Qad-qomatning shakllanishi
Har bir odam tanasini o'zi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi.
Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining
rivojlanishiga bog'liq. Qad qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa
pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda bo'yin va
bel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz
orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun o/dinga egilish, orqaga egilish deb ataladi.
Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turishi,
yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi. Ularning
normal holda bo'lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto'g'ri
shakllanishiga ta'sir etadi. Bundan tashqari, qad-qomatning shakllanishida ko'krak
qafasi, qo'l va oyoq suyaklari hamda tan a muskullarining normal rivojlanishi ham
muhim ahamiyatga ega. Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi:
egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat (17-rasm). Qad-qomati
normal shakllangan odam (17-rasm) tanasini tik va to'g'ri tutadi, boshi ko'tarilgan,
yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi bir tekislikda, qorni bir oz ichiga tortilgan,
oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi.
Egilgan qad-qomatli odam tik turganda boshi oldinga egilgan, yelka¬lari osilgan,
ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin
qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan ko'payishi, bel qismidagi
egilishi¬ning esa kamayishi hamda qorin devori muskullarining yaxshi
rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi.
Kifoz qad-qomatli odam tik tirganida orqasining yuqori qismi do'ppaygan va
yumaloqlashgan, yelkalari oldinga osilgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki
qismi bo'rtgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasini bo'yin va bel
qismidagi oldinga egilishlarini normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga
egilishning esa ko'p bo'lishi tufayli vujudga keladi.
Kekkaygan qad-qomatli odamning orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan
bo'ladi. Bunday qad-qomatli umurtqa pog'onasi¬ning ham egilishlari normaga
nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.
Qad-qomatining buzilishidan faqat odamning tashqi ko'rinishi o'zgarmasdan, balki
u ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar)ning
rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday odamlar jismoniy
mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi,
yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo. Bolaning qad-qomati normal
shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qo;dalariga amal qilish kerak:
- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim,
yostiq pastroq bo'lishi kerak. To'shakning qalinva yurnshoq bo'lishi, yumshoq
pmjinali karavot, baland yostiq bo¬laning umurtqa pog'onasi qiyshayib qolishiga
sabab bo'ladi;
- bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o'n oylik bo'lgun¬cha oyog'ida uzoq
vaqt tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi,
oyoq suyaklari egiluvchan bo'lgan¬ligi sababli tana massasini ko'tara olmasdan,
egrilanib qolishi mumkin.
- 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab
yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli umurtqa
pog'onasi egrilanib qolishi mumkin;
- kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari uzoq vaqt bir joyda
o'tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurrnasligi, og'ir buyumlarni
ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo'lida ish bajarrnasligi kerak. Bularning
barchasi bolaning umurtqa pog'onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga,
qad¬qomati buzilishiga sabab bo'ladi (18-rasm);
- bolalar va o'quvchilar bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'ti rishi kerak (maktabda,
uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda); - o'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda
quyidagi qoidalar¬ga rioya qilishi zarur: o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir
tekisda,
beli stul (parta) suyanchig'iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri
burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib
tursin, ko'krak bilan parta qirrasi orasida 10 srn ga yaqin masofa bo'lsin. Qad-
qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shu¬ning uchun ana shu
yoshgacha bo'lgan bolalar yuqorida ko'rsatil¬gan qoidalarga amal qilsalar, ularning
qad-qomati to'g'ri, chiroyli bo'lib shakllanadi. Yassioyoqlik.
Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-hara¬katlanish sistemasining muhim
qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini
bajarishga mos¬lashgan. To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq
(chuqurroq),