Tasviriy san‘atning ta‘lim tizimida tutgan o‘rni reja: kirish asosiy qism I bob tasviriy san‘atning ta‘lim tizimida tutgan o‘rni tasviriy san`at ta`limida qo`llaniladigan didaktik prinsiplar. Tasviriy san`atni o`qitishdagi didaktik prinsiplarning ishlab


Tasviriy san’atni o’qitishdagi didaktik printsiplarning ishlab chiqilishi



Download 87,01 Kb.
bet7/8
Sana18.02.2022
Hajmi87,01 Kb.
#456727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tasviriy san‘atning ta‘lim tizimida tutgan o‘rni

2.3Tasviriy san’atni o’qitishdagi didaktik printsiplarning ishlab chiqilishi.
O‘qitishdagi onglilik prinspi o‘quvchilarning o‘quv ishlarini konkret maqsadlarini aniq tushunishi, o‘rganilayotgan xodisa jarayonlarni va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushungan holda o‘zlashtirib olishini, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilishini taqazo etadi. O‘qitishdagi onglilik o‘quvchilrning o‘qishga ma’suliyatini sezgan holda munosabatda bo‘lishini, o‘quvchining topshiriqlarini o‘z vaqtida aniq, mustaqil va ijodiy ravishda bajarishga harakat qilishga ham yo‘llaydi. O‘quvchilarning aktivligi ularni nazariy materialni egallab olishida va tasviriy san’at xonalarida hamda tabiatni kuzatish natijasida bajargan vazifalarida namoyon bo‘ladi. Aktivlik o‘quvchilarning o‘quv va mehnat faoliyatidagi mustaqilligini rivojlantirish bilan mustahkam bog‘langan. Onglili va aktivlik prinsepini amalga oshirishda o‘quvchilar o‘rganishga kirishgan fan yoki uning bilimining maqsadi hamda vazifalarini ularga ochib berishdan, kasbiy tayyorgarlik uchun uning amaliy ahamiyatini ko‘rsatishdan boshlanadi. Ta’limning samaradorligi o‘qituvchining o‘z amaliy ishida bolalarni tasviriy san’at darslarida izchil va muntazam qiziqtirib borish usullariga juda xam bog‘liqdir. Bilimga qaratilgan jarayonlar etarli darajada aktivlashgan va ruxiy holat aktiv bo‘lgan vaqtdagina o‘quv materialini o‘zlashtirish mumkin. Ruxiy voqelikning oynaviy aksi, emas, balki aktiv ifodasidir. Ruxning faol in’ikosi tashqi 53 omillar ta’sirida paydo bo‘ladi, o‘z moxiyatiga ko‘ra u o‘kuvchi ichki holatining, o‘quvchidagi bilish kuchlari va shaxsiy hislatlarning ifodasidir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchining bilim olishiga bo‘lgan intilishidan foydalanish, unda bilishga qiziqishni shakllantirish va mustahkamlashdir. O‘qituvchining vazifasi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim olishidagi umumiy aktivligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni tasviriy san’atga ijodiy munosabatda bo‘lishiga mustaqillikka va ishchanlikka odatlantirishdir. O‘qituvchi bolalarning aktivligini oshirish uchun kerakli savollar berishi zarur. SHu bilan birga, bolalarni sistemali mustaqil ishlashga o‘rgatish kerak. Uyga beriladigan vazifa hamda darsdagi topshiriq harakterga jihatdan har xil bo‘lishi mumkin, naturadan faqat qalam bilan chizish, yoki bo‘lmasa akvarel guash bo‘yoqlari bilan yorug‘lik va soyalar yordamida chizib, o‘quvchilar to‘g‘ri bo‘yash yoki shtrixovka bilan ifodalashga harakat qiladilar, har biri mustaqil va aql bilan ishlaydi. O‘quvchining vazifasi - o‘quvchining fikr yuritishi va rivojlantirishini qo‘llab-quvvatlab kuzatib borishdir. O‘quvchi faqat og‘zaki tushuntirib, ko‘rsatibgina qolmay o‘quvchilar bilan bir-birini tushunishga, qiziqtirishga intilishi kerak. SHu ikki momentning qo‘shilishi murakkab jarayon hosil qiladi. bu esa o‘qituvchidan katta tajriba talab qiladi. Ta’limda onglilik prinsipi, dastavval, aqliy fikr qilish faoliyatidagi aktivlikka bog‘likdir. Tafakkur qilish borasidagi esa bayon qilinayotgan o‘quv materiallari yoki tevarak atrofni o‘rab olgan borliqdagi narsa, xodisa, voqealar ustida fikr qilishdir. Aktiv fikrlashda, ya’ni taqqoslash analiz va sintez qilish faoliyatini aktivashtirishga qaratilgan bo‘lmog‘i zarur. O‘qituvchi tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarni darsda tmasiga faollashtirish uchun dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati va uni chizish qoidalarini tushuntirish zarur. Ba’zida o‘qituvchilar o‘quvchilarni faollashtirish uchun ularga dars mavzusi yuzasidan savollar berib, unga berilgan javoblarni to‘ldirish kabi vositalaridan ham foydalandilar. 54 O‘quvchilar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda bajarayotgan ishlari vositasida bilimga, malaka ijodiy ko‘nikmaga ega bo‘ladilar, o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning mustaqil ishlariga yordam berishi, rag‘barlantirish metodi asosida yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida ko‘rsatish, ularni o‘z kuchlariga ishonchini musahkamlash kabi vazifa yuklanadi. Tasviriy san’atdan suhbat darslarida o‘quvchilar kinofilmlarda tasviriy san’at namoyondalarining hayoti va ularning yaratgan asarlari bilan batafsil tanishadilar. Bunda natura predmetlari konstruktiv jihatdan ko‘rilishi, perespektiva rangshunoslik kabilarga oid ko‘rgazmali qurollar bilan bir qatorda ko‘rsatilishi mumkin. Darsda texnika vositalaridan foydalanish o‘quvchilarni dars mavzusi va texnika vositalariga bo‘lgan malakalarini oshirish. O‘quvchilarga puxta bilim berishda ularning o‘z ish joylarini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi yil davomida o‘quvchi, yoshlarni sistematik ravishda ularni darsga tayyorgarliklarini kuzatib boradi. Talabalarning darsga tayyorgarliklarini doim kuzatib boradi. Talabalar o‘quv qurollarini doim darsga olib kelishlari o‘qtirildi. Faollik, mustaqillik prinsipi. O‘qitish faolitida faollik va mustaqillik muhim o‘rinlardan hisoblanadi. Tasviriy san’at ta’limda bu qonun hisoblanadi. Tushunish borasining o‘zi ham onglilik, faollik, «mustaqillik» kabilardan tashkil topadi. Bular bir birlari bilan chambarchas bog‘lik bo‘lib onglilik o‘z vaqtida o‘quvchi, yoshlardan faollikni talab qiladi, shunga ko‘ra ko‘pchilik mutaxassislar amaliy mashg‘ulotlarda faollik va mustaqillik muhim deb hisoblaydilar. Tasviriy san’at darslarida talabalarni dars mavzusi va uning ahamiyati, chizish yo‘llari, perespektiv qoidalari bilan tanishtirib, tushuntirib borish kerak bo‘ladi. O‘quvchi, yoshlar mustaqil ishlarda albatta bilim malakalariga ega bo‘lishilari, mustakil ishlarda ularga alohida, alohida yordam berib va turli ishlarda 55 bilim, yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib talabalarini o‘z kuchlariga qarab bilimli qilish va olgan bilimlarini amalda qo‘llash kabilarga chorlab borish kerak va zarurdir.
Xulosa
O’qitishni faollashtirish uchun o’quvchilarni muntazam va maqsadga muvofiq ravishda rag’batlantirish ham muhim ahamiyatga ega. Yaxshi ishlarni butun sinfga ko’rsatish yoki ularni maktab ko’rgazmasiga tavsiya etish, o’z kuchiga ishontirish, ob’ektiv tanqid, turli xildagi yordamlar orqali o’quvchilarni rag’batlantirish mumkin.
O’qituvchining tajriba va bilimi kuchli o’quvchining mustaqil faoliyatiga qaratilgan bo’lishi kerak. Bolalarga ishora, yordamchi savol, ish yo’nalishi va kamchiliklarini ko’rsatish orqali yordam berish kerak.
Boshqa fanlarda bo’lganidek, tasviriy san’at darslarida ham materiallarni muntazam va ketma-ket bayon etish printsipi muhim ahamiyatga ega. Bu printsip butun kurs davomida o’quv materiallarini mantiqan izchil joylashishini va har bir mavzu oldindan olingan bilim, malaka va tajribalarga suyangan holda, yangi materiallarni o’tilganlar bilan bog’lab bayon eьtilishi lozimligini nazarda tutadi.
Amaldagi tasviriy san’atdan davlat ta’lim standarti materiallarni bayon etishning faqat ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirishnigina emas, balki uning muntazam bo’lishligini ham nazarda tutadi.
Ba’zan shunday hollar ham bo’ladiki, bunda o’qituvchilar bilim berishning bu muhim printsipini to’g’ri baholay olmaydilar. O’quvchilarga berilayotgan vazifalarda bolalarning ilgari olgan bilim va malakalari hisobga olinmaydi. Natijada ular berilgan vazifani uddalay olmaydilar. SHuning uchun ish rejalarini shunday tuzish kerakki, o’quvchilar har bir darsda yangidan yangi masalalarni hal etsinlar. Lekin, yangi materiallarni o’quvchilar o’tilgan materiallarni o’zlashtirib va mustahkamlab olganlaridan so’nggina berish lozimligini hisobga olish lozim.
Narsaning o’ziga qarab rasm chizish darslarini kompozitsiya darslari bilan, san’atshunoslik asoslari darslarini narsaning o’ziga qarab, kompozitsiya darslari bilan bemalol bog’lash mumkin. Tasviriy san’at darslarining har bir turini o’zaro bog’liqlikda amalga oshirish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bir o’quv fanining boshqa o’quv fanlari bilan aloqasi tasviriy san’atni o’qitishda yagona tizimni tashkil etish imkonini beradi. Ayrim hollarda shunday bo’ladiki, hamma mavzular ham o’tilgan materiallar bilan bog’lanavermaydi. Bu o’qituvchidan o’quv materiallarini chuqur o’rganishni, natura uchun buyumlarni, suvratlar, reproduktsiyalar, slaydlar va boshqa ko’rgazmalarni tanlashga jiddiy munosabatda bo’lishlikni talab etadi.
Masalaga bunday yondashilganda materiallarni bayon etishda parallelizm va qaytarilishlarga yo’l qo’yilmaydi. Masalan, pedagog taqvimiy yillik mavzularni rejalashtirganda o’quvchilarning rangshunoslikdan oladigan bilimlari quyidagicha ketma-ketlikda bo’lishi mumkin: asosiy va hosila ranglar, hosila ranglarni hosil qilish, ranglar kontrastligi, qonunlari, iliq va sovuq ranglar, atrof-muhitni ranglar ta’sirida o’zgarishi, murakkab hosila ranglar, rang va yorug’lik, buyumlar rangini uning foni bilan aloqasi, havo perspektivasi va boshqalar.
Tasviriy san’atni o’qitishda nazariy materiallarni amaliy materiallar bilan bog’liqligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi bolalarning tasviriy faoliyatida, dars jarayonida, to’garak mashg’ulotlarida, jamoa ishlarida, ya’ni devoriy gazetalar chiqarish, alьbom bezash va shu kabilar orqali amalga oshiriladi. SHuningdek, tasviriy san’at janrlari yuzasidan nazariy mashg’ulotlardan so’ng ana shu janrlarda amaliy mashg’ulotlarni o’tkazilishi, o’tilganlarni mustahkamlash, yangisini oson o’zlashtirish imkonini beradi.
O’qitishning o’quvchilar yoshiga va kuchiga mos bo’lishi printsipi berilayotgan bilimlar yoki ular o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materiallarni murakkablik darajasini bolalar yoshiga va kuchiga mos bo’lishini nazarda tutadi.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ayrim o’qituvchilar 5-7 sinflarda ham to’rtburchak, doira shaklidagi naqshlar ishlashni davom ettiradilar. Bu topshiriqlar 3-4 sinflardagi vazifalardan deyarli farq qilmaydi. Bulardan tashqari, o’quvchilarga doskaga chizilgan tayyor naqshdan nusxa ko’chirish tavsiya etiladi. Bundan, ular beriladigan topshiriqlarning bolalarga oson bo’lishiligini nazarda tutadilar. Lekin, topshiriqlarning o’ta jo’n bo’lishi ham yaxshi emas, ular birinchidan bolalarning mustaqil fikrlashlarini susaytirsa, ikkinchi tomondan ulardagi rivojlanishni to’xtatadi.
Ma’lumki, o’quvchilar harakat va qobiliyat jihatidan bir-birlaridan farq qiladilar. Bu vaziyat o’qituvchidan o’quvchilar bilan yakkama-yakka ish olib borishni talab qiladi, ya’ni o’qituvchi bolalarni bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda ularga turlicha murakkablikdagi vazifalarni ishlab chiqadi, ularning tasviriy ishlarini to’g’rilashga ba’zi nazariy va amaliy vazifalarni tushintirish maqsadida doskada rasm ishlab ko’rsatishiga to’g’ri keladi.
O’qitishning o’quvchilar yoshiga maosligi printsipi qadimdan qo’llanib kelingan. Bunda, yaqindan uzoqqa, ma’lumdan noma’lumga, oddiydan murakkabga,osondan qiyinga, konkretlikdan abstraktlikka printsiplariga asoslaniladi. Pedagogikada bu printsip qadimdan tajribadan o’tganligi sababli o’qituvchini o’z faoliyatida shu yo’ldan borishi ko’zlangan maqsadga erishuviga asos bo’ladi. Kezi kelganda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, hamma oson narsalar ham bolalarga tushunarli bo’lavermaydi va aksincha murakkab materiallar tushunarli bo’lishi ham mumkin. Bunda o’quvchilarning yoshi, pedagogik-psixologik xususiyati, bilim darajasi, tayyorgarligi, qobiliyati muhim rol o’ynaydi. Masalan, tasviriy san’atni o’qitishda yaqindan uzoqqa borish printsipida ish tutish maqsadida o’qituvchi avval bolalarga yaqin bo’lgan o’zbek xalqining tabiati, turmushi, mehnatini tasvirlovchi O’zbekiston rassomlari asarlarini, so’ngra O’rta Osiyo, SHarq, Yevropa mamlakatlari san’atini o’rgatadi.
Yuqoridagi fikrlardan maktabda tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida didaktik printsiplarga rioya qilishning nihoyatda muhimligini sezib olish qiyin emas. Didaktik printsiplar o’quvchilarning badiiy ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishiga shart-sharoitlarni yaratadi.

Download 87,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish