlat  ta’lim  standartlari  va  tegishli  fan 
dasturlariga  mos  kelishi  shart.  O`qituvchining  har  bir  darsi  o`quvchilarda 
shakllanayotgan  bilim  va  ko`nikmalar  qamrovini  bosqichmabosqich  kengayishiga 
xizmat  qilishi,  ularning  mazkur  fanga  bo`lgan  qiziqishlarini  yanada  ortishiga 
xizmat qilishi zarur.  
Pedagogik  faoliyatda  amalga  oshirilgan  ko`p  yillik  ish  tajribalari  va 
kuzatishlar o`qituvchi hamisha o`z ustida ishlashi, bilim, ko`nikma va malakalarini 
takomillashtirib  borishi  kerakligini  ko`rsatmoqda.  O`qituvchi  pedagogik 
mahoratining  kundan  kunga  o`sib  borishi,  yangi  pedagogik  va  axborot  
kommunikatsiya texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llay olishi muhim ahamiyat 
kasb etadi.  
Darsni  turli  shakllarda  o`tish  mumkin,  ammo  o`quvchilarning  bilim  va 
ko`nikmalarini  shakllantirish  uchun  ayrim  talablarga  rioya  etish  maqsadga 
muvofiq. Ular quyidagilar:  
-  o`qituvchi darsning mavzusi va maqsadini aniq belgilashi shart;  
-  har bir dars ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasiga ega bo`lishi kerak;  
-  dars  jarayonida  o`quvchilarning  yakka  holda,  guruh  va  jamoa  bo`lib  ishlashlari 
talab etiladi;  
-  dars  o`quvchilarning  tayyorgarlik  darajasini  hisobga  olgan  holda  o`qituvchi 
tomonidan maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi;  
-  o`qituvchi  o`tiladigan  mavzuni  dars  davomida  o`quvchilar  tomonidan  to`liq 
o`zlashtirib olishlarini ta’minlaydi;  


51 
 
-  darsda sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinadi.  
        O`qituvchi faoliyatining qanchalik samarali ekanligi va pedagogik mahoratini 
uning  o`tayotgan  darslarini  kuzatish  va  tahlil  qilish  orqali  bilish  mumkin. 
O`qituvchining  darsini  kuzatish  va  tahlil  etish  mo`ljallangan  bo`lsa,  o`qituvchilik 
kasbi  odobiga  ko`ra  uni  darsga  kirish  oldidan  ogohlantirish  lozim.  Darsni 
kuzatishda  bir  kishi,  agar  imkoniyat  bo`lsa,  2-3  kishi  bo`lib  dars  kuzatilsa, 
maqsadga  muvofiq  bo`ladi.  Bu  o`z  navbatida,  har  xil  anglashilmovchiliklar  va 
psihologik to`siqlarning oldini olishga yordam beradi.  
Kuzatuvchilar birgalikda darsga kirib kelib, orqa o`rindiqlarni egallashgandan 
so`ng  dars  boshlanadi.  O`qituvchi  darsga  kirganda  qo`li  (yoki  o`quv  xonasi)da 
guruh  jurnali,  o`quv  dasturi,  kalendar-mavzu  rejasi,  dars  ishlanmasi(konspekti) 
bo`lishi  kerak.  Dars  uchun  kerakli  jihozlar  va  ko`rgazmali  qurollar  oldindan 
tayyorlab qo`yilgan bo`lishi lozim.  
Dars  boshlangandan  so`ng  hech  kimning    ushbu  jarayonga  xalaqit  berishiga 
yo`l qo`yilmaydi.  
Xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyatini  metodik  ta’minlash  va  tashkil  etish 
tuman, shahar mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 
soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat,  fan 
metodbirlashma  rahbarlari  tomonidan  2  soat,  o`qituvchilar  tomonidan  1  soat 
o`qituvchilar darslarining kuzatilishi va tahlil qilinishi talab etiladi.  
  

Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish