Taxminan miloddan avvalgi 580



Download 15,6 Kb.
Sana28.02.2020
Hajmi15,6 Kb.
#41125
Bog'liq
Pifagor

Pifagor (taxminan miloddan avvalgi 580, Samos — 500, Metapont) — yunon matematigi, faylasufquldor aristokratiyaning gʻoyaviy targʻibotchisi. 530-yildan Janubiy Italiyadagi Krotone shahrida, keyinroq Metapont shahrida yashagan. Krotoneda falsafiy maktab, siyosiy partiya va diniy birodarlikni mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar ittifoqi) tuzadi. Pifagor falsafasida son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.

Matematika tarixida Pifagor geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga koʻtargan, toʻgʻri chiziqli shakllar geometriyasini tuzgan, oʻxshashlik haqidagi taʼlimotni yaratgan, toʻgʻri burchakli uchburchak haqidagi teoremani isbotlagan (bu teorema Pifagordan 1500 yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz maʼlum boʻlgan), ayrim muntazam koʻpburchak va koʻpyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda, juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proporsiyalar Pifagor nomi bilan bogʻlanadi. Pifagor maktabining matematikani sistemalashtirishdagi roli katta boʻlgan.



Pifagor teoremasi — toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari haqidagi teorema. Unga koʻra, agar toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari bir xil masshtabda oʻlchangan boʻlsa, katetlar uzunliklari kvadratlari yigʻindisi gipotenuza uzunligi kvadratiga teng: {\displaystyle a^{2}+b^{2}=c^{2}}

Pifagor teoremasiga, asosan, toʻgʻri burchakli uchburchak katetlariga yasalgan kvadratlar yuzalarining yigʻindisi gipotenuzaga yasalgan kvadrat yuzasiga teng (rasmga q.). Pifagor teoremasi Qadimgi Misr va Pifagor teoremasiga Bobilda maʼlum °VD shakl. boʻlgan, lekin birinchi isboti Pifagorga tegishli deb hisoblanadi. Hozir Pifagor teoremasining oʻndan ortiq isboti maʼlum. Yuqorida keltirilgan Pifagor teoremasi taʼrifi Yevklid geometriyasida oʻrinli, lekin noyevklid geometriyalarda Pifagor teoremasi boshqacha ifodalanadi.[1]

Eramizdan avvalgi VI-asrda qadimgi yunon ilm-fani va san'atining o‘ziga xos poytaxti sifatida Egey dengizining Kichik osiyo yaqinidagi qirg‘oqlarida joylashgan Ioniya orollari guruhi ravnaq topdi. Pifagor aynan shu yerda, ko‘p qirrali usta - hunarmand: zargar, muhr va tamg‘alar hamda, o‘ymakor usta Mensarx oilasida tavallud topdi. Afsonalarga ko‘ra, Pifagorning otasi Mensarx va onasi Parfenisa nikohlaridan keyingi asal oyi vaqtida Delf hududlariga kelgan paytlarida, o‘sha yerlik kohinlardan biri ularga asrlar davomida butun olamga mashhur bo‘ladigan, zehn va zakovat, chiroy va ko‘rkamlikda tengi yo‘q o‘ktam og‘il farzand ko‘rishlarini, ma'budlardan biri - Apollon esa, kohin orqali ularga sharqqa - Suriya hududlariga suzib borishlari zarurligini bashorat bergan emish. Birmuncha sodda ijtimoiy va ilohiy tushunchalar hukm surgan qadimgi Yunonistonda, boshqa mahalliy kishilar singari Pifagorning ota onasi ham kohinlar so‘ziga chin dildan ishonishgan. Bashorat ajoyib tarzda amalga oshadi. Sidon shahrida Parfenisa o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi. Mazkur quvonchli hodisa tufayli ona Parfenisa qadimgi yunon an'analariga binoan, unga kohin tilidan o‘g‘il farzand bashoratini bergan Pifiyalik ma'bud Apollon sharafiga o‘z ismini Pifiada deb o‘zgartiradi. o‘g‘liga esa Pifagor - ya'ni, Pifiya bashorati (yoki, Pifiyadagi bashorat) deb ism qo‘yadi. Afsonada Pifagorning tug‘ilgan vaqti haqida hech qanday ma'lumot yo‘q; tarix tadqiqotchilari uning dunyoga kelgan vaqtini eramizdan avvalgi 580-yil bilan bog‘laydilar.

o‘g‘il farzand quvonchi bilan sayohatdan qaytgan ota, unga farzand bashoratini bergan Apollon sharafiga ibodatxona bunyod etadi va o‘g‘lini ma'budlar bergan bashoratdagidek ko‘rkam, zehnli va aqlli bo‘lib o‘sib ulg‘ayishi uchun barcha shart sharoitlarni yaratib berishga intiladi.



o‘g‘liga sifatli ta'lim va tarbiya berish imkoniyati Mensarxda ham moddiy ham ijtimoiy jihatlardan bekamu ko‘st edi. Har qanday usta hunarmand singari Mensarx ham o‘g‘lining kelajakda o‘z hunarini davom ettiradigan odil merosxo‘ri bo‘lishini chin dildan istagan. Lekin, Pifagor bolalik chog‘laridayoq ilm fanga o‘ta muhabbat bilan yondoshib, bo‘lajak matematika va faylasufga xos barcha ziyraklik va zehn qobiliyatlarini namoyon qili borardi. o‘zining birinchi ustozi - Germodamasdan Pifagor musiqa va tasviriy san'atning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini o‘rganadi. Germodamas Pifagorning xotira kuchini sayqallash uchun unga "Odisseya" va "Iliada" eposlarini yoddan takrorlashni doimiy mashq qildiradi. Aynan birinchi ustozi Germodamas yosh va iste'dodli Pifagorga tabiat va uning sirlariga bo‘lgan muhabbatni chuqur singdirgan edi. "Yana boshqa bir maktab bor - deydi Germodamas, - sening sezgilaring va hissiyotlaring manbai tabiatdir, u sening birlamchi va asosiy ilm manbaing ham bo‘lsin!"
Download 15,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish