Tayanch so‘z



Download 256 Kb.
bet40/58
Sana16.03.2022
Hajmi256 Kb.
#496269
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
ma\'ruza

Axborot inqilobi atamasi kompyuterlashtirilgan axborot va alo- qa vositalaridagi rivojlanishlarga nisbatan qo‘llaniladi. Buni stels samolyotlari va tanklarga qiyoslash mumkin. Biroq, ikkinchi holat- dagi rivojlanish tashkiliy va boshqaruv nazariyasidagi o‘zgarishlarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur oxirgi jihat, ya’ni «dunyoga yangicha qarash», bizning axborot haqidagi tasavvurimizni o‘zgartirdi. Shu bilan birga, quyida batafsilroq so‘z yuritganimiz kabi, axborot inqilo- bi, tarmoqni boshqa tashkilotlar ustidagi tashkilot sifatida kuchay- tirib, imtiyozlar taqdim etdi. Ayniqsa, bunda axborot tepadan past- ga qarab oqadigan iyerarxik tashkilotga ta’siri kuchli bo‘ldi. Ikkinchi tomondan, «tarmoq texnologiyalaridagi rivojlanish bugun insonlar- ga ma’lumot bazasi va protsessor hamda tarmoq manbayi sifatida qarash imkonini bermoqda». Mazkur nuqtayi nazardan, insonlar resurslarni mobilizatsiya qilish uchun buyruq bermaydilar. Bu xuddi general o‘z otliqlarini jangga tashlaganga o‘xshaydi. Generallar, bar- cha insonlar kabi, o‘zlari ham tarmoqlashgan resursdirlar.
Axborot inqilobidan ta’sirlangan yangi perspektiva yangicha tushunishni keltirib chiqaradi. Masalan, elektron pochta bu faqat- gina pochta xizmatlarining tezkor shakli emas. U, shu bilan birga, insonlarni virtual jamoalar yaratish, bloklardan foydalanish imkoni- yatini ham ochib berdi. Bloklar haqiqiy jamoalarning ba’zi atribut- larini ifoda etsada, aslida ular jamoa emas. Shunday qilib, ular jamoa tushunchasining mohiyatini yangicha tushunishga harakat qiladilar. Umuman olganda, axborot inqilobi va uni tarmoqlar orqali tashkil etish boshqa turdagi tashkilotlar uchun yangi chaqiriq bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tarmoqlar bir tomondan klanlar va qabilalardan, ikkinchi to- mondan esa iyerarxiya va bozorlardan farqlanadi. Bugungi kun- dagi maqsadlar uchun uning oxirgi farqlari muhimroqdir. Iyerarxi- ya odatda kuch, boshqaruv, rahbarlik va nazoratni markazlashgan qaror qabul qiluvchi organ tashkil qilish orqali amalga oshiradi. Odatda, iyerarxiyalar buyruqlar zanjiri atrofida quriladi va ritu- al, burch, imtiyoz va hurmat bilan bezaladi. Maks Veberning klassik formulasiga binoan, guruh rahbarining «xarizmasi» uning buyruqlari so‘zsiz bajarilavergani va uning o‘zi ham yuqorida o‘tirib «Men buni xohlayman», deb qaytaravergani sari oddiy holga aylanib qoladi. G‘arbdagi iyerarxiyaning ilk va katta misoli bu cherkov va armiya- dir. Vestfaliya Shartnomasiga (1648) kelib ular, qo‘pol qilib aytgan- da davlat tomonidan siqib chiqarilgan edi.
Iyerarxiyalarning asosiy kamchiligi ularning katta hajmdagi mu- rakkab va ko‘p ma’noli ma’lumotlar bilan ishlay olmasligidir. Ta- rixda, mazkur zaiflik iqtisodiy bitimlarni amalga oshirish, xossatan uzoq mamlakatlar bilan savdodagi muvaffaqiyatsizliklarda namoyon bo‘lgan. Natijada davlat iyerarxiyalari katta muammoga duch ke- lishdi ular na yangi tashkilot shakli bo‘lgan bozorni nazorat qi- la olishdi va na o‘zlarining ta’sirini chegaralashdi. Tashkiliy nazari- ya nuqtayi nazaridan, merkantilizmdan kapitalizmga o‘tish davlat iyerarxiyasi tomonidan o‘z avtoritetini chegaralanishiga olib keldi. Kapitalizmga muvaffaqiyatli o‘tgan davlatlar rivojlandi, o‘ta olma- ganlar esa zaiflashdi. O‘tish davrining nihoyasi esa jamoat mulkini xususiyga, davlat mulkini esa bozorga o‘tishi bo‘ldi.
Har qanday tashkiliy tuzilmaning kuchli va zaif tomonlari bo‘la- di. Bozorlarning zaif tomoni uning g‘olib yoki mag‘lublarni yara- tishida emas, balki uning ularning o‘rtasidagi farqni tezlik bilan kamaytira olmasligidadir. Umuman olganda bozorlar tarmoqlarga tahdid sifatida qaraydi, chunki ular savdodagi spontanlikni buza- dilar. Iyerarxiyalar ham tarmoqlarni tahdid sifatida ko‘radi, chunki ularni buyruqlar chiqarish orqali boshqarib bo‘lmaydi. Masalan, bozor va tarmoqlar o‘rtasidagi muammo va hamkorlik iqtisodchi va boshqaruv nazariyotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda, korporatsiyalar tizimida tarmoqlarning muhimligi e’tiborga olingan. Axborot inqilobining oqibat va mohiyati aniq ravshan bo‘lgani ka- bi (ayniqsa yangi avlod uchun), huddi shunday «fuqarolik jami- yatlari» hamda «yangi ijtimoiy harakatlar» orasida no-iyerarxik muvofiqlashtirish va hamkorlik ishlarini tashkil qilish mumkinli- gi ham oydinlashib bormoqda. Axborot asri faolligi, atrof-muhit, inson huquqlari, aboregenlarning og‘ir ahvoli kabi postmodern va postmaterialist masalalarga e’tibor qaratadigan NNTning birlashu- vi Rand tahlilchilari tomonidan «ijtimoiy tarmoq urushi» deb atadi. Bunday «ijtimoiy tarmoq urush»larida ishtirok etishga qodir tash- kilotlar orasida nafaqat NNTlar, balki narkotik kontrabandachilar va terrorchilar kabi «jamiyat dushmani» bo‘lgan NNTlar ham bor. Fuqaro yoki fuqarolarga qaratilmagan tarmoqlar nafaqat texnologi- ya, tashkiliy tuzilishi va doktrina kabi umumiy attributlariga ko‘ra, balki ijtimoiy kapital jihatidan ham tahlil qilinishi mumkin. Biz av- valgi uch attribut haqida umumiy ma’noda hamda oxirgi ikkitasini al-Qoida tashkiloti bilan bog‘lab o‘rganishga harakat qilamiz.
Mavzuga kirishishdan oldin «tarmoq urushi» va «axborot urushi» yoki zamonaviyroq qilib aytganda «kiber urush» o‘rtasida- gi farqlarni aniqlab olish foydadan xoli bo‘lmaydi. «Tarmoq urushi- ning» ham «kiber urushning» ham markazida axborot, bilim va kommunikatsiya turadi. Kiber urush ko‘pincha boshqaruv, nazorat, kommunikatsiya va razvedka hamda dushman tomonning kom- munikatsiya tizimini ishdan chiqarish maqsadida harbiy harakat- larga nisbatan qo‘llaniladi. S3 dan stels texnologiyalariga va aqlli bombalarga qadar AQSHning kiber urushda shubhasiz ustunligini ko‘rish mumkin.
«Tarmoq urushi» masalasiga kelganda mutlaqo boshqacha man- zara kuzatiladi. Uning ichiga
Download 256 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish