Chuqur til orqa undoshlari tavsifi.
1) q fonemasi - chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z
boshida (qozon, qor), o‘rtasida (to‘qay, soqol) va oxirida (buloq, oziq) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarga unli bilan boshlangan affiks qo‘shilganda, asos oxiridagi q undoshi g‘ ga ota’di. taroqtarog‘
im, tarog‘ing, tarog‘i kabi. Bir bo‘g‘nli so‘zlarda (yog‘, yo‘q, so‘zlaridan boshqalarida),
shuningdek, ayrim ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarda asos oxiridagi q, g‘ ga o‘tmasligi mumkin
haq- haqim, haqing, haqi. ittifoq- ittifoqimiz, ittifoqingiz, ittifoqi kabi. Jonli so‘zlashuvda qning
dissimilyatsiyaga (maqtan-moq>maxtanmoq) yoki assimilyatsiyaga (to‘qson>to‘xson) uchrash
holatlari kuzatiladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxiridagi q jonli so‘zlashuvda sirg‘aluvchi g‘
tarzida talaffuz etiladi. baliq>balig‘, taroq>tarog‘ kabi. qadimgi turkiy tilda q-k tovushlari bitta
fonemaning ikki ko‘rnishi bo‘lgan, keyinchalik bu fonema divergentsiyaga uchrab, ikkita
fonemaga aylangan. Demak, .q ni k ning divergenti deyish mumkin.
2) g‘ fonemasi - chuqur til orqa (uvulyar), sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli (ayrim
tilshunoslar fikricha - sonor) undosh. Bu fonema so‘z boshida (g‘or, g‘alvir), o‘rtasida (tog‘ora,
sog‘inch) va oxirida (tog‘, yog‘, mablag‘) kela oladi. qadimgi turkiy tilda g ning variatsiyasi
bo‘lgan va so‘z boshida qo‘llanmagan. Demak, tarixan g ning divergentsiyaga uchrashi
natijasida g‘ yuzaga kelgan, shuning uchun uni g ning divergenti deyish mumkin. Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida g‘ bilan tugagan so‘zlarga g bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda g‘ va g
larning q ga ko‘chish holatlari uchraydi: tog‘qga>toqqa, bog‘qga>boqqa, og‘gan>oqqan,
sog‘qgani>soqqani kabi. Shevalarda so‘z oxirida g‘ ornida v ning qo‘llanish hollari uchraydi.
tog‘>tov, to‘g‘ri>tuvri, og‘iz>ovuz kabi. Bunday holatlar adabiy til uchun me`yor
hisoblanmaydi.
q) x fonemasi - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z
boshida (xalq, xabar), o‘rtasida (maxsus, maxfiy) va oxirida (dO‘zax, mix, tarix) kela oladi.
qadimgi turkiy tilda x undoshi bo‘lmagan. U eski turkiy til davrida paydo bo‘lgan. xan (xon),
xayu(qaysi), yaxsaq (oqsoq) kabi (26, O‘2- b.)
qipchoq lahjasi shevalarida x ning ornida q ning qo‘llanish holatlari uchraydi.
xabar>qabar, xalq>qalq, xalta>qalta kabi. X undoshidan so‘ng qo‘llangan unlilar, odatda, orqa
qator ottenka bilan talaffuz etiladi (akkomodatsiya hodisasi sodir bo‘ladi). xulq, xavf, xato kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |