Taxll jarayonida foydalaniladigan ahborot manbalari va ularga qo’yilgan talablar
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborot manbalariga quyidagilar kiradi: - Ta’sis hujjatlari; - Reja va prognoz ma’lumotlari; - Statistika hisobotlari; - Soliq hisobotlari; - Xalq banki hisobotlari; - Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari. Ta’sis hujjatlariga korxona faoliyatining tartibi va shartlarini belgilab beruvchi Nizomi kiradi. Nizomda korxonaning tashkiliy huquqiy shakli, uning nomi, joylashgan o‘rni, ustav kapitali miqdori, tarkibi, uning boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish tartiblari, foydani taqsimlash, fondlarni shakllantirish tartiblari, korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartiblari belgilanadi. Reja ma’lumotlari va prognoz ko‘rsatkichlar. Reja va prognoz ko‘rsatkichlariga korxonaning biznes rejasi, kelgusi davrlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Reja va prognoz ma’lumotlari korxona boshqaruvchisini maqsadliligini ta’minlashda, biznes samaradorligini va moliyaviy holatini yaxshilashga eng muhim dastak sifatida qarashi mumkin. Reja ko‘rsatkichlarini belgilash – bu resurslardan samarali foydalanishni va foydani o‘stirishning muhim omili hamdir. Statistika hisobotlari. Statistika hisobotlari, korxona boshqaruvi yuzasidan quyidagi muhim muammolarni hal qilish imkonini beradi.. Statistik hisobotlarni faqat davlat tomonidan ko‘rsatkichlarni jamlash, tahlil qilish va prognozlash mazmunida qarash noto‘g‘ri. Ushbu hisobot shakllaridagi ma’lumotlarga birinchi navbatda o‘z biznes samaradorligi va natijaviyligini baholashda korxona egalari va boshqaruv xodimlariga qay darajada muhimligini anglash lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun quyidagi davlat statistika hisobotlari belgilangan: - narx statistikasi; - investitsiya va qurilish statistikasi; - sanoat statistikasi; - tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi; - qishloq xo‘jaligi statistikasi; - ekologiya statistikasi; - ijtimoiy soha statistikasi; - mehnat va axo demografiyasi statistikasi; - aholining yashash sharoitlari va xizmatlar statistikasi; - transport va aloqa statistikasi; - tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi.
Xodimlarning qo’nimsizligi tahlili
Xodimlarlarning qo‘nimsizligi ishlab chiqarishga salbiy ta’sir etadi. Qo‘nimsizlik koeffitsiyentini aniqlash uchun o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shagan va mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan ketgan xodimlar sonining yig‘indisini xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soniga bo‘lish lozim. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosalar qilinadi. Tahlil davomida ishchilarni kasbi bo‘yicha korxonaning ta’minlanishini aniqlash lozim, chunki, mahsulot ishlab chiqarish, korxonani, ishchilarning kasbini hisobga olgan holda ta’minlanishiga bog‘liq
1. Ishchilarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni, kishi
2. Yil davomida ishga qabul qilinganlar soni, kishi
3. Yil davomida ishdan bo‘shatilganlar soni, kishi
4. Ishga qabul qilish oboroti,
5. Ishdan bo‘shatish oboroti
6. Qo‘nimsizlik koeffitsiyenti
3. Buxgalteriya hisobini o’qish
Korxonalarning moliyaviy hisobotlarini o‘qish undagi pul munosabatlariga, moliyaviy holatiga baho berish uchun muhimdir. Moliyaviy hisobot va moliyaviy hisobotlarni “o‘qish”ga olimlar tomonidan turlicha tavsiflar beriladi. Moliyaviy hisobotlarni “o‘qish” so‘zi juda keng ma’noli tushuncha. Balansni qanday “o‘qish” mumkin? Uni “o‘qish” orqali nimalar o‘rganiladi? “O‘qish” tahlil usulimi yoki tahlil o‘qishning usulimi? Bu kabi savollarga javob topish yuzasidan uning lug‘aviy ma’nosini tushunib olish lozim. “O‘qish”ga matnni tushunishga qaratilgan murakkab kodlash jarayoni deb qaraladi. Lekin moliyaviy hisobotlarda matnlar yo‘q, unda faqat ko‘rsatkichlar, qatorlar va ularga tegishli raqamlar mavjud. “O‘qish” – til, muloqot, axborot va g‘oyalarni almashish vositasidir. “O‘qish” ijodiy yondashuvni va tanqidiy tahlilni talab etadi. “O‘qish”ga qonunlar yo‘q, o‘qish paytida hech narsa cheklanmadi. “O‘qish” moliyaviy hisobotlar, moliyaviy tahlilning muhim va dastlabki usuli hisoblanadi. O‘qish deganda adabiy tilda matnni o‘qish va tovushlarda ifoda etish tushuniladi. Moliyaviy hisobotda esa yondashuv biroz murakkablashadi. “O‘qish” so‘zi moliyaviy hisobotlar va ularning shakllariga nisbatan ishlatishning mohiyati shundaki, ushbu hisobotlar faqat raqamlar ifodasidagi ko‘rsatkichlarni tartibli joylashtirishdan iborat matnga o‘xshaydi. Matndagi raqamlar nimani ifoda etishini bilgan holdagina, matnni o‘qish mumkin. Sodda qilib aytganda, moliyaviy hisobotlarni o‘qish deganda korxona moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini, pul mablag‘lari va xususiy kapitalini moliyaviy hisobot shakllarida raqamlarda yashiringan so‘zlar orqali bilish, tushunish, anglash tushuniladi. Moliyaviy hisobotni “o‘qish”ni mazmunini nima tashkil etadi. Bizningcha, moliyaviy hisobotni o‘qish deganda ko‘rsatkichlarni arifmetik hisob-kitoblarsiz uni mantiqiy tavsiflash tushuniladi. “O‘qish” uchun alifbo asoslarini bilish lozim. Moliyaviy hisobotlarni o‘qishda bunday asos bo‘lib, moliyaviy hisobot qatorlarida aks etgan tushunchalar hisoblanadi. Ularning bir qismi barcha uchun tushunarli bo‘lishi mumkin, lekin ayrim qatorlarini faqat maxsus bilimga va kasb malakasiga ega bo‘lganlar tomonidangina tushuniladi. Bunda tushunchalar sifatida moliyaviy hisobotning, balansning istalgan qatorini keltirish mumkin. Masalan: moliyaviy qo‘yilmalar, investitsiyalar, majburiyatlar, kapital, pul ekvivalentlari, zaxiralar va h.k. Shu sababli, balansni o‘qishdan oldin uning barcha moddalarini tushunib olish talab etiladi. Nafaqat ularni tushunish balki, baholanishi, faoliyatdagi rolini, boshqa tushunchalar bilan aloqasini, iqtisod va moliyaviy jihatdan uning o‘zgarishlarini ahamiyatini ham anglash talab etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |