3.
Vazirlik, boshqarma nomi.
4.
Tashkilot nomi.
5.
Bo‗linma nomi.
6.
Tasniflagich bo‗yicha hujjatning xos raqami.
7.
Muassasaning xos raqami.
8.
Pochta, telegraf adresi,bankdagi hisob- kitob raqami.
10.Sana.
11
.Shartli raqam (indeks).
3.
Kelgan hujjat shartli raqami.
4.
Hujjatning kelish sanasi.
5.
Hujjat jo‗natiladigan adres.
6.
Munosabat belgisi(rezalyutsiya).
7.
Nazorat haqida belgi.
8.
Matn sarlavhasi.
9.
Matn.
19.Ilovalar haqida belgi.
20.Imzo.
21.
Rozilik belgisi (viza).
22.
Kelishuv haqida belgi.
23.
Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
24.
Bajarilganlik haqida belgi.
Axborot xati -ko‗zlangan maqsad ma‘lum tashkilot
yoki shaxsni amalga
oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.Axborot xatlarining hajmi oddiy
ma‘lumotnoma ko‗rinishida bo‗lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‗lishi
mumkin. Ba‘zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‗z faoliyatini targ‗ib
qilish
maqsadida ham foydalanadi.
Da‘vo xati - ma‘lum bir muassasaningboshqa bir idora yoki transport
tashkilotlariga nisbatan talab va e‘tirozlari bayon qilingan xatlardir. Da‘vo xatlari tovar
yetkazib berish, qurulish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo‗yicha
tuzilgan shartnomalar
bajarilmay qolganda, o‗z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini
himoya qilish maqsadida tuziladi. Da‘vo xatlarida asosan shartnomaga ko‗ra o‗z
zimmasiga olgan majburiyatini buzgan tomon yetkazgan zararni qoplash talab qilinadi.
Odatda da‘vo xatlari uch nusxada tayyorlanadi.
Da‘vo xatlarining zaruriy qismlari:
1.
Da‘vo qiluvchi muassasa nomi va adresi.
2.
Xatning yozilish sanasi va tartib raqami.
3.
Da‘voni qabul qiluvchi muassasa nomi va adresi.
4.
Da‘vo bahosi (qiymati).
5.
Xat matni.
6.Ilovalar ro‗yxati.
1.
Mansabdor shaxslarning imzosi.
Ilova xat - xatni qabul qilib oluvchilarni jo‗natilidigan
hujjatlar haqida yozma
xabardor qilish uchun qo‗llanuvchi qisqacha xabar qog‗ozidir. Ilova xat ish yuritishda
keng tarqalgan bo‗lib, shartnoma loyihalarini,
ziddiyatlar bayonnomalarini, da‘vo
materiallarini jo‗natishda qo‗llaniladi.
Iltimos xati - muassasalar ma‘lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida
boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Iltimos xatlarining
asosiy zaruriy qismlari:
1.
Xat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsnig nomi.
2.
Matn.
3.
Ilova (zarur bo‗lgan hollarda).
Kafolat xati - muayyan bir shart yoki va‘dani tasdiqlash maqsadida tuziladi.
Xatlarning bu turi, qoidaga ko‗ra bajarilgan ish uchun haq to‗lashda, ishning bajarilish
muddati haqida, turar joy bilan ta‘minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning
sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot
yoki alohida shaxslarga
jo‗natiladi.
So‗rov xati- javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma‘lumotlar hujjatlar yoki
boshqa zarur narsalar so‗raladi.Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‗rov aks
etmasligi, unda bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan ifodalanishi lozim. Faqat
shu holdagina, yo‗llangan so‗rovga tez va mukammal javob olish mumkin. So‗rov xati,
odatda, ikki asosiy qismdan- kirish va xulosadan iborat bo‗ladi.
Tasdiq xati- ma‘lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so‗rovlarga
javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi.
Farmoyish xati- bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‗llangan
rasmiy hujjatdir. Ularning asosiy vazifasi ayni bir mazmundagi xabarni bir necha
manzilga yetkazishdir.
Eslatma xati - jo‗natilgan iltimos va so‗rov
xatlariga javob olinmasa, shuningdek,
tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma
xati yuboriladi.
Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta bo'lmaydi.
Ular mazmun va hajm
jihatdan telegrammalarga yaqin turadi. Odatda, eslatma xat bir yoki bir necha jumladan
iborat bo'lib, kotib yoki referent tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: