Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


To`g`ri ketma-ketlikni topish test savollari



Download 4,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/224
Sana01.09.2021
Hajmi4,23 Mb.
#161920
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   224
Bog'liq
MATEMATIKA-FANINI-OQITISH-METODIKASI

To`g`ri ketma-ketlikni topish test savollari  
O`quvchiiga ko`rsatma beriladi: “To`g`ri ketma-ketlikni toping”. O`quvchi 
berilgan  javob  variantlarini  to`g`ri  ketma-ketlikda  qo`yib  chiqishi  kerak,  bu 
ketma-ketlik  xronologik  yoki  boshqa  mantiqiy  tartib  bo`lishi  mumkin.    Bunda 
o`quvchiga  berilgan  ko`rsatma  aniq  bo`lishi  kerak,  agar  berilgan  ro`yxatda 
mantiqiy  ketma-ketlikka  kirmaydigan  (ortiqcha)  elementlar  bo`lsa,  bu  ham 
ko`rsatmada  aytib  o`tilishi  kerak.  Topshiriqqa  kiritilgan  elementlar  soni  5tadan 
12 tagacha bo`lishi mumkin.  
Testlar  ham  maktabda  o`zlashtirish  darajasini  baholash  sistemalaridan  biri 
bo`lib, unda quyidagilarni hisobga olish mumkin:  
uning yordamida o`qitish natijalarini tekshirishda har bir o`quvchining  
           qobiliyatini  hisobga  olish;  o`quvchilarning  nazariy  va  amaliy  bilimlari  sifatini 
tekshirish; turli testlar kiritish bilan o`quv jarayonini jonlantirish; o`quvchilardan 
so`rashga ketadigan vaqtni va o`quvchilarning bajargan  


48 
 
           ishini  tekshirishga  ketadigan  o`qituvchi  vaqtini  tejash;  testlarni 
kompyuterda qo`llash.  
Testlarni  maktabda  qo`llaniladigan  tekshirish  usullari  (nazorat  ishi)  dan 
farqi  shundaki,  test  yordamida  katta  hajmdagi  o`rganilgan  mavzularni  kichik, 
ya’ni  ma’lum  miqdorlar  bilan  o`rganish  va  ko`p  sonli  o`quvchining  o`quv 
materiallarini  o`rganganligi  darajasini  tez  diagnostika  qilish.  Demak,  maktabda 
qo`llanishi mumkin bo`lgan testga quyidagicha ta’rif berish mumkin:  
Test  tekshirilayotgan  masalalarni  har  taraflama  ifodalaydigan  va  kichik 
bo`laklar orqali ifodalangan standartlashtirilgan topshiriqlar mujmuasidir. Testlarni 
qo`llanishi  bo`yicha  quyidagi  turlarga  ajratish  mumkin:  keltirilgan  jumla,  ifoda, 
shakl yoki mulohazada qoldirilgan joylarni to`ldirishga mo`ljallangan testlar. Ular 
javoblarini  erkin  tanlash  testlari  jumlasiga  kirib,  u  o`rganilgan  mavzuning 
ma’nosini tushunganligini tekshiradi. Masalan, teoremalar, qoidalar va boshqalar. 
Bunday  topshiriqlarni  avvalari  matematik  diktantlar  deb  yuritilar  edi.  keltirilgan 
mulohazaning  rost  yoki  yolg`onligini  aniqlash  testlari.  Bular  muqobil  usuldagi 
testlar  orqali  o`quvchilarning  mulohaza  yuritishi,  xulosa  chiharishi  yoki  umumiy 
qoida-qonunlar,  xususiyatlar,  teoremalarga  asoslanib,  bajarilayotgan  amallarning 
to`g`riligini  aniqlay  olishligi  tekshiriladi.  Keltirilgan  ikki  turdagi  testlar  nafaqat 
yozma  holda,  balki  og`zaki  shaklda  ham  ifodalanadi,  javobni  tanlashga 
mo`ljallangan testlar. Mazkur turdagi testlar keng tarqalgan bo`lib, ulardan kamida 
uchta  javob  ko`rsatiladi  va  javoblarni  tuzishda  o`quvchilar  yo`l  qo`yishi  mumkin 
bo`lgan  xatolar  hisobga  olinadi.  Bu  testlar  yordamida  o`quvchilarning  o`quv 
materialini qo`llashga tayyorgarligi tekshiriladi.   
Umuman  hozirgi  kunda  jahonda  qo`llanilayotgan  testlar  quyidagilardan 
iborat:  
•  etuklik testi (o`qilgan materialni aytib bera olish);  
•  ijod testi (ilg`ab olish, fikrlash);  
•  biror mezon bo`yicha test (ma’lum bir mezon tanlanadi);  
•  proektiv test (biror shakllar, modellar, rasmlar yordamida);  
•  intellekt test (sotsiologiya va ruhshunoslikka oid test). Yuqoridagi keltirilgan test 
turlariga qo`yiladigan talablar quyidagidan iborat bo`lishi lozim:  
•  test savol-topshiriqlari asosiy bilimlar majmuasi va ularni o`zlashtirishga qo`yilgan 
talablar asosida tuziladi;  
•  qaralayotgan  materiallar  bo`yicha  bir  necha  xil  variantlar  bo`lgan  holda,  ulardan 
bir xil sondagi topshiriqlar bo`lishi lozim;  
•  javobni tanlash testida albatta to`g`ri javob bo`lishi kerak;  
•  bitta testda bir xil sondagi savollar bo`lishi lozim;  


49 
 
•  testlarda  tushirib  qoldirilgan  atama,  formulalar  tanlangan  mavzuning  asosiylari 
bo`lib, ular bir testda 2-3 tadan oshmasligi kerak;  
•  qo`yilgan maqsadga ko`ra bir xil testlarni turli xil ko`rinishda yaratish mumkin va 
hokazo.  

Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish