Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Adabiyotlar:
1. H.A. Грицук, A.P. Киселева” Преподавание изобра­
зительного искусства в школе для детей с нарушениями слуха”. 
Учебное пособие Минск-2006.14-58стр.,64-128стр.
2. Головкина Т.Н.«Изобразительная деятельность учащихся 
вспомогательной школы».М.:“Педагогика”, 1997 г. 69-81стр.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining o‘ziga xos
xususiyatlari
Inson va atrof muhit doimiy ravishda aloqada bo‘lib, u ko‘rish, 
eshitish, teri, ta’m, hid bilish, harakat analizatorlari orqali amalga 
oshiriladi. Eshitish analizatori insonning barcha a’zolari ichida eng 
ahamiyatlilaridan sanalib, uning asosiy vazifasi nutqni idrok 
qilishdan iboratdir. To‘laqonli eshitish nutq shakllanishining omili 
sanaladi. Nutq orqali esa insonning so‘z-mantiqiy tafakkuri, umu­
miy va ruhiy rivojlanishi sodir bo‘ladi. Moddiy dunyodagi narsa va 
hodisalar ongimizda aks etib, bular so‘z shaklida ifodalanadi, til 
hodisalari vositasida namoyon bo‘ladi. Inson o‘zi ko‘rgan va 
ta’sirlangan buyum va hodisalami so‘z yordamida nomlab, 
mazmuni haqidagi taassurotlarini obrazlar, fikrlar, tushunchalar, 
tasawurlar ko‘rinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Har qanday buyum, hodisaning miyada aks etishi va ongda 
mustahkam o‘mashib qolishida nutq yetakchi vosita hisoblanadi. 
Shuningdek, u tafakkur quroli, muloqot jarayonida fikmi ifodalash, 
biror narsani bildirish, anglatish va ta’sir ko‘rsatish quroli bo‘lib
136


ham xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutqiy rivojlanish zamirida 
paydo bo‘lishi sababli u inson tafakkurining rivojlanish darajasini 
belgilab beradi.
Eshitish idrokining buzilishi oqibatida insonning nutqni egallay 
olmasligi, shu bois jamiyat a’zolaridan yakkalanib qolishi uning 
ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishida qator muammolami yuzaga 
keltiradi. Bular o‘zaro bir-biriga tobe boMgan turli sabablarga 
bog‘liq bo‘lib, bu xususda L.S.Vigotskiy: «Ijtimoiy tarbiya nutqning 
rivojlanmaganligiga, nutqning rivojlanmasligi jamoa (kollektiv)dan 
yakkalanib qolishga, jamoa(kollektiv)dan ajralib qolish esa, o‘z 
navbatida, ijtimoiy tarbiya hamda nutqning rivojlanishini tormoz- 
laydi», - deydi. Me’yorida rivojlanayotgan bolalar nutqining rivoj- 
lanishi yuzasidan psixolog olimlardan A.N.Gvozdev, D.B.Elkonin, 
A.N.Sokolov, L.S.Vigotskiy, E.G‘oziyev samarali ilmiy izlanishlar 
olib borganlar.
Ma’lumki, bola tug‘ilgan daqiqadan e’tiboran ovoz chiqaradi. 
Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz hali 
inson nutqidan uzoq, lekin ana shu qichqiriq va yig‘i nutq appara- 
tining uch bo‘limi: nafas olish, ovoz hosil qilish, artikulyatsiyaning 
rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
Chaqaloqlarda dastlabki xissiy ko‘rinishlar uch haftaligidan 
boshlab namoyon bo‘ladigan «og‘izga diqqat» va xissiy jonla- 
nishdir.
Bola ikki, uch oylik boiganida odatdagi chinqirib yig‘lashdan 
tashqari a, u, uv-uv, guv-guv, ga, aguv-guv, bu va shu kabi boshqa 
tovushlami ayta boshlaydi. Bu tovushlar guvranish davrining bosh- 
lanishidir. Guvranish davri bolaning nutq apparatini rivojlantiradi va 
tovushni talaffuz etishga tayyorlaydi. Ana shu davrdan boshlab 
nutqni tushunish jarayoni rivojlana boshlaydi.
Uch oylik bolalar yorqin ko‘zga tashlanuvchi ijobiy «mimiko- 
somatik» jonlanish majmuini ajratadilar. Bu davrda dastlabki 
intersensor bog‘lanishlar shakllanadi. Bola besh oyligida tovushlami 
farqlaydi va ularga quloq soladi. U atrofdagilaming lablaridagi 
artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga intiladi. 
Bolalaming ayrim harakatlami ko‘p marotaba takrorlashi natijasida 
nutq akti ko‘nikmasining mustahkamlanishi yuzaga keladi.U olti 
oyligidan boshlab, taqlid qilish orqali «ра-ра-ра», «be-be-be», «da-
137


da-da», «па-па-па» kabi bo‘g‘inlami talaffuz eta boshlaydi. 
Keyinchalik bola o‘zining taqlidiy harakatlari tufayli nutqning 
xilma-xil elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boradi. Bunda bola 
nafaqat fonemalami, balki nutqning sur’ati, ritmi, toni, musiqaviy- 
ligi, ifodaliligini ham o'zlashtiradi, bola ba’zi bir tovushlar 
birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar 
bilan bog‘lashga (bu, ma, bey) harakat qiladi.
V.I.Beltyukov, A.D.Salaxova o‘z tadqiqotlarida Me’yorida 
rivojlanayotgan bolalar harakat, mimika va imo-ishorani 7-8 oylikda 
tushunadilar, deb yozadilar.
Bola 7-9 oyligida nutq intonatsiyasini, so‘ngra narsalaming ish- 
harakatlarini bildiruvchi so‘zlami tushuna boshlaydi. Kattalar 
ketidan turli xil bo‘g‘inlami ixtiyorsiz tarzda qaytarish imkoniyati 
vujudga keladi. 9-10 oyligida esa bir xildagi juft bo‘g‘inlardan 
tuzilgan so‘zlami talaffuz eta boshlaydi.
Me’yorida rivojlanayotgan bolada 10-11 oyga borib bo‘g‘inlarni 
qayta-qayta takrorlashning shakllanishi yakunlanib, so‘zlami tushu- 
nish va tiklash bosqichi boshlanadi. Bola kattalar bilan bo‘g‘inlar va 
g‘udurlash vositasida muloqot qilishga ko‘chadi .Bolaning 
g‘udurlashini E. G ‘oziyev: «ixtiyorsiz nutqiy harakat reaksiyasi, u 
bolaning nutq apparatini talaffuzga tayyorlaydi», -deb ta’riflasa, 
V.I.Beltyukov: «bolaning g‘udurlashi avtonom bo‘lib, o‘zining 
rivojlanishida asab tizimining takomillashuvini aks ettiradi»,- deb 
aytadi .Bolaning g‘udurlashini YE.I.Ignatyev, N.S.Lukin, M.D.Gro- 
mov «kattalar tovushiga taqlid qilish»,- deb ko‘rsatadilar Bola bir 
yoshga borganida 10-12 ta so‘zni biladi, nutqiy aloqada boiish 
ehtiyoji tug‘iladi. U nimanidir qo‘lga olishni, so‘rashni, aytishni 
xohlaydi va bu ehtiyoj bolaning barcha faoliyatida aks etadi, unda 
faol nutqning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Natijada bola bir 
yasharligida nutqida dastlabki so‘zlar paydo b o ia boshlaydi. Ammo 
bu so‘zlar ko‘pincha faqat bolaning o‘ziga va yaqinlarigagina 
tushunarli boiadi.
Bolada birinchi so‘zlar paydo boiganidan so‘ng, tayyorlov 
davri yakunlanib, faol nutqni egallash davri boshlanadi. Bolaning 
nutqi katta kishilaming nutqiga taqlid qilish asosida rivojlanib 
boradi.Bu davrda bola atrofidagi odamlaming artikulyatsiyasiga 
e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni talaffuz qiladi.
138


Bu jarayonda bola ba’zi tovushlami noto‘g‘ri talaffuz etadi, o‘mini 
almashtiradi yoki nutqida uni qo‘llay olmaydi. Mazkur lahzalarda u 
bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni 
ham, his-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin.Tadqiqotchilar bolalarda 
so‘z boyligining o‘sib borishiga doir turlicha ma’lumotlami 
keltiradilar. Bolada dastlabki faol nutqning shakllanish muammosi 
bilan shug‘ullangan F.I.Fradkina ilmiy-amaliy ahamiyatga molik 
ko‘p ma’lumotlar to‘plagan. Uning ma’lumotiga ko‘ra bolaning 
nutq boyligi 10 oylikda ltadan 5 tagacha, 11 oylikda 3tadan 
8tagacha, 12 oylikda 7tadan 16 tagacha, ya’ni juda cheklangan 
bo‘ladi. Bundan tashqari, olima harakat jarayonida so‘zIami talaffuz 
qilish imkoniyati kengligini ham bayon qilgan. Surdopedagogika 
tarixiga nazar tashlasak, turli davrlarda eshitishida muammosi 
bo‘lgan bolalami tadqiqot obyekti sifatida o‘rgangan pedagog va 
olimlardan J.Zaif, V.I.Fleri, J.Itar, Y.T.Speshnevlar ular orasida u 
yoki bu holda murojaat etilgan nutqni tushuna oladigan, qisman 
lug‘at boyligiga ega bo‘lgan, ba’zan, hatto, sodda jumlalar tuza 
oladigan bolalar borligini, agar nutq ularga qarata balandlatilgan 
holda aytilsa, bunday bolalar ta’lim-tarbiyasining barcha muam- 
molari hal etilishi mumkinligini ta’kidlab, eshitishi qisman buzilgan 
bolalarga, ular nutqining o‘ziga xos rivojlanishiga alohida e’tibor 
qaratganliklariga guvoh bo‘lamiz. V.LFleri bola shaxsining 
shakllanishi uchun atrofidagi yaqinlari va, ayniqsa, onasi alohida 
g‘amxo‘rlik, e’tibor ko‘rsatish!ari zarurligi hamda zaif eshituvchi 
bola nutqining rivojlanishi uchun ilk yosh davri alohida o‘rin 
tutishini ta’kidlagan holda: «Zaif eshituvchi-soqov bola qancha 
kichik bo‘lsa, uning o‘zlashtirish layoqati shuncha yuqori bo‘ladi», - 
deb yozadi Olim, shuningdek, dastlabki so‘zlami bola ko‘rish 
asosida taqlidan o‘zlashtirishi lozimligini alohida qayd etadi.
Ma’lumki, nutq-odamlaming til vositasi bilan aloqa bog‘lashla- 
ridir. Odam nutq orqali munosabatga kirishib, o‘zining bilimlarini 
faqat yakka tajriba hisobiga emas, balki juda ko‘p avlod-ajdodlar 
tomonidan to‘plangan ijtimoiy tarixiy tajriba hisobidan ham 
boyitadi. Nutq barcha aks ettirish jarayonlari kabi har bir odamning 
yakka hayoti davomida o‘zlashtiriladi. Bola dastlabki nutqni egalla- 
yotgan davrda uning nutqi tovushlarga bo‘lgan reaksiyasi juda
139


umumlashgan xarakterga ega bo‘ladi. Bolani nutqi rivojlanayot- 
ganda, u atrofdagi odamlar muloqoti ta’siri ostida rivojlanib boradi.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish