Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

zarurdir.
Hayotiy zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalami shakllantirish 
maqsadi bo‘lgan tarbiya jarayoni konkret vaziyatlar sharoitida olib 
borilishi zarur. Ko‘nikmalar odatga aylangandagina o ‘qitish 
yakunlangan hisoblanadi. Aytib o‘tilgandan kelib chiqib ogir orqada 
qolganlar bilan olib boriladigan ish ma’nosiz mashqlardan iborat 
deb bo‘lmaydi. Maxsus ta’lim jarayonida bunday bolalaming barcha
213


psixik jarayonlari rivojlanadi va nuqsonlari qisman korreksiyalanadi. 
Ogir intellektual buzilishi bo‘lgan bolaga ta’lim berish jarayoni uning 
bilish faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishi zarur. Bunday 
bolaning xulqi adekvatligi va hayotga moslanuvchanligi uning 
motorikasi, nutqi, bilim va ko‘nikmalarga egaligi bilan aniqlanadi. 
Shunday qilib bolani rivojlantirish jarayonlari va uni hayotiy 
vaziyatlarga moslashtirish mashqlari bir-biri bilan bogliqdir.
0 ‘qituvchi har bir darsni rejalashtirishda bolada aqliy faoliyat, 
ya’ni buyum namunasini tahlil qilish, ish tartibi va usullarini aniq- 
lash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, berilgan ko‘rsatmalami tushuntirish 
kabilami shakllanishiga; fikrlash jarayonlarining tahlili, taqqoslash, 
xulosa chiqarish, predmetlar va tevarak atrofdagi hodisaiar orasidagi 
aloqani tushunish, nutqni rivojlantiruvchi maxsus atamalami 
o ‘zlashtirish, savolga to‘g‘ri va to‘liq javob berish va bajarilgan ish 
haqida hisobot berishni o‘rgatishga ahamiyat berish kerak.
Ta’limning korreksion-tarbiyaviy xarakterli aqli zaif bolalarda 
hissiy-iroda sohasini rivojlantirishni va ulami ijtimoiy hayotga mos- 
lashishi uchun zarur boigan shaxs xususiyatlarini shakllantirishni 
ham ko‘zda tutadi.
Darhaqiqat tadqiqotchilik badiiy dasturi ko‘radigan, qiziquv- 
chan kattalaming ko‘zini ochdi, qachonki u bolalar olamini 
kengaytirdi (DVD 15.9). Bu bizga imkoniyati cheklangan bolalar- 
ning ijodiy salohiyati va kutilmaganda o‘sish (yuksalish) uchun 
katta imkoniyatlari haqida ko‘proq bilim berdi. Bundan tashqari, 
bizni qo‘rqoqlar sifatida kamsitmadi; ular asosli va konstruktiv 
javob berdi. Biz ayrim bolalami ulaming birinchi “qarshi” fikrida -
yangi materiallar, badiiy, hatto noyob go‘zal!ikka ega bo‘lgan ishlari 
bilan ko‘rdik.18
Aqli zaif o‘quvchilar orasida ko‘pincha fikrlash jarayonlari 
tormozlangan (sekinlashgan) bolalar uchraydi. Ular qiyinchilik bilan 
ishga kirishadilar, tashabbus ko‘rsatmaydilar, topshiriqlami sekin 
bajaradilar, ba’zan esa o‘quv jarayonidan butunlay chiqib ketadilar. 
Bunday o‘quvchilami ushbu holatdan chiqarish, ularga tez-tez savol 
va topshiriqlar berib turish lozim. Ularga xom ashyo va asboblami 
tarqatish, yig'ib olish kabi topshiriqlami berish juda katta foyda
11J. A Rubin Bolalar art terapiyasi 2012.272-278 bctlar
214


beradi. Ish davomida bunday bolalami oldiga tez-tez borish, 
ulaming faoliyatini oshiruvchi savol va ko‘rsatmalar bilan murojaat 
etib turish lozim.
Nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligi 
natijasida aqli zaiflikning yengil darajasidagi bolalaming xulq- 
atvorida ham bir qator kamchilikJar kuzatiladi. Qo‘zgalish va 
tormozlanish o‘rtasidagi muvozanat buzilganligi tufayli ayrim oli- 
gofren bolalar haddan tashqari jonsarak, serharakat, sho‘x bo‘ladilar 
va tormozlanish jarayoni ustun turgan bolalarda esa, aksincha, 
passivlik, bo‘shanglik, beparvolik, qech narsaga qiziqmaslik kuza­
tiladi va hokazo.
Aqli zaif bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, 
xatti-harakatlami vaziyatga qarab, adekvat o‘zgartira olmaydilar. 
Ularda o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat 
birmuncha sust boiadi. Yuqorida ko‘rsatilgan bir qator kamchilik- 
larga qaramay, Aqli zaif bolalar bilan to‘gri tashkil etilgan maxsus 
ta’lim-tarbiya ishlari natijasida korreksion pedagoglar ulami 
mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga o‘rgatish borasida katta 
yutuqlarga erishmogdalar. Maxsus yordamchi maktablarida ta’lim- 
tarbiya olib chiqqan bolalar hayotda o‘z o‘mini topib, sanoat hamda 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning turli sohalarida, maishiy 
xizmat sohasida faol mehnat qilib yashamoqdalar.Tarbiyachi va 
o‘qituvchilaming muhim vazifasi oligofren bolalami boshqa alohida 
yordamga muhtoj bolalardan ajratib, ulami iloji boricha ertaroq 
tegishli muassasalarda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlab berishadi.
Yordamchi maktabda o‘quvchilar orasida qarama-qarshi tipdagi 
qo‘zg‘aluvchan: haddan tashqari qo‘zg‘aluvchan, impulsiv bolalar 
uchraydi. 0 ‘qituvchi bunday bolalarga biror vazifa bersa, ular 
o‘ylab ham ko‘rmasdan, shu zahotiyoq uni bajarishga kirishadilar. 
Shuning uchun ulaming faoliyatlari tartibsiz va maqsadga muvofiq 
bo‘lmaydi.
Bunday bolalar bilan ish olib borishdagi eng asosiy vazifa -
ulaming shoshqaloqliklarini bartaraf etish va o‘z harakatlarini 
oldindan o'ylab ish ko‘rish malakalarini shakllantirishdir. Ushbu 
tipdagi bolalar bilan individual ish olib borganda sabr va toqatli 
bo‘lish lozim.
215


Pedagog bolalaming mehnat faoliyatlarini tizimi ravishda diqqat 
bilan kuzatib borishi, har bir bolaning kuchli va kuchsiz taraflami 
aniqlab, shu asosda aniq qarorlami qabul qilishi kerak.
Individual yondashuvning asosiy maqsadlaridan biri - har bir 
o‘quvchini frontal mashg‘ulotda uzoqroq va muvaffaqqiyatli ishti- 
rok etishga tayyorlashdir. Busiz sinf yagona bolalar jamoasi sifatida 
faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ammo frontal ish, albatta, o‘qituvehi 
mavjud imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi differensial yondashuv 
bilan birga olib borilishi shart.
Tushunarlilik tamoyil-bu o‘quv materialini faqatgina o‘quv- 
chilaming yoshi, rivojlanish darajasi, tayyorgarligiga emas, balki har 
bir bolaning individual xususiyatlariga ham mos kelishidir. Ushbu 
tamoyil frontal ish ahamiyatini pasaytirmaydi, ammo o‘quv jarayo­
nida bolalaming individual xususiyatlarini qat’iy nazorat qilishni 
talab etadi. Buning uchun har bir o‘quvchini juda yaxshi bilish lozim.
Oligofrenopedagogika aqli zaif o‘quvchilaming bilish faoli- 
yatini rivojlanishnini sekinlashtiradigan formal ravishda mashq 
qildirishga asoslangan ta’lim tamoyillarini rad etib, ta’limda ongli 
o‘zlashtirish tamoyiliga tayanishni talab etadi.
Oligofrenopedagogika aqli zaif o‘quvchilaming formal ravishda 
mashq qildirish asosida o‘qitish konsepsiyasini qat’iyan rad etadi. 
Aqli zaif o‘quvchilar o‘z bilimlarini aniq amaliy-hayotiy holatlarda 
tadbiq eta olishlari lozim. 0 ‘quvchilar o‘quv materialini mexanik 
tarzda yodlab olmasdan, ulami ongli, maqsadga muvofiq ravishda 
o‘zlashtirib olishlari kerak. Shu orqali o‘qituvchi-defektolog 
yordamchi maktabning asosiy vazifasi bo‘lgan, ya’ni aqli zaif bolani 
maktabni bitirgandan so‘ng ijtimoiy hayotga, mehnatga moslashish 
va ishlab chiqarishga tayyorlashni amalga oshiradi.
Onglilik ushbu tamoyil yordamchi maktab ta’lim-tarbiyaviy 
muhitining barcha taraflarini qamrab oladi va o ‘z ichiga quyi- 
dagilarini kiritadi:
a) aqli zaif bolaning mehnat faoliyatiga boigan ongli va faol 
munosabati;
b) o‘rganilayotgan materialni tushunish va uni og‘zaki nutqda 
bayon eta olish;
d) mehnat uslublarini ongli o‘zlashtirish va ulami amaliyotda 
qo‘llay olishni o ‘z ichiga oladi.
216


Aqli zaif o‘quvchilarda intilish, xohish rivojlanmagan va qat’iy 
boMmaydi. Shuning uchun bolalarga maxsus sharoitlar yaratish 
kerakki, ulami o‘zi qiziqib, berilgan vazifalami bajarishga intilsin. 
Shu maqsadda qo‘l mehnati darslariga o‘yin mehnatlari, turli xil 
musobaqalar kiritiladi. Bunga qatorlar, brigadalar orasidagi 
musobaqalami kiritish mumkin. (masalan: qaysi qator yoki brigada 
buyumni birinchi bo‘lib ozoda qilib tayyorlaydi va boshqalar).
Mehnat darslarining rivojlantiruvchi ahamiyati bolalarga o‘z ish 
joylarini tanlash, ishni rejalashtirish uni mustaqil bajarish, kerakli 
xomashyo va asboblami tanlay olishni o‘rgatish orqali yanada ortadi.
Qo‘l mehnati darslarida o‘quvchilarda mustaqillikni shakllan- 
timvchi maxsus tizimni qo‘llash, keyinchalik ularda mehnat ta’li- 
miga tayyorgarliklari darajasini yanada oshirishga yordam beradi.
Tizimlilik va ketma-ketlilik tamoyili o‘quv materialini dasturda 
joylashtirilishi, mazmuni o‘zaro bog‘liqligini nazarda tutish bilan 
cheklanib qolmasligi lozim. Shuningdek, mehnat jarayonlari manti- 
g‘idan kelib chiqqan holda o‘quvchi va o‘qituvchi xatti-harakat- 
larining ketma-ketligining to‘g‘riligiga ham e’tibor berish zarur.
Aqli zaif o‘quvchilar fikrlashni va amaliy operatsiyalami faqat 
sodda buyumlar orqali bajara olishlari mumkin. Agarda buyumlami 
tayyorlash jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo‘lsa, ular bu 
vazifani bajara olmaydilar. Shuning uchun har bir darsda bir-ikki 
bosqichdan ortiqroq ish bajarilmasligi va ular qat’iy tartibda 
oddiydan murakkabga qarab borishi lozim.
Mustaqil o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchilarga yordamchi 
maktabni tugallagandan so‘ng hayotga oson moslashib ketish 
imkonini beradi. Bunday bolalar bilan olib boriladigan maqsadga 
yo‘naltirishgan korreksion-tarbiyaviy ish qancha erta boshlansa, 
shuncha bu bolalaming umumiy ish qobiliyati, jismoniy va aqliy 
qobiliyatlari ortib boradi. Bilimlami o‘zlashtirish butun o‘quv 
jarayonida mustahkamlanib borilishi lozim.
0 ‘quv materialini yaxshiroq va mustahkamroq o‘zlashtirilishi 
uchun yangi material turli holatlarda va turli usullarda takrorlanib, 
uning mazmuniga yangiliklar kiritib borilishi lozim. Yordamchi 
maktab o‘qituvchisi bolaga butun ish jarayonini bosqichlarga, bos- 
qichlami alohida operatsiyalarga, operatsiyalaming o‘zini ham 
ma’lum qismlarga bo‘lib bajarishni o‘rgatishi va ular orasidagi
217


bog‘liqlikni ko‘rsata olishi kerak. Aqli zaif bolalar uchun buyum- 
!ami tayyorlashda ishning natijasini o‘zini emas, balki ishni bajarish 
tartibini eslab qolish katta ahamiyatga egadir.
Yordamchi maktabda xuddi ommaviy maktabdagi singari 
quyidagi ta’lim metodlaridan foydalaniladi: hikoya, suhbat, 
ko‘rgazmalilik, mustaqil kuzatishlar. mashqlar, ekskursiyalar, kitob 
va didaktik materiallar bilan ishlash.
Qo‘l mehnati darslarida umumfoydalaniladigan metodlar uch 
guruhga ajratiladi:
1-og‘zaki - hikoya, ko‘rsatma berish, suhbat.
2-ko‘rgazmali - turli xil ko‘rgazmali qurollar, mehnat usullarini 
namoyish etish, UTV.
3-amaliy-laborator ishlar, kuzatuvlar, mustaqil ishlar, yozma 
ishlar.
Faqatgina amaliy metodlarga tayanish o‘quvchilarda harakat- 
lami ongsiz ravishda o‘zlashtirishga olib keladi. Shuning uchun qo‘l 
mehnati darslarida bilim berish vositalarini og‘zaki, ko‘rgazmali va 
amaliy usullami birlashtirgan holda olib borish lozim.
Nazariyaning amaliyot bilan bog‘likligi tamoyili. Mehnat dars­
larining o‘ziga xususiyati - bu darslami sof nazariy va sof amaliy 
darslarga bo‘la olmasligimizda namoyon bo‘ladi. Nazariy bilimlar 
o‘quvchilarga ma’lum bir tartibda, har bir mavzudan so‘ng uni amaliy 
tarzda mustahkamlagan holda berib boriladi. Xuddi shu yo‘sinda, 
ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda va mehnat mashg‘ulotlarida naza­
riyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyilini amalga oshirish uchun 
juda yaxshi sharoitlar yaratiladi. Chunki butun nazariy material o‘quv- 
chilarga amaliy vazifalami to‘g‘ri bajarishlariga yo'llanma beradi.
Boshqa tarafdan esa, o‘quvchilar mehnat bo‘yicha amaliy 
ko'nikma va malakalami egallash davomida, turli matolar va xom 
ashyolaming xususiyatlari, tarkibi turli asboblami tuzilishi haqidagi 
nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Ushbu bilimlar amaliyotda 
qoilanishi natijasida ular hayotiy ahamiyat kasb etib boradi.
O'qituvchi mashg‘ulotini shunday tashkil etishi kerakki, unda 
o‘quvchilar mehnat malakalarini bilimga tayanmagan holda 
mexanik taqlid qilish orqali o‘zlashtirishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
218


Nazariyaning amaliyot bilan bog‘likligi tamoyili amalga oshi- 
rish davomida o‘qituvchi o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirilishi va 
o‘quvchilami mehnat faoliyatiga psixologik tayyorlashga erishadi.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish