Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari: Maorif tizimi 4 bosqichga bo'linadi: 6 yillik, 3yillik o'rta va 3yillik o'rta maxsus, shuningdek, oliy ta'lim. Umumiy va o'rta ta'lim majburiydir. Gretsiyada 17 unstitut va bir qancha
56
texnika institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki unstitutlari, Afina politexnika instituti. Ilmiy muassasalari: Afina akademiyasi (1926 yil tashkil etilgan; unda bir qancha institutlari va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin institut, universitet va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina shahridagi Milliy rasadxona (1842 yil tashkil etilgan) va boshqalar. Gretsiyadagi Milliy kutubxona (1828 yil tashkil etilgan), Afina shahridagi Deputatlar palatasi kutubxonasi, unstitutlar kutubxonalari yirik kutubxonalardir. Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874 yil tashkil etilgan). Akropol (1878 yil ochilgan), Vizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), San'at asarlari milliy galereyasi (1900) hammasi Afina shahda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |