Tayyorladi Karimov Alisherbek Guruh 713-18


Jahon xo’jaligining mohiyati



Download 46,53 Kb.
bet14/15
Sana20.03.2022
Hajmi46,53 Kb.
#503837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mustaqil Karimov

Jahon xo’jaligining mohiyati.

Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Jahon xo’jaligi bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xo’jaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi ishlab chiqarish tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatli ishlab chiqarish imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Jahon xo’jaligidagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
Jahon xo’jaligi aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.
Jahon xo’jaligida xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.Jahon xo’jaligi aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va boshqalar kiradi.
Jahon xo’aligini tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi:
1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi;
2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-y.lar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon xo’jaligida kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.
Hozirgi davrda Jahon xo’jaligining rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda:
1) Jahon xo’jaligiga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-y.larda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham Jahon xo’jaligiga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 y.larda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi;
2) Jahon xo’jaligida ishlab chiqarishning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) Jahon xo’jaligida iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
Jaxon xo’jaligi xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. Jahon xo’jaligi doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat unumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Jaxon xo‘jaligining vujudga kelishi obektiv tarixiy jarayon bo‘lib, xar xil mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning chukurlashuvidan iboratdir. Bozor iqtisodiyotining kup yillik taraqqiyoti natijasida XIX asr va XX asr busagasida kapitalistik xo‘jalik ko‘rinishida bo‘lgan jaxon xo‘jaligi vujudga keldi.
Jaxon xo‘jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va ularning amalga oshib borish vositalarining bir butun yaxlitligidan iborat.
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va mexnat taqsimotining chukurlashuvi natijasida milliy iqtisodiyotlar rivojlanib, ichki bozordan tashki bozorga utish zarurati paydo bo‘ldi.
Mexnat taqsimoti nafaqat bir mamlakat doirasida, u mamlakatlar o‘rtasida xam amalga osha boshladi. Natijada xalqaro mexnat taqsimoti vujudga keldi. Xalqaro mexnat taqsimoti jaxon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining muxixit omiliga aylandi.
Jaxon xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi kuchlarning asrlar davomidagi rivojlanishi, milliy.regional va umumjaxon mikyosida mexnat taqsimotining uzluksiz chukurlashib borishi, turli mamlakatlar ishlab chiqarishining yakkalangan xolatdan chiqishi va ularning asta-sekin davlatlararo xo‘jalik tizimiga kirib borishining natijasidir. Xalqaro mexnat taqsimotining chukurlashib borishi mamlakatlar o‘rtasidagi fan-texnika, ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy aloqalarning obektiv asosi bo‘lib xisoblanadi va shu tufayli ishlab chiqarishning baynalminallashuvi umumjaxon jarayoniga aylanadi.Demak, xalqaro mexnat taqsimoti butun jaxon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining xal qiluvchi omilidir. Jaxon xo‘jaligi barcha milliy xo‘jaliklarni uz ichiga oladi.
Jaxon xo‘jaligi munosabat tarzida o’z obekti va subekti ega. Xalqaro mikyosda resurslarning taqsimlanishi va samarali ishlatilishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, uning kooperatsiyasi, iqtisodiy integratsiya, savdo-sotik, ilmiy texnikaviy xamkorlik, koloklik va kashshoklikka chek kuyish, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyat yurgizish kabilar umumjaxon munosabatlarining obekti bo‘lsa, turli davlatlar, xalqaro va milliy firmalar, xalqaro tashkilotlar ularning subekti xisoblanadi.
I- bosqich. Jaxon xo‘jaligi taraqqiyoti dastlabki bosqichda mamlakatlar ikki toifaga bulingan:

  1. Kapitalistik monopol davlatlar.


  2. Mustamlaka, yarim mustamlaka va karam mamlakatlar.


II-bosqich. 1920-yildan to 1990-yilgacha bo‘lgan bosqichda jaxon xo‘jaligi ikki karama karshi xo‘jalik tizimiga, ya'ni jaxon kapitalistik va sotsialistik xo‘jalik tizimlariga bo’lingan.


Ular o‘rtasidagi keskin iqtisodiy, goyaviy, siyosiy musobakada sotsialistik jaxon xo‘jaligi maglubiyatga uchradi.
III-bosqich. Jaxon xo‘jaligining xozirgi bosqichida bozor iqtisodiyotiga utish davrini boshidan kechirayotgan mustakil davlatlar jaxon xo‘jaligiga kirish uchun iqtisodiy isloxatlar utkazish orqali kupgina mamlakatlarga xos bo‘lgan bozor iqtisodiy tizimini shakllantirmokdalar.
Jaxon xo‘jaligi ma'lum bir qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Jaxon xo‘jaligi bozor qonuniyatlariga amal qiladi.
a)Jaxon xo‘jaligining uzi mexnat taqsimotining maxsulidir, lekin bu xo‘jalik mexnat taqsimotini yanada chukurlashtirib ishlab chiqarishdagi baynalminallikni kuchaytiradi. Bu esa ixtisoslashuv asosida xarajatlarni pasaytirish va maxsulotlar, xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.
b)Jaxon xo‘jaligida iqtisodiy aloqalar rivojlanib boradi va ularning shakllari uzgarib boradi, ishtirokchilar doirasi yangi mamlakatlar xisobidan kengayadi. Keyingi yillarda bu doiraga Markaziy Osiyoning yosh davlatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi xam kirib keldi.
v)Iqtisodiy aloqalarning chukurlashuvi xalqaro iqtisodiy integratsiyani yuzaga chiqaradi va integratsiya ularning eng oliy shakliga aylanadi. Mamlakatlararo, mintakalararo integratsion aloqalar pirovard natijada umumjaxon integratsiyasi bilan yakunlanadi.
g)Jaxon xkjaligining muxim qonuniyatlaridan biri, bu turli mamlakatlarning taraqqiyot darajasi jixatidan bir-biriga yaqinlashuvidir. Bu jarayon mamlakatlararo raqobat asosida bo‘ladi, kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti tarakkiy etgan mamlakatlarga aylanishi yuz beradi. (masalan: XIX asr oxirida Angliya sanoati rivojlangan mamlakat bo‘lsa, XX asrning 70-yillariga kelib AKSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Kanada va Italiya xam rivojlangan mamlakatlarni tashkil etdi.80-yillarning o‘rtalariga kelib ularning safiga Osiyodagi yangi industrial davlatlar Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Malayziya va Tailand kelib kushildi.
Turli mamlakatlar iqtisodiy darajalarining yaqinlashuvi va tenglashuvi sivilizatsiyalashgan munosabatlar natijasi xisoblanadi.)Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi mamlakatlar iqtisodiyotini bir-birig‘a boglab kuyadi. Natijada teng xukukli va o‘zaro manfaatli aloqalar mamlakatlarning kam rivojlangan mamlakatlarga ta'sirini kuchaytirib, ularning rivojiga kumaklashadi.
d)Xozirgi davrda jaxon iqtisodiy rivojlanishining eng muxim xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va xo‘jalik regionlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning usib borishi xisoblanadi.
Malakatlarning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya soxalaridagi jaxon tamoyillariga bog‘liqlik obektiv reallik xisoblanadi. Xozirgi davrda xar qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo‘lishidan kat'iy nazar, jaxon xo‘jaligi aloqalariga jalb kilmasdan uning tulakonli iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruxlarga bulingan.
Jaxon xamjamiyati mamlakatlarni turkumlash xar xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
I. Jaxon xamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondoshib, xo‘jalik tizimlarining xususiyatiga mos ravishda davlatlarning uchta guruxini ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) rivojlanagn;
b) bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan;
v) bozor iqtisodi mavjud bo‘lmagan mamlakatlar.
ii. Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha xam uz navbatida uchta gurux farqlanadi: kam, o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar.
  1. Shimoliy-sharkiy Osiyo va Lotin Amerikasida yangi industrial mamlakatlar (YaIM).


  2. Yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya


    Arabistoni, Kuvayt va boshqalar).
  3. [Eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVM) (Ekvador), shu jumladan, eng kambag‘al mamlakatlar (Chad, Bangladesh, Efiopiya), xar xil mintakaviy ittifoklar va baynalminal guruxlarga ajratiladi.


VI. Sinuiy yondoshuviga kura:




  1. Sotsialistik mamlakatlar;


  2. Kapitalistik mamlakatlar:


  3. Uchinchi dunyo mamlakatlari.


Bu barcha turli-tumanlik bir butun, yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning xar xil jixatlari orqali tortiladi. Iqtisodiyotning baynalminallashuvi mukarrar xodisa bo‘lib, jaxon xo‘jaligida xilma-xil aloqalarni yuzaga keltiradi.


1.2 
Download 46,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish