Таянч концпект


I ON (semestrning 6 haftasida)



Download 2,61 Mb.
bet101/127
Sana12.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#937795
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Bog'liq
JI va XIM majmua 2022-2023.doc2

I ON (semestrning 6 haftasida)


II ON (semestrning 12 haftasida)

Yakuniy nazorat

5

Semestr yakunida o’tkaziladi

Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan yozma ish shaklida amalga oshiriladi. “Yozma ish”ni baholashda 4-jadvaldagi omillar hisobga olinadi



6.KEYSLAR BANKI.
1-MAVZU: “JAHON XO‘JALIGINI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR: ASOSIY KO‘RINIShLARI VA XUSUSIYaTLARI. XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI”


1 Keys-stadi
O‘zbekiston yengil sanoat mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi
Bugungi kunda Xitoy, Hindiston, Turkiya, Pokiston, Suriya, Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari O‘zbekistonning yengil sanoat mahsulotlari bozoridagi asosiy raqiblari hisoblanadi. Lekin, tikuvchilik-trikotaj mahsuloti borasida bulardan birinchi uchta mamlakat yetakchi o‘rin tutadi.
Ma’lumki, xom ashyo zaxiralarining mavjudligi (asosan, paxta tolasi), energiya tashuvchilarining past qiymati hamda malakali nisbatan arzon ishchi kuchining mavjudligi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining o‘ziga xos afzalliklaridir.
Bundan tashqari, jahonda asosiy yengil sanoat mahsulotlarining yetakchi ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan Xitoy, Hindiston, Pokiston kabi O‘zbekiston ham asosiy xom ashyo ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z ichki iste’molini oshirish siyosatiga ega. Biroq, paxta tolasining ichki narhlari jahon narhlarini aks ettirgani tufayli, bu hol shu afzallikning ahamiyatini biroz kamaytiradi.
Kvotalarning yo‘q qilinishi tufayli, iste’molchilar o‘z buyurtmalarini bo‘lib berishga majbur bo‘lmaydi, lekin ular eng yaxshi mahsulotlarni eng past narxlarda ishlab chiqaruvchilar bilan ishlashni afzal ko‘radi. Sifatli mahsulotning bir nechta toifasini taqdim eta oladigan mamlakatlar ko‘proq raqobatbardosh bo‘ladi.
Masalan, Xitoy to‘qimachilar uchun xom ashyoni, jumladan tola, ip-kalava, matolar va anjomlarni yetkazib berish bo‘yicha raqobatbardosh mahalliy sanoatiga ega. Mamlakatda paxtadan tashqari kanop, ipak va jun kabi tabiiy tolalarni yetkazib beruvchilar nihoyatda ko‘p mikdorda faoliyat yuritadi, hukumat ushbu tolalarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda davom etmokda. Bundan tashqari, Xitoy sun’iy tolalarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, shunga qaramay, u yana ma’lum mikdordagi tolani import qiladi.
Hindiston ham jahon bo‘yicha paxta, paxta tolasi, ip-kalava va sun’iy tolalarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari qatoriga kiradi.
Pokistonda mahalliy paxtaning olinishi osonligi yengil sanoat tarmog‘ining rivojlanishida muhim omil bo‘lgan. Pokiston Xitoy, AQSh va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turgan yirik paxta ishlab chiqaruvchi davlatdir. Bunga qo‘shimcha ravishda, Pokiston kompaniyalari yaxshiroq sifatli ip-kalava va matolarni yaratish uchun yuqori sifatli paxtani sotib ola boshladilar. AQShning chakana savdogarlari pokistonlik firmalar ulkan ishlab chiqarish quvvatlari, o‘zoq muddatli sarmoyalari va barqaror sifati tufayli bo‘z ip-gazlamalar yaratish sohasida raqobatbardosh bo‘lib qolishiga ishonadi.
Doimiy xarajatlarga kelsak, amerikalik sarmoyaviy kompaniyalarning baholashlariga qaraganda, Xitoyda, Hindiston va Pokistonda kredit uchun mablag‘lar olinishi O‘zbekistonga nisbatan soddaroq va osonroq jarayondir. Bundan tashqari, O‘zbekiston rivojlanayotgan davlat maqomiga ega bo‘lgani tufayli kreditlar bo‘yicha yuqoriroq foiz stavkalariga ega.
O‘zbekistonda ayni damda o‘rtacha mavqedagi boshqaruv xodimlarining yetishmasligi muammosi seziladi. Buni yechish uchun dastavval xorijdan qaytgan mutaxassislar yengil sanoat fabrikalari va kiyim-kechak ishlab chiqarish fabrikalarini boshqarish uchun, shuningdek mahalliy boshqaruv xodimlarini o‘rgatish uchun 2-3 yil muddatga ishga joylashtirilishi lozim. Jumladan, Xitoy, Hindiston va Pokiston 20 yildan ortiq muddat davomida yengil sanoat va kiyim-kechak buyumlari ishlab chiqarish yuzasidan xalqaro savdoda ishtirok etib, o‘rtacha mavqedagi malakali boshqaruv xodimlariga ega.
Hindistonda mehnat unumdorligi Xitoyga qaraganda hali ancha past, lekin Xitoyda ishchi kuchi xarajatlari 40 foizga yuqoriroqdir. Yetarli darajadagi yengil sanoat xom ashyosi va ishchi kuchiga ega bo‘lgan Hindiston, ekspertlarning fikricha, asta-sekin eng muhim autsorsing jahon manbalaridan biriga aylanadi. Hindiston va Pokiston 15 yildan beri yengil sanoat va kiyim mahsulotlarining eksporti bilan shug‘ullanib, har xil mahsulot turlarini sifatli ishlab chiqara oladigan malakali ishchi kuchiga ega, deb tan olingan.
Eksport bozoriga yaqinlik yoki bozor sharoitlarining o‘zgarishiga tez javob berib moslashish qobiliyati savdoning muhim, belgilab beruvchi omili hisoblanadi. Yengil sanoat mahsuloti haridorlari bozorning o‘zgarishiga tez javob berish qobiliyatiga borgan sari talabchan bo‘lib bormokda.
Yengil sanoat mahsulotlari, ayniqsa tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlariga talab, modaning moyilliklari hamda iste’mol talablarining o‘zgarishi tufayli keskin o‘zgarishlarga uchrovchi tashish omili, munosib raqobat qilish imkoniyatini beruvchi asosiy omildir.
AQShga kelsak, AQShning xalqaro savdo komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga muvofiq, AQShning Sharqiy qirg‘oqlariga yukni tashib olib kelish vaqti Xitoyda 18 kun, Pokiston va Hindiston uchun 25-27 kunni, Karib mamlakatlaridan 2-7 kunni tashkil etadi, ayni paytda O‘zbekiston yetkazib beruvchilariga esa buning uchun kamida 40-50 kun kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston kamida ikkita mamlakat osha dengizga chiqa olishi mumkin. Bugungi kunda «O‘zbekengilsanoat» DAK korxonalarining ko‘pchiligi o‘z mahsulotlarining eksportini G‘SA-O‘zbekiston yetkazib berish shartlari asosida amalga oshiradi, ya’ni mahsulot narxiga transportga yuklash va bojxona amallaridan o‘tish kiritilgan. «O‘zbekengilsanoat» DAKning qo‘shma korxonalari, masalan, «Chinoz to‘qimachi» qo‘shma korxonasi, «Alisher Navoiy» qo‘shma korxonasi, shuningdek «Toshkent To‘ytepa tekstil» MChJ, o‘z mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi davlatlariga CIF-yetkazib borish manzili (transportga yuklash, bojxona amallaridan o‘tish va yetkazib berish davlati manziligacha yetkazish) shartlarida yetkazib beradi.
O‘zbekiston Respublikasi faqat boshqa davlatlar orqali ochiq dengizga chiqa olgani, yuklarni tashishning eng arzon usuli esa dengiz transporti bo‘lgani uchun yuklarni tashishning asosiy qismi temir yo‘l yoki avtomobil transporti bilan amalga oshiriladi.
Shunday qilib, ma’lum xulosaga kelish mumkinki, O‘zbekiston hozircha boshqa davlatlar oldida ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan zaxiralarning ko‘pchiligi bo‘yicha ma’lum qiymat afzalliklariga ega, lekin boshqa davlatlarning tashish xarajatlari va yetkazib berish muddatlari kabi jiddiy raqobat afzalliklarini hisobga olib, raqobatbardoshlikni saqlash maqsadida ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yuzasidan doimiy ishlarni olib borish lozim.


Muhokama uchun savollar:



    1. Qaysi mamlakatlar jahon yengil sanoat mahsulotlar bozorida O‘zbekistonning asosiy raqiblari hisoblanadi va ularning salohiyati qanday?

    2. O‘zbekistonda raqobatbardoshlik muhiti yaratilishi uchun geosiyosiy joylashuvining ahamiyatini tahlil qiling.

    3. O‘zbekiston hozir qanday raqobat afzalliklariga ega va qanday raqobat afzalliklarini kelajakda rivojlantirishi kerak?


Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish