Ana shu g’oyaga aloqasi bo’lmagan barcha narsalardan yozuvchi voz kechadi. Jumladan,
“O’tgan kunlar”da Kumush tasvirlanar ekan, u o’zbek xonadonida bo’ladigan birorta
yumush(kir yuvish, qozon-tovoqqa unnash, uy va hovli supirish kabi o’nlab ishlar)ni
bajarmaydi. Chunki yozuvchi Kumushning faqatgina bir jihatini – Otabekka sevgisini
ko’rsatishni bosh g’oya qilib olgani uchun oilaviy yumushlarni
tasviridan asosli ravishda
voz kechadi, Kumush va Otabek sevgisining, qismatining tarixini ta’sirli gavdalantiradigan,
shu muhabbat mantig’iga mos keladigan, badiiy to’qima yordamida kashf qilingan
voqealarni, holatlarni (birgina “Siz o’shami?” voqeasini, ularning holatini eslang)
tasvirlaydi.
Odamlarning hislarini qo’zg’atish, “tuyg’ularimizdagi to’lqunlarni” uyg’otmoq orqali
hayajonlantirish-
estetik ta’sirdorlik adabiyotning vazifasi ekan, demak,
badiiy obraz
mag’zi to’q, hayotiy, umriboqiy (Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, O’zbekoyim ... kabi)
bo’lgandagina badiiy qiymatga ega bo’ladi; obraz yaratishga o’tadi: undan hayajonlanib
o’rnak olamiz yoki nafratlanamiz, his-tuyg’ularimizning yaxshilari (ijobiylari)ga “oziq”
beramiz, yomonlari (salbiylari)ni yetti qavat chuqurga ko’mamiz. Qalb musaffoligining -
samimiy tasviridan ba’zan yig’laymiz-yengillashamiz, tozaramiz.
Chunonchi, O’lmas Hoshimova (O’tkir Hoshimovning rafiqasi) “Yozuvchi nega yig’laydi”
(“Oila va jamiyat” gazetasi №30, 25-31 iyul 2001 yil) maqolasida yozadi:
Uning (“Dunyoning ishlari”-H.U) eng oxirgi sahifasi qanday tug’ilgani hamon ko’z o’ngimda
turibdi. Bahor edi. Kechasi gumburlagan tovushdan uyg’onib ketdim. Momaqaldiroq
bo’layotgan ekan. Qarasam, xonada adasi yo’qlar. Ayvonga chiqdim. Soat to’rtdan o’tibdi.
Narigi xona eshigidan chiroq nuri tushib turibdi... Sekin ichkariga kirib yaqin bordim.
Qarasam, adib unsiz yig’layapti... Qo’rqib ketdim. “Nima bo’ldi?” - desam, indamay chiqib
ketdilar... Ko’z yoshi tomgan sahifalarni beixtiyor o’qidim. O’qib, yig’lab yubordim. Bu
“Iltijo” degan bob edi.
“Oyi men keldim ... eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi?.. Mana oyijon, mana... Yo’q, yo’q, yig’laganim yo’q.
Hozir, hozir o’tib ketadi...”
Balki bu parchani alohida o’qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq,
“Dunyoning ishlari”ni bir boshidan o’qib, Onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni
o’qiganda larzaga tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko’zda yosh bilan o’qib bergan ko’plab
talaba va o’quvchilarni ko’rdim. Darvoqye, “Ikki eshik orasi” romanining “Zilzila”, “Tushda
kechgan umrlar” romanining “Oppoq, oppoq qorlar yog’di” bobini larzaga tushib, yodaki
o’qigan kitobxonlar ham oz emas. Balki muallifning o’zi ularni rosmana yig’lab yozgani
uchun ham shundaydir. Nima bo’lganda ham adiblar yig’isi o’quvchining qalbiga nur olib
kiradi. Yozuvchilik qismati shunday bo’lsa, ehtimol”.
Shu o’rinda bir chekinish qilaylik. Qaysi ovqatni pishirishga ishtiyoqingiz uyg’onayapti?
Deylik, palovga. Palov pishirish o’y-xayoli (orzusi) unga kerakli masalliqlarni ajratishni, eng
yaxshilarini saralashni va bir joyga to’plashni-harakatni keltirib chiqaradi. Palov-g’oya, uni
yuzaga keltiruvchi materiallar tanlanadi: go’sht, sabzi, yog’, piyoz, gurunch, suv, tuz (mosh,
sholg’om, uzum, nok, anor va h.ning keragi yo’q). Turli masalliqlar (zarur materiallar)
o’zaro
reaksiyaga kirishib, birlashib, yaxlit bitta narsani - palovni yuzaga keltiradi. Xuddi
shu usulda obraz yaratiladi, ya’ni umumlashtirish, konkretlashtirish, badiiy to’qima, estetik
ta’sirdorlik birlashib, bir-biriga singib birbutun obrazni yuzaga chiqaradi.
Aytilganlarga suyanib, obrazga quyidagi asosli ta’rifni beramiz:
Obraz “badiiy to’qima
Do'stlaringiz bilan baham: