Suyakning pastki uchi katta boldir bilan birikib, tizza bo'g'imini tashkil etadi. Tizza qopqog'i suyagi eng yirik erkin (sesama¬simon) suyak bo'lib, u tizza bo'g'imining oldingi yuzasini yopib turadi. Bu suyakka sonning to'rt boshli muskulining payi birikadi. Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat. Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida joylash¬gan bo'lib, uning oldingi qirrasi o'tkirroq bo'ladi. Suyakning yuqorigi uchi kengayib, son suyagining pastki uchi bilan birikishga moslashgan. Pastki uchi yumaloqlashib, ichki to'piqni hosil qiladi. Kichik boldir suyagi boldirning tashqi tomonida joylashib, uning yuqorigi uchi yo'g'onlashib, katta boldir suyagining yuqori qismiga birikadi. Pastki qismi oyoqning tashqi to'pig'ini hosil qiladi va oshiq suyagi bilan birikadi. Oyoq panjasining suyaklari har xii katta1ikdagi 27 la suyakdan iborat bo'lib, ular uch guruhga bo'linadi: ular tovon suyaklari - 8 ta, oyoq-kaft suyaklari - 5 la va barmoq suyaklari - 14 ta (6- rasm). Odam tik yurishga o'tishi natijasida oyoq suyaklariga tu shad i¬gan massaning ortishi va xilma-xil harakatlarning bajarilishi bu suyaklar funksiyasini oshirib, ularning rivoj!anishiga va mustah¬kamlanishiga sabab bo'lgan.
6-rasm. Oyoq suyaklari. . 1- chanoq suyagi; 2 - son suyagi; 3 - chanoq¬son bo'g'imi; 4- tizza qopqog'i suyagi; 5- katta boldir suyagi; 6- kichik boldir suyagi; 7- tovon suyagi; 8- oyoq kafti suyaklari; 9- panja suyaklari.
Suyaklarning birikishi Yuqorida tan a suyaklari bayon etilganda ularning bir-biriga birikishi haqida qisqacha ma'lumot berilgan edi. Shu bilan birga, bu birikish ularning harakatlanishida muhim ahamiyatga ega. Suyaklarning birikishi Yuqorida tan a suyaklari bayon etilganda ularning bir-biriga birikishi haqida qisqacha ma'lumot berilgan edi. Shu bilan birga, bu birikish ularning harakatlanishida muhim ahamiyatga ega. Odam tanasidagi 206 ta suyakning hammasi bir-biri bdan ikki xii: hara¬katsiz va harakatli birikadi. Suyaklarning h,1 rakatsiz (oraliqsiz 3 uzluksiz) birikishigh bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo'ladi. Ular boylamlar, tog'aylar, suyak chokJari yordamida bir¬biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyak¬lardan iborat bo'lib, bola o'sgan sari ular chok yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-biriga uzluk¬siz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo'ladi. Aksariyat darsliklarda umurtqa pog'onasi suyaklarning hara¬katsiz birikishiga kiritiladi. Ammo ba'zi manbalarda umurtqa pog'onasi suyaklarning yarim harakatchan birikishiga kiritilgan. Harakatli, ya'ni bo'g'im hosil qilib birikishga qo'l va oyoqlar¬ning bo'g'imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft usti, son-chanoq, tizza, boldir-tovon hamda qo'l va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bo 'g'im hosil qilib birikishi bunga misol bo'ladi. Bo'g'im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq bo'ladi. Bo'g'im uch qismdan: bo'g'im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo'g'im bo'shli¬g'idan iborat (7-rasm). Bo'g'im xaltachasi ikki qavat - tashqi (pishiq fibroz), ichki - silliq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavat¬ning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik (bo'g'im moyi) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo'g'im yuzasini moylab, ular harakatini qulaylashtiradi. Bo'g'im tashqi tomondan paylar bilan o'ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |