Tayyorgarligi



Download 329,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.12.2022
Hajmi329,81 Kb.
#886331
1   2   3
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHDA VA ULARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MATEMATIK BILIMLARNING RO\'LI

3.Bolalarni matematik jixatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng kо‘lamli ish 
bо‘lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan kо‘rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan 
zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Halq ta’limi vazirligi xamda joylardagi ta’lim — tarbiyaga tegishli 
bо‘lgan tashkilotlar va muassasalar talablarni hayotta joriy etish yuzasidan о‘z faoliyatini maqsadli yо‘nalishda olib 
boradilar. 
Bolalarning bilim, kо‘nikma va malakalari har о‘quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida 
nazorat mashg‘ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 — 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat 
talablari, kо‘rsatkichlari asosida о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi 
mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. 
Davlat talablari kо‘rsatkichlariga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi» asosida 
bolalarning ilk va 6 — 7 yoshga yetgunga qadar amalga oshiriladi. Bolalarning bilim, kо‘nikma va malakalari har о‘quv 
yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg‘ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshli 
bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbu Davlat talablari kо‘rsatkichlari asosida tekshiriladi. 
Tashxis о‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga tayyorgarligi darajasini aniklash maksadida turli 
usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu xar bir bolaga tashxis qо‘yishda maskur uslublarning barchasini 
qо‘llash zarur, degani emas. 
Bolani tashxisdan о‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suxbat yoki о‘yin tartibida olib borgan ma’qul. 
Toki bola о‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning 
kizikishini sо‘ndirmaslik uchun suxbat va tavsiya etilayotgan uyinlardan 2-3 tasini о‘tkazgan ma’qul. 


Bir marta tashxis о‘tkazish vakti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, 
maktablar uchun majburiy bо‘lgan xamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola 
rivojlanishidagi ayrim jixatlarni chuqurrok yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash. 
Maktabga qabul kilinishdan oldin barcha bolalar о‘z yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik 
bо‘yicha shifokorlardan iborat bо‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan o’tishi shart. Ular bolaning sogligi va maktabga 
tayyorgarligi xaqida о‘z hulosalarini berishadi. 
Mazkur tekshiruvning erta bahorda o’tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida 
dispanserizatsiyada tо‘ldirib olish imkonini beradi. 
Xarakatning asosiy turlari, qо‘l musqullari sport o’yinlarining oddiy kо‘nikmalari, xarakat sifati rivojlanganligini 
musobaqa, estafeta tarzida о‘tkaziladigan sport va xarakatli o’yinlar davomida tekshirish mumkin. 
2. Bolaning shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash. 
3.Ta’lim olish faoliyatining kо‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: Bolaning о‘quv faoliyatiga ilk zamin va 
kо‘nikmalarni egallaganligi va darajasini aniqlash uchun J.Saidnazarova tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi 
tavsiya etiladi. 
I. Matematika bо‘yicha ilk tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma. 

Download 329,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish