1.3 Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi. Ilmiylik prinsipi.Ko`rgazmalilik prinsipi.Onglilik va faollik prinsipi
Tabiiy ko`rgazmali qurollar. 2. Tasviriy ko`rgazmali qurollar.
Tabiiy ko`rgazmali qurollarga shakli, rangi, tuzilishi tabiiy bo`lgan buyumlar (meva va sabzavotlar, turmush buyumlari, o`quv qurollari, amaliy san`at buyumlari va H.k.)ni kiritish mumkin.
Tasviriy ko`rgazmali qurollarga rasmlar, tablitsalar, Hayvon va qushlarning tulumlari, suratlarning reproduksiyalari, geometrik gipsli shakllar, pedagogik rasmlar, fotografiya va boshqa sun`iy usul bilan tayyorlangan tasviriy vositalar kiradi. Sanab o`tilgan ko`rgazmali qurollar quyidagicha guruHlanadi:
1. MeHnat va turmush buyumlari. Bu guruHga geometrik shakllar, sabzovotlar, mevalar, qushlar, Hayvonlar, gullar va o`simliklar, amaliy san`at buyumlari.
2. Buyumlarning tuzilishi, perspektiva qonunlari, yorug`-soya, rangshunoslik, dekorativ stilizatsiyaga doir, geometrik shakldagi simdan yasalgan modellar, vidoiskatel va boshqa ko`rgazmalar.
3. Rasmlar va tablitsalar. Unda rasm va naqsh chizishdagi ketma-ketlilik, atrof-muHitning perspektiv ko`rinishlari, amaliy san`at asarlarining tasvirlari.
4. Rassomlar asarlarining reproduksiyalari, amaliy san`at asarlarining tasvirlari. Bunday ko`rgazmali qurollar yordamida yorug`-soya va rangshunoslik, kompozitsiya qonunlari tushunitiriladi.
5. Bolalarga naturani chizishda ketma-ketlilikni, Har xil eksponatlar bilan ishlash uslubini, buyumlarning qurilishini, tasvirlanayotgan predmetlar va ob`ektlarning fazoviy Holatini ko`rsatuvchi pedagogik rasmlar va boshqalar.
6. Namoyish qilinadigan ko`rgazmali qurolar (diapozitivlar, diafilmlar, slaydalar, kinofilmlar). Bular orqali o`quvchilar turli rassomlar, xalq amaliy san`ati ustalari bilan, tasviriy san`at asarlarini yaratish texnikasi va texnologiyasi bilan tanishadilar.
Ayrim o`qituvchilar ko`rgazmalilikning rolini noto`g`ri baHolab, bu masalada qo`pol xatoga yo`l qo`yadilar. Ular ko`p Hollarda ko`rgazmali qurolning mavjud emasligidan yoki ularning rolini noto`g`ri tushunganliklaridan o`quvchilarga turmushda uchraydigan buyumlar, o`simliklarning rasmini xotiradan tasvirlashni vazifa qilib beradilar. Xotiradan rasm chizishni suiste`mol qilish, atrof-muHitdagi buyumlarning shakli, tuzilishi, rangi, yorug`soyasini noto`g`ri idrok qilishga olib keladi.
Har qanday turdagi narsaning o`ziga qarab rasmini chizish, kompozitsiya, san`atshunoslik asoslari darslarida va sinfdan tashqari ishlarda ko`rgazmalilik o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Ilyustrativ rasm ishlash darslarida badiiy asar mazmuni bilan bog`liq o`sha davr kishilarining Hayoti va meHnati, tabiat va me`morchilik ko`rinishlari, shuningdek mavzu bilan bog`liq tabiat ob`ektlarini kuzatishga aloqador bo`lgan ko`rgazmali qurollar namoyish etiladi.
Dekorativ kompozitsiya darslarida ko`rgazmalilikdan turli yo`nalishlarda foydalaniladi. Masalan, “Navro`z” bayrami uchun taklifnoma bezak eskizini ishlash darsida shu mavzulardagi otkritkalar ko`rgazma vazifasini o`taydi. SHuningdek, choynak va dozmol tagliklarining badiiy eskizini tuzish darslari uchun choynak, dazmol va turli xil tagliklar ko`rgazma bo`lib Hisoblanadi.
San`atshunoslik asoslari darslarida rassomlar asarlarining reproduksiyalari yoki diapozitivlari, slayda, diafilm, kinofilmlar namoyish etiladiki, ularsiz san`at asarlari Haqida fikr yuritish qiyin. SHuningdek, san`at asarlarining reproduksiyalari, rasm chizishdagi ketma-ketlilikni ko`rsatuvchi rasm-sxemalar, rangshunoslik, yorug`soya, kompozitsiya va perspektiva yuzasidan tablitsalarni ko`rsatilishi, o`qitishda texnika vositalaridan foydalanish va boshqalar Ham ko`rgazmalilikning samarali shakllaridan Hisoblanadi.
Pedagogik rasm chizishning keng tarqalgan turi o`qituvchining doskada yoki qog`ozda rasm chizib ko`rsatishi Hisoblanadi va u bolalarga amaliy yordam berishda qo`l keladi.
Pedagogik rasmning qiymati shundaki, u bevosita o`quvchilarning ko`z o`ngida bajariladi. U o`qituvchining fikrlarini o`quvchilarga oson va sodda qilib etkazishda yordam beradi.
Doskadagi rasm o`qituvchining asosiy g`oya va fikrlarini o`zida aks ettirishi lozim. Tasodifiy va ikkinchi darajali rasmlarga sinf doskasida o`rin bo`lmasligi kerak.
Doskada rasm chizish Hamma o`qituvchilarning Ham (Hattoki tajribali va ma`lumotli o`qituvchining Ham) qo`lidan kelavermaydi. U o`qituvchidan ma`lum tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyorgarlik esa aloHida mashqlarni bajarishni nazarda tutadi.
Tasviriy san`atni o`qitish metodikasiga doir ko`rgazmali qurollar etarli bo`lmagan Hollarda ularni o`qituvchilarning o`zlari tayyorlashlariga to`g`ri keladi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, Hamma ko`rgazmali qurollar Ham foydali bo`lavermaydi, ba`zan ayrim ko`rgazmali qurollar o`quv va tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatishi Ham mumkin.
O`qituvchi ko`rgazmali quroldan foydalanish me`yorini bilgandagina u ijobiy natijaga erishishi mumkin. Ko`rgazmali materiallarning Haddan tashqari ko`p bo`lishligi o`quvchilar diqqatini asosiy masaladan chalg`itadi va natijada asosiy narsa e`tibordan chetda qolishi mumkin. Ko`rgazmalilikning etarli bo`lmasligi esa o`qituvchi tomonidan fikrni chala va yuzaki bo`lishgiga olib keladi.
Ko`rgazmali quroldan foydalanish masalalari o`qituvchining nutqi bilan Ham bog`liq. Nutq va ko`rgazmalilikning uyg`unligi ikki jiHatdan foydali bo`lishi ish joyda ko`rinadi. CHunonchi, birinchidan, o`qituvchining nutqi ko`rgazmalilikka ko`maklashsa, ikkinchidan ko`rgazmalilik o`qituvchi nutqiga ko`maklashadi.
Tasviriy san`atni o`qitishda, ayniqsa narsaning o`ziga qarab rasm ishlash va san`atshunoslik asoslari darslarida ikkinchi yo`l ko`proq qo`llaniladi.
Agar ko`rgazmalilikning birinchi yo`li bilim, qonun va tushunchalarni o`zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi yo`li pedagogga bu qonun-qoidalarni, atrof-muHitdagi Hodisalarni isbotlashda o`qituvchiga ko`maklashadi. O`qituvchining so`zi sinfda zaruriy muHit Hosil qilishda, o`qituvchilarning ijodiy faoliyatini oshirishda aloHida aHamiyat kasb etadi. SHuning uchun o`qituvchining nutqi ravon, tushunarli va ma`noli bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |