Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Tehnologiyalari Unversiteti
1-topshiriq.
Tayyorladi:Ziyodullayeva Muxlisa
Tekshirdi:Hayitboyeva Nazokat
Iqbol Mirzo Bonu |Tanasi boshqa dardingni bilmaydi!
... Shunday insonlar borki ularni inson deging kelmaydi hatto ular bilan bir havodan nafas olayotganing uchun nafratlanasan kishi. Nimayam qila olardik hayot ekanda...
Ehhh bechora Bonuginam ne musibatlar tushdi boshingga? Shuncha dardni qanday sig'dira olding yuragingga? Vijdonni, pokizalikni shuncha qiyinchilikda ham qanday saqlay olding a? Bonuginam shunchalar irodani o'zingda qanday mujassam qilganding a?
Bonu... Ushbu asarni 1kunda o'qigan bo'lishimga qaramay u bilan birga yashadim barcha qiyinchiliklarni va quvonchlarni u bilan birga boshimdan o'tkazdim. Ushbu asar nafaqat bir qizning hayotini yoritdi balki butun millatning ahvolini, mustaqillikka erishgandan keyingi hayotni o'zida aks ettirgan asardir. Iqbol Mirzoning ushbu asaridan har toifa o'ziga kerakli xulosani chiqara oladi, albatta, uni e'tibor va diqqat bilan o'qisa.
Olmos... Shaytonning yerdagi namunasi... Afsuslar bo'lsinki, jamiyatimizda shundaylar juda ko'p uchraydi va qoyil ularni ham yer ko'tarib turibdi. Hay yigit! Yigit! Ahvolingni ko'r! Pul nimalar qilmadiya! Bonuginam dardga chalinganingga shukurlar qilsang arziydi chayonning changalidan omon qolding! Senga berilgan eng katta in'omdir bu balki shuning uchun aytishadida har bir ishda bir hikmat bor deb. O'z ruhiy olamingni ham poklab olding, qanchalar irodali ekanligingni ko'rsatding!
Domla - shu obrazni qandaydir boshqacha yaxshi ko'rdim. Ishqni qadrlagani, diyonati, odamiyligi oldida qancha tasannolar aytsang oz!
•Ishq rohatmi, azobmi? Lazzatmi, iztirobmi?
Telbalikmi, xorlikmi? Jonga xaridorlikmi?
Dilbar - ehhh esiz ayollik iffati senga. Hatto yozishni ham ep ko'rmadim senga!
•Ha odam bolasi ko'zlari ilg'agan narsanigina mavjud deb o'ylaydi, qo'llari tutgan jismnigina borligiga ishonadi.
"Xuvaydo" bobo xuddi "Xizr"dek.
Alisher - ushbu ism haqida ilk ijobiy tasavvur qoyilmaqom! Ushbu ismga loyiqlar ham bor ekan. Uni hozirgi kundagi vijdonga tashbih qilsa ham bo'ladi.
•Bu metin ko'ngilni nechuk taft, harorat eritadi? Qanday kuch unga qayta jon bag'ishlaydi? Qaysi qudrat bu toshlarda gul undira oladi?
Haya Mirxond esdan chiqay debdi. Hozirgi kundagi ko'pchilik yigitlarning andozasi!
... eshitar-tinglamas, ... ko'rar-anglamas!
Bu asarni o'qib chiqishni hammaga tavsiya etgan bo'lardim. Anglaganda hikmat ko'p!
Annotatsiya
Internetning yoshlar ongiga ta’siri.
Kalit so’zlar:
Telefon,telegram,video,rasm,kanal,tiktok,ijtimoiy tarmoqlar.
Tezis mavzusi
Internetning yoshlar ongiga ta’siri.
Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo’q. Chunki, inson dunyoqarashining shakllanishida, ma’naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa kampyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini bajarmoqda. Bu — bir tomondan quvonarli holat. Bugungi kunda, biz yoshlar, mana shunday katta imkoniyatlardan xohlagancha foydalanib, o’qish yoki ish davomida vaqtimizdan ancha unumli foydalanmoqdamiz. Hozirgi kun nuqtai nazar bilan qaraydigan bo’lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o’zining tezkorligi chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi. Unda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlar: Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar orqali har soatda yurtimiz va jahonga oid eng so’ngi yangiliklardan boxabar bo’lib turamiz. Ammo… Shiddat bilan yuksalib borayotgan fan-texnika asrida,internet va ijtimoiy tarmoqlarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning yoshlar ma’naviyatiga, ularning yangiliklarga chanqoq ongiga salbiy ta’sirining ham guvohi bo’lyapmiz. Zimdan e’tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar (ayniqsa o’smirlar) u yerga borishib, har xil buzg’unchi g’oyalar ruhidagi ur-sur, o’ldir-yondir komp’yuter o’yinlarini tomosha qilayotganligini, tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o’tkazayotganligiga guvoh bo’layapmiz. Bunday yoshlarni biz internet imkoniyatlaridan to’laqonli, faqat bilim olish bilan mashg’ul deya ayta olamizmi? Eng achinarlisi, ayrim befarq ota-onalar farzandim internetda o’tirib, bilim olyapti, deb o’ylashadi. Shu o’rinda talabalarning ba’zi dars paytlarida qo’l telefonlari orqali internet saytlariga kirib, bemalol foydalanib o’tirishlariga munosabat bildirmoqchiman. To’g’ri talaba mustaqil izlanuvchi shaxs sifatida, bilimini ko’proq boyitishi, turli xil manbaalarga murojaat etishi yaxshi. Lekin dars hisobidan emas… chunki, harnarsaning ham o’z vaqt-soati bor, shu jumladan internetdan foydalanishning ham. Yaqinda yana bir atama tilimizda ishlatila boshlandi. Bu igromaniya tushunchasi. Hash-pash deguncha ommalashib ham ketmoqda. Qisqacha ta’rif beradigan bo’lsam, “Igromaniya” — bu komp’yuterdan o’rin olgan turli xil o’yinlarga mukkasidan ketishdir. Ruhshunoslarning ma’lumotlariga qaraganda, yoshlar buzg’unchi, destruktiv g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to’la shakllanmagani uchun o’qigan yoki ko’rgan ma’lumotlariga tez ishonishadi.Bunday hollarda yoshlarning ma’naviyatiga, ruhiyatiga salbiy ta’sirko’rsatadigan igromaniyani hech bir jihatdan oqlab bo’lmaydi. Kundalik hayotimizda har narsaning salbiy va ijobiy tomoni bo’lgani kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me’yorga amal qilmog’imiz zarur!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Yuksak ma’naviyat egasi “kitobi.
2.Yoshlar gazetasi.
3.Telegram saytlar.
4.kun.uz daryo.uz ijtimoiy tarmoqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |