Tayyorladi: Nodira Rajabova 13-variant Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobotlarni tuzish va ularni tegishli hisob registrlari va hujjatlar bilan o’zaro muvofiqligi.
Respublika byudjeti daromadlari va xarajatlari bo’yicha hisobotlarni tuzish.
Javoblar: 1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobotni tuzishdan oldin tibbiyot muassasalari:
- hisobot choragi mobaynidagi jamg’arma mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarni to’liqligini;
- hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib chiqadilar.
“1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko’chirmalarga muvofiq tibbiyot muassasasini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud pul mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi. Bunda, g’aznachilik bo’linmalarining tegishli tranzit hisobvaraqlaridagi tibbiyot muassasasiga tegishli bo’lgan qoldiq mablag’lar ham hisobga olinishi lozim.
“1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko’chirmalarga muvofiq tibbiyot muassasasini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud pul mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi. Bunda, g’aznachilik bo’linmalarining tegishli tranzit hisobvaraqlaridagi tibbiyot muassasasiga tegishli bo’lgan qoldiq mablag’lar ham hisobga olinishi lozim.
"2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami" qatorida "a, b, v, g va d" qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan barcha daromadlar (tushumlar)ning yig’indisi ko’rsatiladi.
"a) tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablag’larining 5 foizi hisobidan" qatorida tibbiyot muassasasi uchun budjetdan ajratiladigan umumiy mablag’larning (xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan jami mablag’larning) 5 foizigacha bo’lgan qismining muassasaning mazkur jamg’armasiga o’tkazilgan summalari ko’rsatiladi.
"b) homiylar va donor tashkilotlardan" qatorida homiy va donor tashkilotlardan tushgan homiylik yordamlari ko’rsatiladi.
"v) pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan" qatorida tibbiyot muassasalarining pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan tushgan mablag’lari ko’rsatiladi.
"g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablag’lari" qatorida qonun hujjatlariga muvofiq tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan budjet mablag’laridan hisobot choragi oxirgi kunida tejab qolingan qismining belgilangan tartibda jamg’arma hisob raqamiga o’tkazilgan summasi ko’rsatiladi.
"d) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan" qatorida tibbiyot muassasalari vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlarini ko’rsatadilar.
"3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatorida 4-ustun "Kassa xarajatilari - jami "da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko’rsatiladi.
"4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i" qatorida "1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorlarida aks ettirilgan tushumlarning yig’indisidan hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ("3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatori bo’yicha summaning) ayirmasi ko’rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha aks ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
2. Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo’ladi.
Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini o’z ichiga oladi:
Davlat budjeti ijrosining balansini;
Davlat budjeti daromadlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;
Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnomani;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo’yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to’g’risidagi hisobotni.
Tumanlar va shaharlar bo’yicha g’aznachilik bo’linmalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlariga tumanlar va shaharlar budjetlarining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo’yicha:
yuqori turuvchi moliya organlariga — ular belgilagan muddatlarda;
tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilganidan so’ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etadi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan tegishli budjetlarning kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni moliya organlariga taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari hisobot davri uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo’yicha:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — u belgilagan muddatlarda;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga — Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilganidan so’ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni tuzadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Davlat budjeti ijrosining borishi to’g’risidagi choraklik hisobotni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;
Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreligacha taqdim etadi.