Таянч концпект


Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi



Download 2,61 Mb.
bet8/127
Sana12.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#937795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
Bog'liq
JI va XIM majmua 2022-2023.doc2

Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasidagi asosiy gipotezalardan biri alohida olingan tovarning mehnat yoki kapital sig‘imliligi hamda mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi hisoblanadi.
Omillar intensivligi (factor intensity) — ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini belgilovchi ko‘rsatkich.Omillar serobligi (factor abundance) — mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilovchi ko‘rsatkich.
Xeksher-Olin teoremasi (Heckscher—Ohlin Theorem) — har bir mamlakat o‘z ishlab chiqarishlarida nisbatan katta hajmga ega bo‘lgan omillarni talab etuvchi mahsulotlarni ustun darajada ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashadi, binobarin, bu mamlakatlar milliy xo‘jalik nuqtai nazaridan nisbatan kamchil omillar bilan ta’minlangan tovarlarni import qiladilar.
Samuelson tomonidan isbotlangan Xeksher-Olin teoremasi to‘g‘riligi shartidan kelib chiquvchi bu teorema ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi yoki Xeksher-Olin-Samuelson teoremasi nomini oldi.
@ Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi (factor price equalization theorem) (Xeksher-Olin-Samuelson teoremasi) — xalqaro savdo savdo olib boruvchi mamlakatlarda gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarini muvozanatlashuviga olib keladi.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o‘zining barcha kamchiliklari va mavhum tabiatiga qaramay hozirgi kungacha xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntiruvchi eng mashhur nazariyalarning biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham bu nazariyaning turli mamlakatlar, tovarlar va ichlab chiqarish omillariga nisbatan ulkan ctatistik massivlar yordamida empirik yo‘llar bilan tekshirilishiga ajablanmasa ham bo‘ladi.
Leontev bir necha empirik testlar yordamida Xeksher-Olin nazariyasi shartlari amalda bajarilmasligini ko‘rsatib berdi. Leontev paradoksi (Leontief paradox) — bu Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasining amalda bajarilmasligi – mehnat serob mamlakatlarning kapital sig‘imli, kapital serob mamlakatlarning mehnat sig‘imli tovarlarni eksport qilishidir.
Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta’limot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada e’tibor berilmagan. Biroq barchaga ma’lumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek e’tibor beradi. U oldingi mavzularda ko‘rib chiqilgan klassik va neoklassik modellarni rad etmaydi, zero qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozimligiga bog‘liq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida keltirilgan modellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.
@ Transformatsiyaning chegaraviy me’yori (marginal rate of transformation) — 1-tovarning qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar soni.
Xalqaro savdoda savdo sharti tushunchasi. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish yo‘llari va ularning xususiyatlariNisbiy narxlarning o‘zgarishiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik savdo shartlari tushunchasi orqali ifodalanadi.
@ Savdo shartlari (terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining, mamlakat bo‘yicha yoki mamlakatlar guruhi bo‘yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir.
Savdo shartlarini iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida quyidagi asosiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• Tovar yoki sof barter savdo shartlari (commodity, net barter terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining yoki barcha tovarlar bo‘yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir.
ToT = Px/Pim
• Daromadni ifodalovchi savdo shartlari (income terms of trade) — mamlakatning jami eksportdan kelgan tushum hisobiga qancha tovar import qila olishi salohiyatini ko‘rsatuvchi indeks. Bu indeks tovar savdo shartlarini eksportning miqdor indeksi (Qx)ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi. Bu indeksning o‘sishi eksportdan tushumni ortishi hisobiga import qilish salohiyati ortishini ko‘rsatadi.
ToT = (Px/Pim) x Qx
• Omillar bilan bog‘liq savdo shartlari (factor terms of trade) — import narxlarini bir yoki bir necha ishlab chiqarish omillarining samaradorligi bilan bog‘lovchi, eksport tarmoqlarida samaradorlikni bir birlikka oshishi hisobiga qancha miqdorda qo‘shimcha import qilish mumkinligini ko‘rsatuvchi indeks. Bu ko‘rsatkich tovar savdo shartlarini eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga (Qx) yoki ushbu mamlakatda eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksini import qilinayotgan mamlakat eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga nisbatiga (Qx/Qim) ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
ToT = (Px/Pim) x (Qx /Qim)
Xalqaro savdo va iqtisodiy o‘sish xalqaro savdoga ta’siri qanday ishlab chiqarish omillari - eksportni kengaytirishga qaratilgan omillar yoki import o‘rnini qoplashga qaratilgan omillarning o‘sishi bilan aniqlanadi.
@ Eksportni kengaytirishga qaratilgan o‘sish (export-biased growth) — mamlakat eksport qiladigan tovar ishlab chiqarishini kengayishi bo‘lib, bu savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib keladi.
@ Import o‘rnini qoplashga qaratilgan o‘sish (import-biased growth) — mamlakat import qiladigan tovar ishlab chiqarishining kengayishi bo‘lib, bu savdo shartini savdo hamkorlar uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladi.
Savdoning neytral o‘sishi (neutral trade growth) — bu mamlakatlar o‘rtasida savdo shartining o‘zgarmagan holatida xalqaro savdo jismoniy hajmining ortishidir.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish