1
0
4
И-
GURUH-И-104 FAN NOMI:O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI TAYYORLADI:RAHMATULLAYEVA GULNOZA ZUKRULLAXONOVNA TEKSHIRDI:IBRAGIMOVA MAFTUNA ABDULAZIZOVNA MAVZU: Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. REJA: 1.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbe-kistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘z-bek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. 3.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi. Sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashki-lotlarning barcha jarayonlardagi ishtiroki. 4.Qoraqalpog‘istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.Mustaqillik yillarida ma’naviy-madaniy hayot.
XX asrning 90-yillari O`zbekiston tarixida tub o`zgarishlar davri sifatida e`tirof etiladi. 1991 yilda O`zbekiston xalqining asriy orzulari ro`yobga chiqdi: O`zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a`zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o`zgarishlar va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, milliy istiqlol mafkurasi asosida qator iqtisodiy islohotlar ham amalga oshirila boshlandi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning o`z taraqqiyot yo`lini belgilash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan mamlakatga aylantirish eng birinchi galdagi masala bo`lib qoldi. Davlat mustaqilligini qo`lga kiritish natijasida O`zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma`naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi.
O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloh etishdir.
Ishlab chiqilgan “Oʼzbek modeli” tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy tazyiqlardan holi boʼlishi va u oʼziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmogʼi kerak;
– davlat bosh islohotchi boʼlib, u islohotlarning ustuvor yoʼnalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
– bozor munosabatlariga oʼtishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga hamma amal qilishi shart;
– bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini oʼtkazish;
– bozor iqtisodiyotiga oʼtish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yoʼl bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.