Tayyorgarligini shakllantirish vositalari


O‘qituvchi-pedagogning iroda qobiliyati



Download 415,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana08.06.2022
Hajmi415,45 Kb.
#644863
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-MA’RUZA

O‘qituvchi-pedagogning iroda qobiliyati. 
Maqsadga erishish yo‘lida turgan 
qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish bilan bog`liq bo‘lgan ongli xatti-harakatlar 
irodaviy harakatlar deb nomlanadi. O‘qituvchida irodaviy sifatlarning mustaqillik, 
didaktik, qat’iylik, o‘zini tuta bilish kabi muhim tomonlari bo‘lish kerak. 
Xullas, obro‘ o‘qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obro‘ kishining 
chuqur bilimi, yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat 
ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan. Ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan 
ta’siri nufuzidir. 
Ma’lumki, o‘qitish-bilim va ko‘nikma faoliyatini uzatish va egallashdan 
iborat bo‘lgan jarayondir. Shu sababli bilim va ko‘nikmalarni uzatish hozirgi zamon 
kompyuterlashtirilgan o‘qitish tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu 
tizimning qanday tarzda amalga oshishi o‘qituvchi-talaba aloqalariga bog`liq. 
Ta’lim jarayonini intensivlashtirish kam vaqt mobaynida ko‘p bilim berish 
imkoniyatlarini yaratib beruvchi metodlardan foydalanish orqali amalga oshadi.
O‘quv faoliyatini intensivlashtirish o‘quv mashg`ulotining har bir daqiqaidan 
unumli foydalanish, o‘qituvchi mahorati, kompyuter texnikasidan ratsional 
foydalanish, talabalar tayyorgarligi, mehnat va dam olishining to‘g`ri 
tashkillashtirilganligi va boshqalarga bog`liq. 
O‘quv mashg`ulotlarida vaqtdan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
Shunday darslarni uchratish mumkinki, ularda vaqt unumsiz sarf etilib, o‘quv 
materiali oz beriladi.
Darsni tashkil etishda quyidagi kamchiliklar uchrab turadi: 
-
dars elementlari o‘rtasida vaqtni taqsimlash yuzasidan darsni noto‘g`ri 
rejalashtirish; 
-
yangi materialni o‘tish uchun haddan tashqari oz vaqt ajratish va buning 
natijasida bu dars, o‘quvchilarni yetarli darajada faollashtirmaydi. 


-
qisqa vaqtga bo‘lsa ham talabalarni o‘z holiga maqsadsiz tashlab qo‘yish, 
doskada ishlanayotgan misolning javobini kutib o‘tirish, uy vazifalarni tekshirishda 
qolgan talabalarning topshiriqsiz qolishi v.h.; 
-
qoidalar xulosalarini chiqarmay, unga doir misollar yechmay turib uni 
talabalardan so‘rash; 
-
yangi materialni talabalarga tez sur’atlar bilan (tushunish, qisqacha yozib 
borishga imkon bermay) yoki aksincha juda sekinlik bilan o‘tish; 
-
talabalar o‘rtasida darsni normal o‘tishini ta’minlovchi intizomni tashkil 
qila olmaslik. 
Ta’lim jarayonida ta’lim sifatini oshirish, qo‘yilgan maqsadga olib boruvchi 
jarayonni rejalashtirish, eng muhimi kutilgan natijani ta’minlashda innovatsion 
pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p karra 
takrorlanmoqda. 
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, 
maqolalarda “Yangi pedagogik texnologiya”, “Innovatsion pedagogik texnologiya”, 
“Zamonaviy pedagogik texnologiya” iboralari keng qo‘llanilmoqda. Ammo 
pedagogik texnologiya tushunchasining umumiy talqini ishlab chiqilmagan. Uning 
turli ta’riflari mavjud. Shulardan YuNESKO ta’rifida bunday deyiladi: pedagogik 
texnologiya – bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga 
ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs 
resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo‘llash va 
belgilashning tizimli uslubidir. 
Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o‘qitishda boshqa 
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Demak, har bir o‘quv 
mashg`ulotlarini rejalashtirganda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishda yordam 
beruvchi vazifalarni amalga oshirish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
pedagogik-psixologik imkoniyatlari, ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi omillar, bilim 
berish va tarbiya berish uslublari har tomonlama hisobga olinishi, tartiblanishi bir 
tizimga keltirilishi kerak ekan. 


O‘qituvchi navbatdagi darsni o‘ylab turib, shu darsning maqsadini aniq ko‘z 
oldiga keltirishi kerakki, uning bu darsi talabalarda yangi tushuncha va g`oyalar 
yaratsin hamda ularni qandaydir yangi prinsipial bilimga ega qilsin. Darslarni 
rejalashtirganda uning so‘rash, yangi mavzuni bayon etish, o‘tilgan mavzuni 
mustahkamlash, takrorlash kabi elementlarining har biriga alohida yetarli e’tibor 
berish lozim. 
Informatika fanlarini o‘qitish sifati hammadan avval o‘qituvchining ilmiy 
metodologik tayyorgarligiga bog`liqdir. 
Pedagogika institutlarida olib boriladigan ma’ruza va turli o‘quv 
mashg`ulotlariga boshqa yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan 
mashg`ulotlarga qo‘yiladigan talablardan bir muncha ko‘proq, o‘ziga xos talablar 
qo‘yiladi. Boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari ma’ruza darslarida yangi bilimlar 
olishni kutadi va unga shu nuqtai nazardan qaraydi. Agar talaba mavzuni yaxshi 
tushunmasa u holda u buni o‘quv materialining qiyinligidan yoki o‘zining yangi 
bilimlarni qabul qilish uchun bilimlar bazasining kamligida deb biladi. Pedagogik 
oliy o‘quv yurtlari talabalari ham ma’ruza darslarida yangi o‘quv materiallarini 
oladilar, lekin ular ma’ruzalarga yana boshqa nuqtai nazardan qaraydilar. Talabalar 
ma’ruza davomida ma’ruzachining pedagogik ish faoliyatini kuzatadilar, agar 
o‘tilayotgan mavzuni tushunmasalar o‘qitish metodikasi takomillashmagan deb 
qabul qiladilar. Pedagogik oliy o‘quv yurtida o‘quv materialining qiyinligi ikkinchi 
o‘ringa o‘tib qoladi. Shuning uchun ham bu oliy o‘quv yurtlarida ta’lim berayotgan 
professor-o‘qituvchilar har bir o‘quv mashg`ulotida o‘qitish metodikasini puxta 
ishlab chiqishlari kerak.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida “ma’ruzalarga yetarli darajada tayyorgarlik 
ko‘rmaslik, ma’ruza davomida esdan chiqqan isbotlarni eslash, noo‘rin misollar 
keltirish v.h.lar tarbiyaviy jihatdan talabalarda salbiy iz qoldiradi” (V.I.Levin. 
Matematicheskoe prosveshenie.3.M.,1958). 
O‘quv mashg`ulotlari davomida pedagogika instituti talabalari o‘ziga xos 
passiv pedagogik amaliyotdan o‘tadilar, ular o‘qituvchilariga taqlid qilgan holda 


ularning “yaxshi” va “yomon” metodlarini amaliyotda qo‘llaydilar. Bunda “yomon” 
metodlarni qo‘llash ehtimoli ham bor ekanligini unutmaslik kerak. 
Uzluksiz ta’lim jarayonining quyi bosqichlaridagi ta’lim tamoyillari, kerak 
joyda ayrim o‘zgarishlar, takomillashtirishlar bilan, oliy ta’lim jarayoniga ham 
o‘tkaziladi. Oliy ta’limda onglilik tamoyili quyi bosqichlardagidan ko‘ra ko‘proq 
ahamiyat kasb etadi. Har bir informatika o‘qituvchisi tushuncha va terminlarning 
aniq ma’nosini, har bir qoida, har bir qonunni tushunish pedagogika instituti talabasi 
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogik nuqtai nazardan talabalar oldiga berilgan savollarga javob berishda 
ma’ruza vaqtida aytilgan, yozilganlarni aynan takrorlashni, “kamroq so‘rab 
aytilganlarni bajar” kabi talabni qo‘yish mumkin emas. Bu hol talabalar tomonidan 
o‘quv materiallarini ongli ravishda mushohada qilib o‘rganilishiga emas, balki 
“quruq” yod olishga olib keladi. Oliy o‘quv yurtida ta’lim berish bir qancha qonun-
qoidalar to‘plamini berishdan iborat emas. Talaba o‘rgangan qonun-qoidalarini 
yangi sharoitlarda ham qo‘llay olsin.
Yan Amos Komenskiy didaktikaning asosiy masalasi haqida “bizning 
didaktikamizning alfa va omegasi o‘rgatuvchining kam o‘rgatish, o‘rganuvchining 
ko‘p o‘rganish yo‘lini qidirish va ochishdan iborat” degan (Yan Amos Komenskiy. 
Velikaya didaktika. M., 1893). 
Ta’limning onglilik tamoyili asosiy bo‘lib boshqa tamoyillar unga 
bo‘ysunadi. Lekin bu tamoyilni amalga oshirish uchun ongli idrokni rivojlantirish 
lozim. Ongli idrok na faqat o‘ylash va mulohaza yuritish qobiliyati, balki mazkur 
vaziyatdan kelib chiqqan holda shu vaziyatga mos o‘z harakatlarini aniqlay olish 
malakasi hamdir. Ongli idrokni rivojlantirish mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan 
boshlanadi. Mantiqni quruq bilish talabaga yordam bermaydi. U mantiqni harakatda 
kuzatishi kerak, turli ma’ruzalardagi turli vaziyatlarni, ulardan chiqish yo‘llarini 
kuzatishi lozim. Shuning uchun ham mantiqiy tafakkurni tarbiyalash har bir o‘quv 
mashg`ulotining vazifasiga kiradi. 
Ta’lim jarayonida bir qancha tarbiyaviy masalalar hal etiladi. Talabalar 
dunyoqarashi rivojlantiriladi, insonparvarlik, estetik, ahloqiy tarbiya beriladi. 


Bunday tarbiyaviy masalalarni o‘z o‘rnida hal etib borish, informatikaning boshqa 
fanlar bilan bog`lanishlarini kerakli joylarda ochib berish, har bir ma’ruza darsini 
tarbiyaviy soatlarga aylantirib yubormaslikka ham ahamiyat berish lozim. 
Vatanparvarlik, hamdo‘stlikni tarbiyalash fanga yoki biror bir bo‘limga kirish, uni 
xulosalashda Respublikamizda fan va texnika rivojida yuz berayotgan yangiliklarni 
keltirish, albatta boshqa davlatlar, millatlar yutuqlarini ham kamsitmagan holda 
keltirib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. 
Ta’lim jarayonidagi ahloqiy tarbiya o‘qituvchining namunaviy ahloqi va 
mashg`ulotlarga namunali munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining 
ma’ruzaga yomon tayyorgarlik ko‘rishi, qiziqarsiz, noo‘rin misollar yordamida 
vaqtni “cho‘zish”i talabalar vaqtini “o‘g`rilaydi”. Talabaning savoliga javob bera 
olmay unga ovoz ko‘tarish, yomon qarash yoki bo‘lmasa nazoratlar vaqtiga bunday 
talabalarni “eslab qolish” kabi axloqsizliklarga yo‘l qo‘yish ayrim talabalarni 
bo‘lg`usi mehnat faoliyati uchun noma’qul “metodlar” bilan qurollantirishga olib 
keladi. 
Ma’ruzalar davomida estetik tarbiyani olib borish ham muhim ahamiyatga 
ega. Ma’ruza vaqtidagi mazmunli yaxshi nutq talabalar e’tiborini o‘ziga qaratadi. 
Talabalar bilim darajasi imkon berganda chiroyli, ilmiy isbotlar keltirish, 
yaproqsimon figuralarni tenglamalar orqali ifodalash, o‘rni kelganda milliy 
naqshlarni tashkil etuvchi figuralar haqida so‘z yuritish matematik bilimlar 
yordamida 
talabalar 
estetik 
didini 
shakllantirishga 
yordam 
beradi. 
“Harakatlanayotgan tramvayni ko‘rganimda mening hayolimga tramvay harakatini 
ifodalovchi differensial tenglama keladi va men bundan huzurlanaman” degan 
N.M.Gyunter. Agar yaproqsimon figuralar tenglamalari talabalarda qiziqish 
uyg`otsa, ular bunday tabiat yoki inson qo‘li yaratgan go‘zalliklar asosidan 
matematik tushunchalarni qidirishga intiladilar. Bo‘lg`usi o‘qituvchining estetik 
didini shakllantirishda nazardan chetda qoldirish mumkin bo‘lgan mayda narsalar 
yo‘q. Talabaning chiroyli yozuvi, kitob daftarlarni chiroyli tutishi, darsda to‘g`ri 
o‘tirishi, ko‘cha-ko‘yda yurishi, did bilan ozoda, sharoitga mos kiyinishi, o‘rtoqlari 
va o‘qituvchilari bilan muomalasi v.b.lar o‘qituvchi diqqat e’tiborida bo‘lishi lozim.


Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining hozirgi kundagi ta’limning 
zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlanishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan 
tashqari uyda, kutubxonalarda, kompyuter klublarida kompyuter savodxonligini 
takomillashtirayotgan yoshlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Shunday ekan 
bunday yoshlarga dars beruvchi o‘qituvchilarning kompyuterlarda ishlash malaka 
va ko‘nikmalari ularnikidan ko‘ra kam bo‘lishi mumkin emas. Talabalarga 
umumkasb fanlaridan bilimlar berish jarayonida ularga olgan bilimlarini kasbiy 
faoliyatlarida qanday o‘qitish yo‘llarini ham o‘rgatishimiz lozim. Informatika 
bilimlarini o‘quvchilarga o‘qitish uslublari, shakllari va vositalari haqida talabalarga 
faqatgina “ Informatika o‘qitish metodikasi” fani emas balki barcha informatika 
fanlarini o‘qitish jarayonida yetarli ma’lumotlar berish kerak. Talabalar bo‘lg`usi 
kasbiy faoliyatlari qanday bo‘lishi to‘g`risidagi birinchi taassurotlarni maktab 
o‘qituvchilari faoliyatidan olgan bo‘lsalar, oliy o‘quv yurtiga kelib o‘qituvchilik 
kasbining sir-sinoatlarini o‘rganish jarayonida oliy o‘quv yurti professor-
o‘qituvchilarining dars olib borish mahoratidan ko‘proq o‘rganadilar. Umumkasb 
fanlari – pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya, 
o‘qituvchi nutq madaniyati, ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari darsning tarkibi, ta’lim 
metodlari, vositalari, shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumotlar 
berib, ularni amalda qo‘llamasalar bunday dars berish kutilgan natijalarni bermaydi. 
O‘qituvchi tayyorlash jarayoniga o‘z hissasini qo‘shayotgan har bir o‘qituvchi 
avvalambor o‘zi o‘qitishning ilg`or metodlaridan foydalanishi va bunday 
metodlarning amalda qo‘llanishini ko‘rsatishi, talabalarga qo‘llanilayotgan 
metodlarni akademik litsey sharoitiga qanday, kasb-hunar kolleji ta’lim jarayoniga 
qanday moslashtirish, bunda qanday pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni 
hisobga olish kerakligi haqida maslahatlar berishi kerak. 
Shu bilan birga biz yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga qo‘llash 
masalasiga puxta o‘ylab yondoshish kerak deb bilamiz. Chunki o‘yin 
elementlarining, munozaralarning, talabalarning xona bo‘ylab harakatlanishlari, 
bajariladigan topshiriqlarning haddan ziyod turli-tumanligi ular fikrini chalg`itadi, 
tezda charchatadi. Ayniqsa ma’ruza darslarida talabalarni hadeb chalg`itib, fikrini 


bo‘lib bo‘lmaydi. Shuning uchun talabalarni biror bir teoremani isboti bilan 
bergandan so‘ng talabalarning bir oz charchagani sezilsa, ularni jonlantirish 
maqsadida shu teorema yoki mavzudan chetga chiqmagan holda 5 daqiqaga teorema 
asosiy tushunchasi uchun tarmoqlar (klaster) chizishni taklif etish mumkin. 
Talabalarning ta’lim jarayonidagi faolliklari ularning mashg`ulotlarni diqqat 
bilan tinglab, o‘quv materialini tahlil qilish, taqqoslash, xulosalar chiqarish kabi 
aqliy faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, an’anaviy ta’limda talabalar 
o‘qituvchining ma’ruza va amaliy mashg`ulotlarida o‘qituvchi tomonidan 
berilayotgan tayyor jamlangan, tartiblangan ma’lumotlarini tinglab, tayyor 
ko‘rsatmalari asosida misollar ishlab bilim oladilar. Bunday reproduktiv ta’lim 
jarayonida talabalar o‘qituvchi yozdirgan isbotlarni yodlash, ishlab bergan 
misollariga o‘xshatib misol ishlash, o‘qituvchidan eshitganlarini takrorlash kabi 
faoliyat bilan shug`ullanib, ta’lim jarayonining oddiy kuzatuvchisi, tinglovchisi 
bo‘lib qoladilar.
Talabalarni hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o‘qitish, ta’lim-
tarbiya berishda bunday an’anaviy metodlar ish bermay qoldi. Shu sababdan ta’lim 
jarayoniga talaba bilan o‘qituvchidan bu jarayonning faol ishtirokchilariga 
aylantiruvchi savol-javob, bahs-munozara, muammoli, modulli, taqlidiy o‘yinlar, 
ochiq muloqot kabi bir qancha metodlarni qo‘llash tajribalari keng olib borilmoqda. 
Umumta’lim maktablari, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
informatika o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan hozirgi kun talablariga javob beruvchi 
pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 
«Informatika o‘qitish metodikasi» ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga mazkur 
o‘qiyotgan kursimiz, ya’ni «Informatikani o‘qitish texnologiyalari va 
loyhalashtirish» integrativ kursi kiritilgan. 
Pedagogika, psixologiya, informatika va informatika fanlaridan talabalarning 
olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yagona maqsad – bo‘lg`usi informatika 
o‘qituvchisini pedagogik faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirish «Informatikani 
o‘qitish texnologiyalari va loyhalashtirish» integrativ kursining asosiy vazifasidir. 
Bu mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda talabalarning pedagogik texnologiyalar, 


axborot texnologiyalari, Informatika o‘qitish metodikasi kabi kurslardan olgan bilim 
va ko‘nikmalari hamda informatikaning nazariy kurslaridan olgan nazariy bilimlar 
asos qilib olinadi.
«Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyhalashtirish» integrativ kursini 
o‘qib-o‘rganish natijasida talabalarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik 
litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarini o‘qitish jarayoni samaradorligini 
oshirishga 
xizmat 
qiluvchi 
yangi 
pedagogik 
va 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan unumli va o‘z o‘rnida foydalanish ko‘nikmasi shakllanishiga 
erishish rejalashtirilgan. Shu sababli mazkur kursda umumiy o‘rta ta’lim, akademik 
litsey, kasb-hunar kollejlari informatika ta’limi mazmuni va maqsadi, pedagogik 
texnologiyalar, axborot texnologiyalari yuzasidan ma’lumotlar hamda ayrim 
mavzular uchun dars ishlanmalari namuna sifatida keltirilgan. 

Download 415,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish