Riskni aniqlash quyidagi tadbirlardan iborat: - risklarni aniqlash;
- risklarni identifikatsiya qilish;
- risklarni tahlil qilish;
- risklarni baholash.
Risklarni aniqlash axborot aktivlarining ahamiyatini belgilaydi, mavjud (yoki mavjud bo‘lishi mumkin) qo‘llaniladigan tahdidlar va zaifliklarni identifikatsiya qiladi, mavjud boshqarish vositalarini va ularning identifikatsiya qilingan risklarga ta’sirini identifikatsiya qiladi, potensial oqibatlarni aniqlaydi va nihoyat, ustuvorliklarga muvofiq, muayyan risklarni joylashtiradi va kontekstni o‘rnatishda aniqlangan risklarni baholash mezonlari bo‘yicha ularni tasniflaydi. Riskni aniqlash ko‘pincha ikki (yoki undan ko‘p) iteratsiyadan foydalanib o‘tkaziladi.
Risklarni aniqlashning maqsad va vazifalari asosida risklarni aniqlashga o‘z yondashuvini tanlash tashkilotning o‘ziga bog‘liq.
Aktivlarning bahosi, oqibatlarning har bir turiga taalluqli bo‘lgan zaifliklar va tahdidlarning darajalari, har bir kombinatsiya uchun 0 dan 8 gacha bo‘lgan shkala asosida riskning tegishli o‘lchovini identifikatsiyalash maqsadida, jadval shakliga (matritsaga) keltiriladi (1.1 (a)-jadval). Qiymatlar matritsaga strukturalangan tarzda kiritiladi.
Risklarni identifikatsiya qilishdan maqsad, potensial zarar yetkazadigan ehtimoliy insidentlarni prognozlash va bu zarar qay tarzda olinishi mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish hisoblanadi. Quyida tavsiflangan qadamlar risklarni tahlil qilish bo‘yicha tabdirlar uchun kirish ma’lumotlarini aniqlaydi.
Risklarni identifikatsiya qilishdan maqsad, potensial zarar yetkazadigan ehtimoliy insidentlarni prognozlash va bu zarar qay tarzda olinishi mumkinligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish hisoblanadi. Quyida tavsiflangan qadamlar risklarni tahlil qilish bo‘yicha tabdirlar uchun kirish ma’lumotlarini aniqlaydi.
Aktivlarni aniqlashda axborot tizimi faqat apparat va dasturiy vositalardan iborat emasligini nazarda to‘tish kerak. Aktivlarni aniqlash risklarni baholash uchun yetarli axborot ta’minlanadigan tegishli detallashtirish darajasida amalga oshirilishi zarur. Aktivlarni aniqlashda foydalaniladigan detallashtirish darajasi risklarni baholash vaqtida to‘plangan axborotning umumiy hajmiga ta’sir etadi. Bu daraja risklarni baholashning keyingi iteratsiyalarida yanada detallashtirilishi mumkin.