Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish


-jadval Har bir modda bo‘yicha usul



Download 169,76 Kb.
bet7/36
Sana02.11.2022
Hajmi169,76 Kb.
#859375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
4. Tayyor mahsulot

17.2-jadval
Har bir modda bo‘yicha usul

T/r

Kompterlarning nomi (modeli)

Brendi
(guruhi)

Tannarxi, ming so‘mda

Sof sotish qiymati, ming so‘mda

Tannarxi yoki SSQ eng pasti, ming so‘m




Aspire-4315

ACER

4250

4250

4250




Aspire-4320

ACER

4500

4250

4250




Aspire-4715Z

ACER

4375

4250

4250




Extensa EX5620

ACER

8000

4250

4250




Jami:




21125

17000

17000




Compaq Presario C738 TU

Hewlett Packard

8375

8250

8250




Compaq Presario C751 NR

Hewlett Packard

4875

8250

4875




Compaq Presario V6700

Hewlett Packard

4750

8250

4750




Jami:




18000

24750

17875




Satellite A100

Toshiba

4500

8500

4500




Satellite L40-13G

Toshiba

4750

8500

4750




Tecra A8-103

Toshiba

4625

8500

4625




Tecra A8-185

Toshiba

4875

8500

4875




Portege R 500-10J

Toshiba

8000

8500

8000




Jami




26750

42500

26750




Hammasi




65875

84250

61625

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ushbu usulda tovar-moddiy zaxiralarning har moddasi tannarxi va sof sotish qiymati solishtiriladi (taqqoslanadi) va ushbu ikki qiymatdan eng pasti har bir modda bo‘yicha moliyaviy hisobotga kiritiladi. 2-misol ma’lumotlari bo‘yicha ushbu usulni qo‘llaganimizda, 31.12.2019 yil holatiga moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan portativ kompyuterlarning qiymati 19 625 (61625) ming so‘mga teng ekanligini aniqlaymiz, ya’ni u yuqorida keltirilgan jadvalning "6" ustunining barcha satrlaridagi ma’lumotlarni jamlash orqali aniqlanadi.
Asosiy tovar guruhlari usuli
Ushbu usulda, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti, TMZlarning har bir kategoriyasi yoxud guruhi bo‘yicha umumiy summadan kelib chiqib aniqlanishi ko‘zda tutiladi. 2-misol ma’lumotlari bo‘yicha ushbu usulni qo‘llaganimizda, 31.12.2019 yil holatiga moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan portativ kompyuterlarning qiymati 61750 ming so‘mga teng ekanligini aniqlaymiz. Ushbu summa «ASYER», « Hewlett Packard» i «Toshiba» guruxlari bo‘yicha, mos ravishda tannarx va sof sotish qiymatidan eng pasti summalarini jamlash orqali aniqlangan, ya’ni «ASYeR» guruhi bo‘yicha 17000 ming so‘m, «Hewlett Packard» guruhi bo‘yicha 18000 ming so‘m va «Toshiba» guruhi bo‘yicha 26750 ming so‘m yig‘indisi hisoblanadi.
Zaxiralar umumiy hajmi usuli
Ushbu usulda, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti zaxiralar tannarxining umumiy summasi va sof sotish qiymatining umumiy summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 2-misol ma’lumotlari bo‘yicha shuni aniqlash mumkinki, portativ kompyuterlarning umumiy tannarxi 20 875 (65875) ming so‘mga, ularning umumiy sof sotish qiymati esa 24 250 (84250) ming so‘mga teng. Tegishli ravishda ulardan eng pasti bo‘lib tovarlarning umumiy tannarxi ( 65875 ming so‘m) hisoblanadi va ushbu summa «Texnokompriteyl» kompaniyasi buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
2-misol bo‘yicha olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, tovar-moddiy zaxiralarni tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti bo‘yicha baholashning turli usullari qo‘llanilganda, moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da ‘Tovar-moddiy zaxiralar (Tovarlar)" satri bo‘yicha qo‘llaniladigan usulga qarab quyidagi summalar aks ettiriladi: har bir modda bo‘yicha baholash - 61625 ming so‘m, asosiy tovar guruhlari usuli bo‘yicha - 61750 ming so‘m, zaxiralarning umumiy hajmi usuli bo‘yicha - 65875 ming so‘m.
Shuning bilan birga, «Texnokompriteyl» kompaniyasining buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralarni tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng pasti bo‘yicha baholash natijalari qo‘llanilayotgan usulga qarab quyidagi tartibda aks ettiriladi:

Download 169,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish