NaQQOH~→ NaOH va NaCl bilan birgalikda vannadan chiqariladi va tozalanadi. Anodda Sl razryadlanib, С12 gazi hosil bo‘ladi.
2Сl--2е~→2С1 2С1 →С12 (anod jarayoni)
Anodlar inert va faol bo‘lishi mumkin. Faol anodlar elektroliz vaqtida oksidlanadi, inert anodlar o‘zgarmaydi. Inert anodlarga grafit, ko‘mir, platinadan yasalgan elektrodlar kiradi. Elektroliz natijasida olinadigan mahsulotlar toza bo‘lishi uchun katod va anod oraliqlarini ajratish kerak. Buning uchun diafragma qo‘llaniladi va filtrlovchi vertikal diafragmali elektrolizyorlar ishlatiladi. Elektrolizyorning anod sohasiga nay orqali uzluksiz osh tuzining konsentrlangan eritmasi (305 —310gg‘l) kiritiladi. Elektrolit doimiy ravishda anod sohasidan diafragma teshiklari (kovaklari) orqali katod sohaga o‘tib boradi. Katod sohasidagi vanna tubidagi nay orqali ishqor va parchalanmagan osh tuzidan iborat bo‘lgan suyuqlik chiqarilib turadi. NaOH mikdori 100-300 gg‘l, NaCl-180-200 gg‘l. Gorizontal diafragmali elektroliz vannalarida hosil bo‘lgan ishqor konsentratsiyasi 120—130 gg‘l ga teng. Ishqor konsentratsiyasi yuqori (650—700 gg‘l) va sifati toza (osh tuzi bilan aralashmagan) bo‘lishi uchun suyuq katodli elektrolizyorlar qo‘llash mumkin bo‘lgan. Simob katodda ajralib chiqayotgan natriy, simob bilan amalgama hosil qiladi. NaQQe-QnHg→Na∙nHg (katod jarayoni va vanna tubida ishqor hosil bo‘lmaydi. Natriy amalgamasi hosil qilgan NaQ simob katodda razryadlanish potensiali -1,2 v (osh tuzining suvli eritmalarida bu potensial—2,71 v) bo‘lgani uchun u oson razryadlanadi.
Hosil bo‘lgan natriy amalgamasi elektrizyorning ikkinchi qismiga yuboriladi va suv bilan reaksiyaga kirishadi.
Na∙nHgQH2O→NaOHQnHgQH2↑
Ajralib chiqqan simob nasos yordamida elektrolizyorni yuqori qismiga ko‘tariladi va katod vazifasini bajaradi.
Garchan bu usulda juda toza va konsentrlangan ishqor eritmasi hosil bo‘lsa ham, uning qo‘llanilishi taqiqlab qo‘yilgan, chunki simob ekologik xavfsiz bo‘lmaydi. Dunyodagi hamma rivojlangan davlatlar ishqor ishlab chiqarishda membrana usuliga o‘tgan. Membrana usulida asbest kartonli diafragma o‘rniga issiq ishqor va xlorga chidamli bo‘lgan, ishqor ta’sirida yemirilmaydigan, ftortutgan polimerlardan yasalgan membranalar ishlatiladi. Membranalar kation almashuvchi bo‘lib, anod sohasidan katod soxasiga faqat NaQ tashib beradi, va Sl- o‘tkazmaydi. Shu sababli hosil bo‘lgan ishqor sifati yuqori bo‘ladi.
Dunyoda birinchi bo‘lib Yaponiya firmalari (Asaxi kasay) bunday membranali moslamalarni ishga tushirdilar va 1983 yilga kelib osh tuzi eritmasidan ishqor, С12 va Н2 ishlab chiqaradigan hamma firmalari bu usulga o‘tdi. Elektrolizyordagi diafragma vazifasini bajaruvchi parda kation almashuvchi sulfo—( —SO3H) va karboksil (—СООН) guruhlar tutgan ftorpoli-merlardan iborat. Ftorpolimerlarga tetraftor—etilenning sopolimerlari kiradi va ularning makromolekulalarida yuqorida keltirilgan kationalmashuvchi guruhlar tarqalgan bo‘ladi. Kationalmashuvchi membrana pardali elektrolizyor sxemasi albomda keltirilgan.
Elektrolizyorning katod va anod sohalari KAM —kation almashuvchi membrana pardasi bilan ajratilgan. Anod oraliriga NaCl ning tuyingan eritmasi (namakob) berilib, anodda Sl- ionlarini elektrokimyoviy oksidlanishi kuzatiladi. Katod oralig‘iga suv berilib, katodda suvning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida Н2 va ОН- ionlari hosil bo‘ladi.
Н2ОQе~→Н Q ОН- 2Н→Н2.
Kation almashuvchi membrana orqali katod oralig‘iga o‘tgan NaQ bilan ON- hosil bo‘lgan ishqor eritmasi katod oralig‘idan chiqib ketadi. Ishqor konsentrlangan bo‘lib osh tuzi bilan ifloslanmagan. Sanoatda qo‘llanib kelgan asbest diafragmali qattiq katodli va suyuk katoldi (simob) elektrolizyorlarni membrana pardali elektrolizyorlar arzonligi va elektr tokini 20—35% kamroq sarf qilishi tufayli siqib chiqardi. Bundan tashqari bu texnologik jarayon ekologik zararsizligi bilan alohida muhimdir