O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TATU Samarqand filiali
“Kompyuter injiniringi” fakulteti
Toirov Sh.A., Raximov R.T., Karimov M.M
“ALGORITMGA KIRISH”
fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMA
Samarqand 2015
Uslubiy ko’rsatma “Algoritmga kirish”
fanidan ta
’
lim oluvchi talabalarga
mo’ljallangan bo’lib, mazkur fandan laboratoriya ishlarini bajarish uslubiy
topshiriqlar o’rin olgan. Uslubiy ko’rsatma talabalarning “Algoritmga kirish”
fanidan nazariy va amaliy bilimlarini oshirishlariga yordam beradi.
Laboratoriya ishlariga mo’ljallangan
barcha mavzular misollar, algoritmlar va
ularning C++ dasturlash muhitidagi kodlari bilan keng yoritib berilgan. Har bir
laboratoriya ishida ishdan maqsad,
qisqacha nazariy qism, topshiriqlar va
topshiriqlarni bajarishga namunalar keltirilgan. Uslubiy ko’rsatma 6 ta
laboratoriya ishini bajarishga mo’ljallangan va birinchi laboratoriya ishi 10 soat,
ikkinchi laboratoriya ishi 8 soat va uchinchi laboratoriya ishi 6 soatga, to’rtinchi,
beshinchi va oltinchi ishlar 4 soatga, jami 36 soatga mo’ljallanib tuzilgan.
Tuzuvchilar: katta o’qituvchi Toirov Sh, ass. Karimov M. ass. Raximov R
Taqrizchilar:dots. Maxmudov Z.M. Abdullaeyev A.A.
Uslubiy ko’rsatma Axborot texnologiyalari kafedrasining ______ yil
_____________da o’tkazilgan majlisida ko’rilgan va tasdiqlangan.
Kompyuter injiniring fakulteti ilmiy-uslubiy kengashi ruxsati bilan chop etildi.
TATU Samarqand filiali, 2015 yil
TASHKILIY-USLUBIY KO‘RSATMALAR
1. Har bir tajriba ishini bajarishdan oldin, tayyorlanishi lozim bo’lgan tajriba ishiga oid
mavzular bo’yicha maslahatlar (konsultatsiya) o’tkaziladi.
2. Har
bir tajriba ishi hajmi, uni tayyorlash va bajarish tartibi shunday tuzilganki,
barcha talabalar berilgan topshiriqlarni tayyorlashlari va hisobotlarni o’z vaqtida
topshirishlari
imkoni e
’
tiborga olingan.
3. Talabalar navbatdagi tajriba ishini bajarishga oldindan tayyorlanib boradilar.
4. Talabalar 1000 V gacha bo’lgan tajriba qurilmalarida ishlash uchun texnika
xavfsizligini o’rganishlari majbur.
5. Talaba tajriba ishiga tayyorgarlik ko’rish davrida mazkur ko’rsatma va tavsiya
etilayotgan adabiyotlardan foydalangan holda kerakli nazariy materiallarni o’rganishlari,
zaruriy hisoblashlarni amalga oshirishlari va nazorat savollariga javob berishlari shart.
6. Tayyor bo’lmagan talabalarga tajriba ishlarini bajarishiga ruxsat berilmaydi.
7. Mashg’ulot mobaynida
hisobot topshirmagan talabalar, keyinchalik o’qituvchi
belgilagan vaqtda topshiradilar.
8. Tajriba ishlarini o’z vaqtida topshirmagan talabalar keyinchalik o’qituvchi bilan
vaqtni kelishgan holda topshiradilar.
9. Har bir tajriba ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanadi. Har bir talaba
shaxsiy tarzda hisobot topshiradi. Hisobotni elektron hujjat ko’rinishda
topshirishga ruxsat
etiladi. Hisobotni tayyorlashda tajriba ishini bajarish tartibiga binoan quyidagi ma’lumotlar
bo’lishi kerak:
1. Mavzu
2. Ishdan maqsad
3. Masalaning qo’yilishi
4. Topshiriqqa oid qisqacha nazariy ma’lumot
5.
Masalani yechish algoritmi
6. Dastur kodi
7. Natijaning ekran ko’rinishi
10. Talabalar bilimlari tajriba mashg’uloti va hisobot topshirish mobaynida o’qituvchi
tomonidan tekshiriladi.
11. Hisobot topshirish davrida talaba nazorat savollari orqali aniqlanuvchi hajm
asosida nazariy bilimlarini hamda bajarilayotgan
ishning fizik mohiyati
tushunchasini ko’rsatishi lozim.