Taxiatosh tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 4-sonli maktabning 3 - sonli Pedagogika kengashi bayonnomasidan
KO'CHIRMA.
2023 yil, 11 yanvar. 4-sonli maktab majlislar zali.
Raisi: maktab direktori: G. Iztleuova.
Kotibi: O'TIBDO' M. Romanova.
Qatnashdi: maktabning 79 nafar pedagogi.
Qatnashmadi: 2 nafar pedagog, sabali.
KUN TARTIBIDA:
Maktabda jamoa orasida o'z bilimi, iqtidori, qobiliyati va yaratuvchanligi bilan o'rnak ko'rsatgan hamda maktab va tumanda tashkil etilgan tanlovlarda o'quvchilari yuqori natijalarga erishayotgan 2020 yildan buyon oliy toifaga ega boshlang’ich sinf fani o'qituvchisi Kaljanova Zario’xan Baxitjanovnaning ishlarini ommalashtirish to'g'risida.
ESHITILDI:
Masala yuzasidan o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari E.Jangabayeva so'zga chiqib, ijodkor, talabchan, izlanuvchan o'qituvchilarning ilg'or ishlarini ommalashtirishni tavsiya etdi. Shuningdek, o'qituvchilar o'rgangan ilg'or tajribalarini darslarida qo'llaydigan, natjaviyligi sinalganligini ta'kidladi. 2020- yilda Qoraqalpog'iston Respublikasida ta'lim sohasida ishlarining ommalashtirilganinin hisobga olgan holda, uning ishlarining ommalashishining davomiyligini ta'minlashni tavsiya etdi.Z. Kaljanovaning darsda va sinfdan tashqari mashg'ulotlarida barcha o'quvchilar bilan birgalikda hamohang ishlaydigan jonkuyar va zamonaviy ustoz ekanligi haqida hamkasblari fikr bildirdilar. Metod kengash a'zolari tomonidan tumanda o'tkaziladigan tadbirlar, seminar va tanlovlarda faol ishtirok etish uchun o'z zimmasiga yuklatilgan barcha topshiriqlarni namunali bajarayotganligi yuzasidan asoslar taqdim etdi.
M. Romanova-o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari so'zga chiqib, fanlararo integratsiya bugungi ta'limning asosini tashkil etishini aytdi. O'zaro bog'liqlik ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga erishish vositasigina emas, balking aniq pedagogik vazifalarni shakllantirishi, bilim va malakalarni munosabatlar asosida fan tizimlarini belgilashda muhim omillardan biridir.
N. Xasamaddino'va- oliy toifali ona tili o'qituvchisi. O'quv fanlari dasturi va darsliklarda uzviylik va uzliksizlikning ta'minlanishi o'quvchilarning fan asoslarini puhta o'rganishlarida alohida ahamiyat kasb etsa, fanlararo aloqadorligi va fanlarning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Fanlararo bog'liqlik ta'lim sifting oshirishga, darslarning qiziqarli, mazmunli, tushunarli noan'anaviy bo'lishiga xizmat qiladi.
Yig'ilishda maktab rahbariyati va jamoasi tomonodan bildirilgan fikrlar e'tiborga olinib, tajribali o'qituvchilarning ishlari maktabda ommalashtirish va tuman metodik kengashiga taqdim etish bir ovozdan ma'qullandi.
Yuqoridagi fikr mulohazalar asosida PEDAGOGIK KENGASH yig'ilishi
QAROR QILADI:
1. Maktab O'TIBDO' E.Jangabayevaning tajribali o'qituvchilarning ilg'or ishlari yuzasidan bildirilgan fikr mulohazalari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Taxiatosh tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 4-sonli maktabning oliy toifali boshlang’ich sinf fani o'qituvchisi Kaljanova Zario’xan Baxitjanovnaning Qoraqalpog'iston Respublikasida ommalashtirilgan ilg'or ish tajribasini ommalashtirilishining davomiyligini ta'minlash qo'llab-quvvatlansin.
3. Ushbu qarorga muvofiq maktab miqiyosida ommalashtirilgan ilg'or ish tajribali o'qituvchilarning metodik mahsulotlari elektron (pdf) shaklda qaror rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir oy muddatga ommalashtirish platformasiga joylashtirilsin.
Pedagogik kengash raisi: G. Iztleuova.
Kotibi: M. Romanova.