3. Milliy boylikning kengaytirilgan kontseptsiyasi: tabiiy va inson kapitali
statistikasi muammolari
Hayot farovonligi va sifatini oshirish hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga
bo’lgan intilish butun dunyoda ishlab chiqarish omillari qatorida inson omilini –
uning bilimi va malakasi bilan uyg’unlikda birinchi o’ringa qo’ydi. A.Smit
tomonidan e’tirof etilgan uch omil – kapital, er, mehnatning qo’shilishida inson
ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sishning muhim omili hisoblanadi.
Milliy boylikning an’anaviy unsurlaridan farqli o’laroq, yangi kengaytirilgan
kontseptsiyasi tabiiy va inson resurslarini o’z ichiga qamrab oladi. Biroq ko’pgina
davlatlarda milliy boylik tarkibiga xanuzgacha asosiy va aylanma kapital hamda
aholining shaxsiy mulki kiritib kelinmoqda.
Inson kapitali
– bu umr davomida inson tomonidan to’planadigan jihatlar
yig’indisi (sog’liq, bilim, malaka, kasbiy sifatlar va boshqalar) bo’lib, ulardan
foydalanish ishlab chiqarish jarayonini yo’lga qo’yish imkonini beradi. Milliy
hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlarga quyidagi talablar qo’yiladi: egalik qilish
huquqi imkoniyatining o’rnatilishi hamda iqtisodiy foyda (manfaat) keltira olishi.
Inson kapitali bu talablarga to’liq javob bera olmaydi, chunki inson kapitalining
egasi va tasarruf etuvchisi insonning o’zi hisoblansada, inson kapitalini
shakllantirish manbalari turlicha bo’ladi. Inson shakllanishi oiladan boshlanib,
=
=
0
0
1
1
0
0
0
1
1
1
AC
AC
cq
d
CQ
d
CQ
АC
АC
CQ
АC
АC
CQ
I
=
=
1
0
1
1
1
1
0
1
1
1
CA
CA
cq
d
CQ
d
CQ
АC
АC
CQ
АC
АC
CQ
I
=
=
0
0
1
0
0
0
0
1
1
0
CA
CA
cq
d
CQ
d
CQ
АC
АC
CQ
АC
АC
CQ
I
ma’lum davrga kelganda bu jarayonga davlat qo’shiladi (bilim olish, sog’liqni
saqlash jarayonlarida), bu jarayonda ish beruvchilar ham ishtirok etishi mumkin,
masalan xodimlar malakasini oshirishda. Bundan tashqari inson kapitali
shakllanishiga qilingan xarajatlar va undan olinadigan iqtisodiy manfaat o’rtasida
aniq bo’lmagan vaqt lagi mavjuddir. Inson kapitali qiymatini miqdoriy baholash
muammolari quyidagilarda namoyon bo’ladi: inson kapitaliga taalluqli bo’lgan
identifikatsion belgilar va elementlar tasnifini ishlab chiqishning murakkabligi;
statistika mavjud bo’lgan usullar ta’lim olish va sog’liqni saqlashning rivojini
bilvosita tavsiflaydi va inson kapitali shakllanishidagi sifat xususiyatlarni baholash
imkonini bermaydi.
Tabiiy kapitalga
tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiat in’omlari kiradi: er, suv,
foydli qazilmalar, yovvoyi o’simlik va hayvonot dunyosi, havo, energiyaning tabiiy
turlari. Egalik qilish huquqi joriy qilinadigan, shu bilan birga iqtisodiy manfaat
manbai bo’la oladigan tabiiy resurslar milliy boylik tasnifida ishlab chiqarilmagan
moddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
MHTda
er
– bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktib bo’lib, er ustidagi turpoq,
unda joylashgan suv xavzalari hamda qurilish inshoatlari joylashgan erlar er
tarkibiga kiritiladi.
Qazilma boyliklar
– bu mavjud texnik taraqqiyot darajasidan kelib chiqib
foydalanish iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan er usti va qa’rida joylashgan foydali
qazilmalarning aniqlangan zaxirasi.
O’simlik va hayvonot dunyosining etishtirilmaydigan biologik resurslari – bu
inson ishtirokisiz o’simlik va hayvonot mahsulini bera oladigan va keyinchalik
ularga egalik huquqi o’rnatiladigan yovvoyi flora va fauna, yovvoyi o’simliklar va
hayvonlar.
Suv resurslari
– milliy iqtisodiyotda foydalanilishga yaroqli bo’lgan er
usti va ostida joylashgan suvlar.
Tabiiy kapital hajmini miqdoriy baholashda huddi inson kapitali kabi
muammolar mavjud bo’ladi. Bu kapitalni baholashda sarf-xarajat usulini qo’llash
mumkin emas, chunki bu kapitalning shakllanishida inson hech nima sarflamaydi.
Baholanayotgan tabiiy kapital unsurlariga o’xshash unsurning bozorda mavjud
emasligi bozor baholari usulidan foydalanish imkonini bermaydi.
Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul
renta usuli
bo’lib, tabiiy resursdan
olinadigan daromad darajasi (differentsial rentani hisoblash orqali) bo’yicha
baholashga asoslanadi. Jahon banki tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda milliy
boylik unsurlarining xizmat qilish muddati 25 yil qabul qilingan. Bunda tabiiy
resurslarning amortizatsiyasi yiliga 4% dan chiziqli usulda chegirib boriladi. Xizmat
muddatining 25 yil qilib qabul qilinishi tabiiy va inson kapitali shu muddat atrofida
xizmat qiladi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar statistikasida
tabiiy kapital va uning elementlarini baholashda asosan renta usulidan
foydalanilmoqda. Masalan, foydali qazilmalarni baholashda Jahon Banki ekspertlari
barcha kapitallar uchun xizmat qilish yilini 25 yil, foydali qazilmalar –
tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun joriy yilning rentasi yoki qazib chiqarish
natijalari olinadigan yillik amortizatsiya normasini 4,0 % ga tenglashtirib olganlar.
Foydali qazilmalar – tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun yilning rentasi yoki
qazib chiqarish natijasida olinadigan iqtisodiy foydasi (foydalanilgan asosiy
kapitalning yillik amortizatsiyasi va foydasi summasi chegirib tashlanganidan
so’ng) to’g’risidagi ma’lumotlari asosida baholangan.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Asosiy kapital tushunchasi, ularni tarkibi va baholashni tushuntirib bering?
2.
Asosiy kapitalning eskirishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash
qanday amalga oshiriladi?
3.
Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini
tushuntirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |