Tez aytishlar ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishga,
uni
boshqa
tovushlardan
farqlashga
o‘rgatadigan, xotirani
mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan, o‘qish sur'atini oshiradigan janr
hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko‘pgina tez aytishlar keltirilgan. Masalan,
“Botir botmas botqoqqa”, “Qobil qozonda qovurdoq qovurdi”, “Bahodir bayroqni
Botirga berdimi, Botir Ba-hodirga bayroqni berdimi?”, “Olim oldidagi oltita
olmani oldi” va boshq. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas olish bilan
aytish talab qilingan.
Qadimgi tez aytishlarda esa talaffuz qilish oson bo‘lmagan
so‘zlar soni ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ularni avvallari kattalar folkloriga
mansub beradilar. Yosh bola ularni bir nafasda ayta olmagan. Hozirgi kunda
bunday namunalar bolalardagi ayrim tovushlarni talaffuz qilish qiyin ekaniga ko‘ra
tanlanadi. Masalan, “r”, “l”, “s”, “sh”, “ch” tovushlarini aniq aytish
mo‘ljallangan tez aytishlardan ko‘proq foydalaniladi
Qishda kishmish
pishmasmish, Pishsa kishmish qishmasmish, Oq choynakka ko‘k qopqoq, Ko‘k
choynakka oq qopqoq. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, boshlang‘ich sinf
darsliklariga tez aytishlar o‘quvchilar yoshiga mos, tarzda tanlab olingan bo‘lib,
bolalarning ushbu tovushlarni aniq talaffuz qilishlariga yordam beradi.
Tez
aytishlar boshlang‘ich sinflarda dastlab har bir darsda amalga oshirilib boriladi.
Alohida dars sifatida o‘rgatishda esa o‘qituvchilar turli usul va metodardan
foydalanishlari mumkin.
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida
topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog‘liq holda yaratiladi
Ularning
zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok
etishga bo‘lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar lining javobi hisoblanadi. Topishmoqning
javobini topish uchun topishmoq matnini e’tibor bilan o‘qish, nimaga ishora
qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan
nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu sababli
xalq og‘zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan. 1-2–
sinf, ”O‘qish kitobi” da topishmoqlar ko‘proq, harbir matn ostida keltirilgan.
Bundan ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham
o‘zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf “O‘qish kitobi” da “Kitobga mehr”
matni ostida “Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama” topishmog‘i keitiriigan va
mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqiar Sunday shaklda berilganda ularning
javobi oson topiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |