Tayyorladi: kafedra dotsenti A. V. Narbekov 4-mavzu. Oila tarbiyasi (1-iashg‘ulot) Ma’ruza rejasi: Oilaning belgilari, tuzilishi va vazifalari


-savol. Nikoh – eng qadimgi axloqiy munosabat shakli



Download 392,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.04.2022
Hajmi392,8 Kb.
#549042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу. Маъруза (1-машғулот) (1)

2-savol. Nikoh – eng qadimgi axloqiy munosabat shakli.
Oilani jamiyatning bir qismi, butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi aynan 
shu “kichik jamiyat”ning jipsligiga bog‘lik. Qaysi bir jamiyatda oilalar mustaxkam 
emas ekan, bu jamiyat harbiy kudrati va boyligidan kat’i nazar, xalokatga 
mahkumdir. Oilaviy muhabbat odamlar orasida keng tarqalgan muxabbatning eng 
mustahkamidir. Shuning uchun xam u kishilar xayotiga ta’sir kursatish jixatidan 
odamning eng muxim va eng xayotbaxsh tuyg‘usi desak hato qilmaymiz. O‘z uyida 
bahtli bo‘lgan kishigina chinakam baxtlidir. Harob uydagi bahtsiz odamlardan 
tashkil topgan jamiyatning halokatga mahkumligi shundan kelib chiqadi. Har bir 
insonning oila oldida, oilaning jamiyat oldida mas’uliyati bor. 
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. 
Chunki har bir jamiyat a’zosining, bo‘lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. 
Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish 
nikoh
ni; 
oilaviy mulk va 
anjomlar
hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; 
bolalar tarbiyasi
ni o‘z ichiga oladi.
Nikoh
– ikki jins vakillarining o‘zaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq 
(Mamlakatimizda nikohlarning soni pasayishi kuzatilmoqda. 
2019 yil – 310 899 ta, 
2020 yil – 296 750 ta. 2021 yilda 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan. 
Statistik 


ma’lumotlarga ko‘ra, oilada farzandlar qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish xavfi shunchalik 
kamayadi. 2020 yilda Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa bundan 
mustasno. Buxoro viloyatida bitta bolali oilalarda ajralish (37,5%), bolasi bo‘lmagan 
nikohlarga qaraganda (34,9%) ko‘proq bo‘ldi. Ikki yoki undan ko‘p bolali oilalar 
faqat 27,6% hollarda ajrashdilar. Qoraqalpog‘istonda 30,6% hollarda bolalarsiz 
nikohlar buzilgan, bitta bola bilan — 41,1%, ikki va undan ortiq bolalari bilan esa 
— 28,3%.
). Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo‘lgani bois u faqat 
axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Ijtimoiy munosabat sifatida nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha ko‘rinishda 
bo‘lgan. Nikohni qayd qilish tartibi, nikoh yoshiga qo‘yiladigan talablar turli 
mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi. Bir qator mamlakatlarda nikoh fuqaroviy-
huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, 
fuqaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada nikoh yoshi ayollar uchun 15, 
erkaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, GFRda esa 16 va 21, AQShda 
(turli shtatlarida turlicha) 14-18 va 15-21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan o‘tishda 
bo‘lajak er-xotinning mol-mulki to‘g‘risidagi masala katta ahamiyatga ega. Buning 
uchun nikoh shartnomalari tuziladi. 
Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra 
birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan (ushbu Kodeksning 
23-
moddasi
) tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim 
turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, 
ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir 
(
O‘zR Oila kodeksi 
31-modda). 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
63-moddasida
ta’kidlanishicha, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga 
asoslanadi. Nikoh masalalari O‘zRning Oila kodeksida (1998 qabul qilinib, o‘sha 
yili 1 sentyabrdan amalga kiritilgan) o‘z ifodasini (www.ziyouz.com kutubxonasi 
234) topgan.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va 
majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh 
yuridik kuchga ega emas. 
(Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 2019 yilda O‘zbekistonda nikohdan o‘tmasdan 
yashab kelayotgan 10 ming 24 nafar oila aniqlangani. Ularning 6,5 mingga 
yaqinida nikoh rasmiylashtirildi. FHDYo organlari tizimida o‘tkazilgan 
o‘rganishlar «demografik statistikada katta xatolar bor»ligini ko‘rsatgan. 
«Chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi tug‘ilgan chaqaloqlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni rasmiylashtirishga befarq qarab kelmoqda. Xususan, 
9988 nafar bolaning tug‘ilganlik haqidagi hujjati mavjud emas. Shuningdek, qayd 
etilmagan hujjatlarning 90 foizga yaqini aynan tug‘ilish va nikoh haqidagi 
guvohnomalarga to‘g‘ri keladi», deyiladi xabarda. 
Yuridik nuqtai nazardan mazkur hujjatlarning mavjud emasligi fuqarolarni 
qonuniy huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi. Rasmiy guvohnomasi mavjud 
bo‘lmaganlar yo‘q shaxslar, deb hisoblanadi. Masalan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi 
guvohnomasiz bolani bog‘chaga rasmiylashtirib bo‘lmaydi, maktabga qabul 
qilinmaydi.

Download 392,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish