Tayan ch s o’ z L a r



Download 33,13 Kb.
bet2/2
Sana27.06.2022
Hajmi33,13 Kb.
#710278
1   2
Bog'liq
sabirov 0201

Teshiktosh g’or-makoni Surxondaryo viloyati Boysuntog’ tumanidagi Boysun tog’ining janubiy yonbag’ridagi Turgandaryoning Zavlatashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m balandda joylashgan. G’or shimoli-sharqqa qaragan, kengligi 20 m, chuqurligi 21 m, balandligi 9 m. Olib borilgan qazuv ishlari natijasida 5 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Madaniy qatlamlardan 2859 ta toshdan yasalgan mehnat qurollari, gulxan izlari va kul qoldiqlari, tog’ echkisi, bug’u, yovvoyi ot, ayiq, quyon, kemiruvchi va parrandalarning suyak qoldiqlari topildi. Teshiktoshdan topilgan topilmalar orasida 25 sm chuqurlikda neandertal tipdagi odam suyagi qoldiqlari topildi. Bu topilmani mash’hur antropolog olim M.Gerasimov o’rganib chiqib, uning taxminiy qiyofasini tiklagan. Teshiktoshliklar asosan ovchilik va qisman termachilik bilan shug’ullanganlar.

Omonqo’ton g’or-makoni Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog’ tizmasining g’arbiy yonbag’rida joylashgan Omonqo’ton qishlog’i yaqinida joylashgan. G’orning kengligi 1,5 m, balandligi 0,9 m, chuqurligi 25 m. G’or-makonning madaniy qatlamlaridan qirg’ich, paykon, plastinkalar, nukleuslar, qo’l chopqilari, Osiyo mufloni (arxar), qo’ng’ir ayiq, tog’ echkisi suyagi, gulxan qoldiqlari topilgan. Bu yerda yashagan qadimgi odamlar asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanishgan.

Obirahmat g’or-makoni Toshkent shahridan 100 km shimili-sharqda, G’arbiy Tyan-Shan – Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilidi joylashgan. Qazuv ishlari jarayonida 21 ta madaniy qatlam mavjud ekanligi aniqlandi. Ko’plab tosh qurollar, har xil hayvonlar suyaklari, gulxan va kul qoldiqlari topilgan.
Olimlarning farazlariga ko’ra, bu yodgorlikda odamlar bundan 120-40 ming yil muqaddam istiqomat qilishgan.

Xo’jakent manzilgohi Toshkent shahridan 80 km shimoli-sharqda, Chirchiq daryosining chap sohilidagi Xo’jakent qishlog’i yaqinida joylashgan. G’or shimoli-g’arbga qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4 m. G’ordan ishlov berilgan nekleuslar, qo’l chopqilari, parrakchalar, teshgich-bigizlar topilgan bo’lib, odamlar miloddan 100-40 ming yillar ilgari yashaganlar va asosan termachilik hamda ovchilik bilan shug’ullanganlar.

Ko’buloq joy-makoni Ohangaron daryosining o’ng irmog’idan biri – Qizil olma soyining o’rta oqimida, Angren shahridan 10-12 km g’arbda joylashgan Obliq qishlog’idan 5 km shimoli-g’arbda joylashgan. Bu yodgorlik ko’p qatlamli bo’lib, unda arxantroplar, neandertallar va kramonyonlar yashashgan. Ko’lbuloq 41 ta qatlamdan iborat bo’lib, 4-8 qatlamlari mustye davriga taalluqlidir.

Qo’tirbuloq makoni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumanidagi Charxin qishlog’idan 700-800 m uzoqda joylashgan ochiq manzilgohdir. Bu yerdan ko’plab paykonlar, qirg’ichlar, chopping, chopper, yassi nukleuslar, fil, tur, bug’u, yovvoyi ot, Buxoro bug’usi suyagi qoldiqlari, gulxan va kul qoldiqlari topilgan.


Mustye davriga oid yodgorliklarda olb borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, mustye neandertallari g’orlarda ham, ulkan mamont suyaklaridan qilingan turar joy – chumalarda ham yashaganlar. Mazkur davrda odamlar olovni saqlabgina qolmay, balki yog’ochni bir-biriga ishqalash yo’li bilan yoki chaqmoqtoshni bir-biriga urish natijasida olov hosil qilishgan.
O’rta paleolit davri odamlarining asosiy mashg’uloti mamont, bison, bug’u, tog’ echkisi, arxar va boshqa hayvonlarni ovlab kun ko’rish bo’lib, ovchilik ular hayotida muhim o’rin tutgan. Ovchilar chaqmoqtosh, o’q qadalgan nayzalar, gavronlar bilan qurollangan edilar. Lekin termachilik ham ular xo’jalik hayotining asosini tashkil etgan.
Mustye davri kishilari neandertallar hisoblanib, hali ularning tashqi qiyofasida maymunga xos belgilar birmuncha saqlanib qolgan edi. Ularda hozirgi qiyofadagi 6kishilarga o’tish jarayoni borayotgan, ishlab chiqarish qurollari takomillashayotgan, nutq madaniyati o’sa borib, fikrlash ancha oshgan, olov sun’iy tarzda yaratila boshlangan. Mazkur davrda ibtidoiy to’dadan urug’chilik tuzumiga o’tila boshlangan. Shuningdek, bu davrda murdalarni sun’iy tarzda kovlangan qabrga ko’mish birinchi bor qo’llanilganki, bu ancha murakkab g’oyaviy tushunchalar paydo bo’lganligidan dalolatdir.
Olimlarning ilmiy farazlariga ko’ra, biz yashab turgan Yer sayyorasi 5 milrd. yil muqaddam paydo bo’lib, dastlab unda hech qanday hayot bo’lmagan. Yer tarixi geologik jihatdan arxey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga bo’linadi. Arxey erasining oxirida Yerda juda oddiy tirik mavjudotlarpaleozoyda suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezozoyda sudralib yuruvchilar paydo bo’ladi. Yer tarixining kaynozoy erasida esa sut emizuvchi hayvonlar tarqaladi. Bu era, o’z navbatida, uchlamchi va to’rtlamchi bosqichlarga bo’linib, uchlamchi bosqich 50-60 mln., to’rtlamchi bosqich 3-3,5 mln. yilni o’z ichiga oladi.


1 Paleolit- yunoncha- “litos” tosh, palios “qadimgi” degan ma’noni anglatadi.

2 Teshiktosh – o`rta paleolit davriga oid bo`lgan manzilgoh.

3 Sahroi Kabir – Afrika qit’asining shimoli-g`arbida joylashgan katta qumlik.

4A.P.Okladnikov – rus tarixchi, arxeolog va etnografi.

5 Ko`lbuloq makoni – ilk paleolit davriga oid yodgorlik. Toshkent viloyati Chatqol tog` tizmasi yonbag`rida Ohangaron daryosining o`ng qirg`og`idagi tarixiy hudud.

6 Arxey erasi – yunoncha “juda qadimgi’ degan ma’noni bildiradi. Bu erada hayvonlar va o`simliklar organizmlari hali shakllNMg

14

Download 33,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish