Tashkiliy qism (darsni tashkil qilish). O`quvchilar bilan salomlashiladi.
Dars o`tkaziladigan xonaning darsga tayyorligiga e’tibor beriladi. Bu ishlarga 2-3
minut sarflash tavsiya etiladi.
O`tgan dars mazmunini so`rash, berilgan uyga vazifani tekshirish va
yangi mavzuni bayon qilishga hozirlik ko`rish. Uy vazifalarining to`liq
bajarilganligini, ularning to`g`ri yoki noto`g`riligini tekshirish, unda yo`l qo`yilgan
xato va kamchiliklarni ko`rsatish, o`quvchilarning o`tgan dars mavzusini qanday
o`zlashtirganligini aniqlash uchun 5-10 minut sarflash tavsiya etiladi. Shuningdek,
yangi mavzuni bayon qilishga hozirlik ko`rish uchun oldin o`tilgan zarur faktlar va
tushunchalar keltiriladi hamda esga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |