TATU Urganch filiali 921-922-18 guruh talabalarining majlis
Bayonnomasi
Urganch shahri 16.04.2021
Qatnashdilar: Guruh rahbari, 921-18 guruh talabalari
jami: 18 nafar,
922-18 guruh talabalari
jami: 5 nafar.
Kun tartibidagi masalar:
O’zbekiston Respulikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar yuzasidan davra suhbati.
“Sport – salomatlik garovi” mavzusida davra suxbati
Har xil masalalar.
Bayonnoma
Mamlakatimiz va jahonda amalga oshirilayotgan islohatlar, yangiliklar haqida talaba Atajanova Avazjonning ma`ruzasi tinglandi.
Guruh rahbari va talabalar o’rtasida “Sport – salomatlik garovi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Sport nafaqat insonlar balki bugun jamiyat kamolotida muhim omil hisoblanadi. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak har bir takomil darajasiga yetgan sivilizatsiyalar mazkur takomil darajasining asosiy omillaridan biri ushbu jamiyatda jismoniy tarbiya va sportga katta etibor qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Sport deganda tor ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati tushunilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati asosida kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Sport inson o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun yetakchi omillardan biri sifatida talqin etiladi. Sportdagi ko‘rsatkichlarning o‘sish me’yoriga qarab sportchi nafaqat jismoniy, balki ruhiy, aqliy, axloqiy, ma’naviy va vatanparvarlik nuqtai nazaridan tarbiya jarayoniga kirib boradi. Bu borada sportning ahamiyati nihoyatda kattadir. Sport bilan shug‘ullanish yoki sport o‘yinlarini tomosha qilish jarayonida jamiyat qadriyatlari shaxs qadriyatlariga aylanib boradi. Sport bilan doimiy shug‘ullanish orqali insonda shaxs belgilari, tashabbuskorlik, kurashchanlik, chidamlilik sifatlari rivojlanadi. Jismoniy mashqlar vositalari orqali shaxs ijtimoiylashuvining ijobiy tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham vujudga kelishi mumkin. Medallar, shon-shuhrat ketidan quvish uchun har qanday vositalardan foydalanish sportchida shafqatsizlik, zo‘rlik kabi salbiy jihatlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Inson jismoniy mashqlarni doimiy ravishda rejali asosda bajarib borishni odatga aylantirsa va shunga amal qilsa, katta boyligi hisoblangan sog‘lig‘ini yo‘qotmaydi, aksincha, uni tiklaydi. Bu haqda A.Shopengauer o‘zining “Hayotiy donishmandlik aforizmlari” nomli kitobida shunday yozadi: “Bizning baxtimizning 10 dan 9 qismi sog‘ligimiz bilan bog‘liq. Sog‘liq bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi. Usiz hech qanday katta farovonlik ham rohat bag‘ishlamaydi. Hatto aql sifati ham kasallik holati natijasida kamayadi. ”Faylasuf ta’kidlagan baxtga - sog‘liqqa erishish uchun albatta jismoniy mashqlarni bajarib yurish maqsadga muvofiqdir. O‘z tabiatiga ko‘ra sport insonparvardir. U shaxsning organizmi va ruhiyatining o‘rganilmagan imkoniyatlarini ochib berishga yordam beradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda yuz berayotgan yangiliklar haqida talabalar o’z bilganlarini aytib berdilar. Shundan so’ng murabbiy talabalarga yetkazilishi zarur bo’lgan axborotni berdi. Keyingi haftaga qadar mamkakatda va jahonda yuz berayotgan yangiliklardan o’zlashtirib kelish topshirig’i berildi.
Guruh rahbari talabalarga dars mashg’ulotlariga kechikmasdan o’z vaqtida qatnashishlarini ta’kidlab o’tdi.
Qaror qilindi: Kun tartibidagi masalar bo’yicha berilgan barcha ma’lumotlar axborot sifatida qabul qilinsin.
Guruh rahbari: S.Kutliyev
Kotiba: SH. Razzaqova
Do'stlaringiz bilan baham: |