Тату фф ходим ва талабаларининг ойлик ва стипендияларининг хисоблашни автоматлаштирилган тизимини яратиш


Style soxasi yordamida tanlash xolatini tanlaymiz. Normal



Download 2,36 Mb.
bet13/18
Sana29.05.2022
Hajmi2,36 Mb.
#618465
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Akbarxon 614-11

Style soxasi yordamida tanlash xolatini tanlaymiz. Normal - cheksiz soxa, Constrained Aspect Ratio - yonlari kursatilgan proportsiyalardagi soxa tanlash, Fixed size - yonlari kursatilgan kattaligidagi soxa tanlash.
Show Slice Numbers - kismlarni nomerlarini ko`rsatish yoki kursatmaslik
Line Color - bulinish chegaralarini rangini uzgartirish
Promote To User Slice - bulinishlarni avtomatik gorizontal va vertikal davomlash
Slice Options tugmasi - bulakchaning xususiyatlarini uzgartirish va sozlash.
III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI.
3.1-§ Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari xaqida qisqacha ma’lumot
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo‘ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarni majmuidir. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining tashkil qilinishi iqtisodiy ob’ektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko‘maklashadi va boshqaruv sifatini ta’minlaydi. Korxonalar, firmalar va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining eng katta samaradorligiga erishiladi(3.1.1-jadval).
3.1.1-jadval. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining komponentalari

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini tashkil qilish tajribasi, muvofiqlashtirilgan usullarni iqtisodiy ish faoliyatiga tadbiq etish, ishlab chiqarish — xo‘jalik jarayonlarining vaziyatlarini shakllantirish, davlat va tijorat tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash boshqaruvda axborot jarayonlari texnologiyasini tubdan o‘zgartiradi. Hozirda boshqaruv faoliyatining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi ko‘plab tashkil qilinmoqda.


Boshqaruv ob’ekti faoliyat yuritishining sohasi bo‘yicha tizimlarning tasnifi ravshan bo‘lgani uchun, quyidagi alomatlarni ko‘rib chiqamiz. Boshqaruv jarayonlarining turlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi quyidagilarga bo‘linadi:
texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi — bu texnologak qurilmalar, dastgoxlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta’minlovchi «inson-mashina» tizimlaridir;
tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi — texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi va korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini birlashtiruvchi ko‘p darajali tizimdan iborat;
tashkiliy boshqaruvning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi uchun iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, xo‘jalik, ijtimoiy-iqtasodiy, vazifaviy jarayonlar ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi, xususan:
a) bank avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
b) fond bozori avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
v) moliya avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
g) sug‘urta avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
d) bojxona xizmati avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
e) statistika avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
j) marketing avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
z) sanoat korxonalari va tashkilotlari avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi (ularda ahamiyati va keng tarqalishi bo‘yicha alohida o‘rinni hisobxona avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi egallaydi) va boshqalar;
ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi — sohalararo hisob-kitoblar va ilmiy tajribalarning yuqori sifati va samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy-matematik usullar bunday tizimlarning uslubiy baza, eng turli-tuman hisoblash texnikasi va tajriba ishlari modellashtirilishini o‘tkazish uchun texnik vositalar — texnik bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Ham tashkiliy-texnologik tizimlar, ham ilmiy tadqiqotlarning tizimlari o‘z konturiga ishlarning loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlarini olishi mumkin;
o‘qituvchi avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilari ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda, turli soha xodimlarini qayta tayyorlashda va malakalarini oshirishda keng tarqalgan.
Tasnifning iqtisodiy informatika fani alomatlari bo‘yicha uch guruh: sohaviy, hududiy va sohalararo avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar ajratiladi. ular bir vaqgning o‘zida tashkiliy boshqaruvning, ammo keyinchalik ierarxiyaning yuqoriroq darajasi tizimlari bo‘ladi:
sohaviy avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar sanoat va agrosanoat majmualari tarmoklarida, qurilishda, transportda faoliyat yuritadi. Bu tizimlar tegishli muassasalarning boshqaruv apparatlariga xizmat ko‘rsatish masalasini hal qiladi;
hududiy avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar ma’muriy-hududiy tumanlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Hududiy tumanlarning
faoliyati mintaqada boshqaruv vazifalarini sifatli
bajarish, hisobotni shakllantirish, mahalliy davlat va xo‘jalik idoralariga tezkor ma’lumotlarni berishga yo‘naltirilgan;
sohalararo avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar milliy iqtisodiyotni boshqarishning xizmat idoralari (bank, moliya, ta’minot, statistika va boshqalar)ning ixtisoslashtiril gan tizimlaridir. O‘z tarkibida qudratli hisoblash texnikalari majmualariga ega bo‘lgani bois, sohalararo ko‘p bosqichli avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar iqtisodiy va xo‘jalik bashoratlari, davlat byudjetini ishlab chiqishni ta’minlaydi, xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlari faoliyati natijalarining nazorati va tartibga solinishi, hamda resurslar mavjudligi va taqsimlanishining nazoratini amalga oshiradi.
Iqtisodiyot va boshqaruv faoliyati sohasida axborotlashtirishning zamonaviy rivojlanishi tashkiliy, texnik va texnologik jarayonlarni hal qilishga yagona yondoshishni talab qiladi. avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi va axborotlashtirish jarayonlarining faoliyat yuritishi va tashkil qilinishining natijalarini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
mutaxassis-insonning axborotlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish tizimida faol ishtirok etishi;
axborot faoliyatini. biznesning turlaridan biri kabi qabul qilish;
aniq iqtisodiy ob’ektda amalga oshirilayotgan jarayonlarning zamonaviy dasturiy-texnik, texnologik platformalarga asoslanganligi;
foydalanuvchilarning talablariga muvofiq axborotlashtirish sohasida ilmiy va amaliy ishlanmalarni yaratish va tadbiq etish;
tashkiliy va vazifaviy o‘zaro hamkorlik, uning matematik modeli, tizimli va dasturiy ta’minlanishini shakllantirish;
boshqaruv sohasida samaradorlikning berilgan mezonlarini hisobga olish bilan aniq amaliy vazifalarni qo‘yish va hal qilish;
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini umumiy maqsadga erishish uchun mutaxassislar, hisoblash vositalari va boshqa texnikalar, matematik usullar, modellar, aniq mahsulotlar, ularning bayoni hamda ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi usul va tartiblarining tashkil qilingan majmui sifatida belgilab, hozirgi kunga qadar mutaxassis-inson amaliy bo‘g‘in va boshqaruvchi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish