Таянч концпект


AQSh bilan savdo urushida YeIning eng katta



Download 2,61 Mb.
bet108/127
Sana12.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#937795
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127
Bog'liq
JI va XIM majmua 2022-2023.doc2

AQSh bilan savdo urushida YeIning eng katta g‘alabasi.
YeI mamlakatlari zamonaviy “savdo urushlari” tarixida o‘zlarining eng katta muvaffaqiyatini nishonlamoqdalar:Evropa mamlakatlari “banan” va “go‘sht” urushlari uchun revansh olishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘tgan xafta oxirida jahon savdo tashkiloti AQSh va YeI orasidagi soliq imtiezlari bilan bog‘liq muammoni xal qilish uchun verdikt chiqardi, bunda YeI mamlakatlari AQShga qarshi  4 mlrd. doll.  savdo sanksiyasini qo‘llashi nazarda tutilgan. Solik imtiyozlari borasidagi kelishmovchiliklar YeI JSTga 2000 yil noyabrida AQSh maxsulotlariga nisbatan  4,043 mlrd. doll. xajmida jazo choralari qo‘llashi haqida arz qilganida boshlangan edi. Yevroapaliklarning fikriga ko‘ra AQSho‘z eksportini chet el savdolarini amalga oshiruvchi korporatsiyalarini qo‘llab quvvatlash orqali subsidiyalar berdi. 2001 yil iyun oyida JST AQShning bunday qarori o‘rnatilgan tartib qoidalarga to‘g‘ri kelmasligi haqida ogoxlantirdi. Ammo AQSh kongressi bu qarorni bajarilishini noqonuniy deb topmadi. Bunda kongress oldida murakkab dilemmani xal qilish kerakligi haqidagi muammo kundalang turadi: JSTning qaroriga bo‘ysunish yoki JSTning verdiktiga nisbatan xech qanday ta’sir bildirmaslik. Oxirgi xolda AQShga  YeI tomonidan qarshi javob sifatida 4 mlrd. doll. miqdorida sanksiya qo‘llanilishi mumkin. Vaxolanki, na AQSh va na YeI kelishmovchilikni jiddiy tus olishidan manfaatdor.
Bu jarayonda YeI birinchi bo‘lib muammoni ijobiy xal qilish uchun dastlabki qadamni tashladi. YeIning savdo ishlari bo‘yicha komissari  Paskal Lami Walt Street Journal gazetasiga bergan intervyusida sanksiya berishning oxirgi sanasini aniq o‘rnatmasligini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra AQSh kongressi uchun qonunni rad etishga kamida bir yil muddat kerak. YeI raxbariyati ikki oy davomida javob choralari ko‘rilishi mumkin bo‘lgan AQSh maxsulotlari ro‘yxatini tuzib chiqishini bildirib o‘tdi. Xususan ba’zi AQSh maxsulotlariga bojxona bojlari 100%ni tashkil qilishi mumkin. Tuziladigan  ro‘yxatga don maxsulotlari, po‘lat, tekstil sanoati maxsulotlari, alyuminiy, yadro reaktorlari va samolyotlar kiritilishi mumkin. Noyabr oyida tuzilgan  ro‘yxatni YeI ning 15 ta mamlakatiga ko‘rib chiqish uchun  taqdim  qilinadi. Bu AQShga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyaning birinchi bosqichi bo‘ladi. Agar AQSh tomoni soliq imtiyozi to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chikmasa, ikkinchi bosqichda ro‘yxat yana bir kancha tovarga to‘ldiriladi. Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra  soliq imtiyozi to‘g‘risidagi g‘alaba yevropaliklarni ruxlangantirgan xolda Vashingtonga qarshi “po‘lat urushida” yangi qaxramonliklar sari undashi turgan gap. Eslatib o‘tamiz, 20 martda AQSh import qilinadigan po‘lat uchun 30 % lik bojlarni qo‘ygan edi, ammo YeIqarshi sanksiyalar qo‘llashini ta’kidlaganda, Vashington bojlar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan metallurgiya maxsulotlari ro‘yxatidan 178 tasini chiqarib tashlashini e’lon qildi. Ammo YeI davlatlari  AQShdan  po‘lat importqilish uchun bojlarni butunlay bekor qilishini talab qilmokda.
Topshiriklar
1. Bu yerda qanday savdo siesati to‘g‘risida gap ketmokda?
2. Tomonlar qaysi instrumentlardan foydalanmokdalar?
3. Savdo urushidan kimga zarar va kimga manfaat bor?
4. Xalqaro savdo munosabatlarining o‘rni kanday?

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish