Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish


-rasm. Tovar xususiyatlarining narxga ta’siri



Download 169,76 Kb.
bet5/36
Sana02.11.2022
Hajmi169,76 Kb.
#859375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
4. Tayyor mahsulot

17.2-rasm. Tovar xususiyatlarining narxga ta’siri
Bu rasmdan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan chambarchas bog‘liqdikda o‘zgarishini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, hozirgacha real hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o‘zgarishini bir ko‘rsatkichga keltirib hisoblashning pul ko‘rinishidan boshqa o‘lchami iqtisodiy fanlarda topilgan emas.
Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Narxning shakllanishiga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu omillar quyidagi rasmda keltirib o‘tilgan:

17.3-rasm. Narxga ta’sir etuvchi omillar
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar)ning bahosini aniklashda asosiy ta’sir qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishdan avval sanoat mollariga belgilanadigan bahoning uch turi mavjud edi: korxona ulgurji bahosi, sanoat ulgurji bahosi, chakana narx.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasidagi farqlar narx turlarini farqdash zaruriyatini tug‘diradi. Hozirgi davrda narxning turlari ko‘payib bormokda va ular ma’no-mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi rasmda narxning turlari ko‘rsatib o‘tilgan:

17.4-rasm. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx turlari
Yuqorida keltirib o‘tilgan narx turlari ma’lum maqsadlarda tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ko‘llaniladi. Narx turlari ichida eng diqqatni jalb qiladigani, shubhasiz, erkin narx hisoblanadi. Respublikamizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab narxlarni erkinlashtirishga katta e’tibor qaratildi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. Ushbu andozada mahsulot (ish, xizmat)larni sotilishi tartibi quyidagicha bayon qilingan:
Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xom ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq, agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotishning sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlash-tiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘l-chashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.
Tovarlarni sotish chog‘ida ularning baholanishi zaxiralarni baholashning quyidagi usulidan biri bo‘yicha amalaga oshiriladi:
Fifo - tovar-moddiy zaxiralarini birinchi kirim qilingani yoki birinchi tayyorlangan gurux baxosi buyicha hisobga olish usuli, bankdan ba’zi turdagi xissalarining (vklad) anchagina qismini olishda foiz hisoblash usuli, kaysiki, olinayotgan summa dastlabki qabul qilingan xissa hisoblanadi. Vaqti jihatidan birinchi bo‘lgan harid qilishlar tannarxi bo‘yicha (FIFO).
Lifo - Tovar-moddiy boyliklarini sunggi qabul qilingan yoki tayyorlangan partiya baxosi buyicha hisobga olish usuli. Lifoning kullanilishi foyda summasini kupayishi yoki kamayishi imkoniyatini beradi.
(AVYeSO) tovar-moddiy zaxiralarini o‘rtacha tannarxi bo‘yicha;
Misol.
Tashkilot yanvar oyida qaytadan sotish uchun uch marotaba bo‘yoq sotib olgan:
2020 yil 1yanvar kuniga 10 kg 22000 so‘mdan jami 220000 so‘mlik qoldiq mavjud.
3 yanvarda –26000 so‘mdan 15 kg (jami 390000 so‘mga);
12 yanvarda 27000 so‘mdan 30 kg (jami 810000 so‘mga);
23 yanvarda 28000so‘mdan 35 kg (jami 980000 so‘mga);
Jami 2180 000 so‘mdan iborat so‘mmaga 80 kg bo‘yoq sotib olingan.
2020 yil yanvar oyi davomida 7 –yanvarda 18 kg, 16-yanvarda 30 kg, 28 yanvarda 34 kg tovarlar sotilgan.
Bo‘yoqning ombordagi qoldig‘i 2020 yil 31 yanvarda 8 kgni tashkil qildi.
Sub’ektlarda hisob siyosati belgilangan TMZlarni baholashning qaysi usuli qabul qilinganiga qarab, sotilgan tovarning tannarxi ham, sub’ektning foydasi ham, shuningdek, tovarning qoldiqlari mazkur davrning oxiriga borib hisobda aks ettirladigan summa ham bog‘liq bo‘ladi.
Agar FIFO usulidan foydalanilgan bo‘lsa, u holda birinchi bo‘lib oldin xarid qilingan bo‘yoq sotiladi, qoldiqda esa eng oxirgi turkum(partiya)dagi bo‘yoq qoladi. Bu usulda 2020 yil yanvar oyining oxirida bo‘yoq zaxiralarining qiymati (8 kg * 28000 so‘m)= 224000 so‘mni tashkil qiladi:
Yanvarda sotilgani: (15kg (10kg*22000 so‘m+5kg*26000 so‘m) =350000so‘m)+ (30 kg (10kg*26000 so‘m+20kg*27000 ) =800000so‘m)+ (34 kg (10kg*27000+ 24kg*28000) =942000)=2092000so‘m.
Tovar-moddiy boyliklarini LIFO, ya’ni, sunggi qabul qilingan yoki tayyorlangan partiya baxosi buyicha hisobga olish usulida sotish hisobga olinsa u quyidagicha bo‘ladi.
2020 yil yanvar oyi davomida 7 –yanvarda 18 kg, 16-yanvarda 30 kg, 28 yanvarda 34 kg tovarlar sotilgan.
18kg*28000=504000
30kg (17kg*28000+13kg*27000) =827000
34kg (17*27000+15kg*26000+2kg*22000) =893000
2020 yil 31 yanvar kunida qolgan qoldiq 8kg*22000=176000
Agar tovar-moddiy boyliklarini AVYeSO usulidan foydalanilsa, natijalar butunlay boshqacha bo‘ladi. Mazkur holatda 1 kg bo‘yoqning o‘rtacha qiymatini hisoblab chiqish zarur; u (2400000so‘m/ 90 kg)= 26666,66 so‘mni tashkil qiladi. Demak, (82 kg * 26666,66 so‘m)=2186666.12 so‘mlik bo‘yoq sotilgan, bo‘yoqning yanvar oyi oxiridagi qiymati esa (8 kg * 26666,66so‘m)= 213333,33 so‘mni tashkil qiladi. Qolaversa, o‘rtacha qiymat davriy asosda (masalan, biz qilganimiz kabi bir oyda bir marta) yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektdagi mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda har bir qo‘shimcha yetkazib berishning borishi bo‘yicha hisoblanishi mumkin.
4-son BHMSga binoan FIFO usuli afzalroq hisoblanadi; ushbu usul narxlarning o‘sishi sharoitida tannarxning eng kam qiymatlari va foydaning eng yuqori qiymatlarini beradi. 4-son BHMSga muvofiq tovarlar ikkita baholashdan eng pasti bo‘yicha haqiqatdagi tannarxi (xarid qilish bahosi) yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) bo‘yicha hisobga olinadi. Qayta baholash bo‘yicha farq u aniqlangan hisobot davrida hisobdan chiqariladi. Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishni hisob-kitob narxidir. Demak, mazkur BHMSdagi baholashga muvofiq agar korxona ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin: zaxiralarni sotish narxi arzonlashganda, zaxiralarga zarar yetganda, zaxiralar to‘la va qisman eskirganda.
TMZ larni sof sotish qiymati bo‘yicha baholash.
TMZ yaroqsiz bo‘lganda, brak, qisman yoki butunlay eskirganda, sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, raqobat kuchayib sotuv narxi pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan ishlab chiqarish qiymatidan past bahoda sotish qiymatida baholanishi mumkin.
Sof sotish qiymati - tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. Masalan, tovarlarning ma’naviy eskirib qolganligi oqibatida tovarni arzonlashtirishdan ko‘rilgan zarar aks ettirilgan:
Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar"
Kt 2910 "Ombordagi tovarlar".
Tovar-moddiy zaxiralari sof sotish qiymatigacha quyidagi usullar asosida qisman hisobdan chiqariladi:
a) moddalar bo‘yicha usuli - bunda tovar-moddiy zaxirala- rining har bir turi baholanadi;
b) asosiy tovar guruhlarining usuli - bunda tovar-moddiy zaxiralarining guruh imtiyozi baholanadi;
v) zaxiralarning umumiy darajasi usuli - bunda hamma tovar- moddiy zaxiralari baholanadi.
Misol:
«Sug‘diyona» korxonasi o‘zining tijorat faoliyatini hisobot davrida uning egalari tomonidan kiritilgan 60000000 so‘m kapitali bilan faoliyat boshladi. Kompaniya 3000 birlik tovar-moddiy zaxiralarni 45000000 so‘mga sotib oldi, fraxt xarajatlari 3000000 so‘mni tashkil etdi. Yil davomida korxona 2650 birlik mahsulotning bir birligini 25000 so‘m bahoda sotdi. Yil oxirida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida 350 birlik mahsulot bor, ulardan 50 tasi yaroqsiz holga kelgan edi. Yaroqsiz holga kelgan birliklarning har birini 12500 so‘m bahoda, qolgan 200 donaning esa har birini 25000 so‘m narxda sotishi mumkin bo‘ladi.

  1. Iyul oxiriga bo‘lgan TMZ qoldiqdari balansida qanday summa bo‘yicha hisobga olinadi?

  2. Ushbu muomalalar bo‘yicha yaroqsiz holga kelgan birliklarning sotilishining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga ta’sirini aniqlang.


Download 169,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish