Barcha tasawuming kerakli sifatlari (kenglik, ixtiyoriylik,
chidamlilik, originallilik) birdan paydo bo‘lmay, balki sistematik
sharoitlar, kattalar ta’siri orqali paydo boiadi. Bu bolaning idroki va
tasavvurini boyitishi kerak. Lekin tayyor mavzularga zo‘rlab,
ko‘zini uzmay turishi kerak, degani emas.
Bolaga haqiqatni tanitishda unda tasvirlash obrazlarini
qo‘llashni rivojlantirish qobiliyati, ular asosida yangisini barpo etish
uchun yordam berish kerak.
Bunda bolalarda bilish, qiziqishlami
shakllantirish muhim. Agar bu vazifalar bolalar bilan o‘tkazilmasa,
tasavvur ham rivojlanishda ancha orqada qolib ketadi.
Eshitishda nuqsoni bor kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari-
ning tasawuri shakllanish jarayonida pedagog tasviriy san’atning
qayta tiklash va ijodiy tasavvur o‘zaro mahkam bog‘langanligini
esda tutishi kerak.
Rassom asliga qarab rasm chizganda, u nafaqat ko‘rganlarini,
balki o‘zining fikrlarini, tuyg‘ularini, naturaga munosabatini, ya’ni
ko‘rganlarini o‘zgartirib ijod qiladi. Bilim vositalarini va aks
ettirishning o‘zaro bogiiqligi har bir rassomda ajralib turadigan ijod
qirralarini tashkil etadi. Ijodiy va qayta tiklash tasawurining o'zaro
aloqasi rasm bilan bezash ishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Rassom o‘zining rasmlarida, adabiy asarlarida
eng muhim sujetning
tugunli onlarini, personajlaming xarakterli tomonlarini, voqealar-
ning muhim tomonlarini, o‘zaro munosabatlami ochib berishga
harakat qiladi. Bu esa o‘z navbatida
kitobxonga adabiy asar
mazmunini yaxshi tushunishga, uning asosiy flkrini bilishga,
o‘qiganlaridan xulosalar chiqarishga yordam beradi.
0 ‘quvchilarda tasavvur rivojlanishi bo‘yicha metodik ko'rsat-
malar taqdim etishdan aw al shuni belgilash kerakki, fantaziya
asosida quyidagi ruhiy sifatlar yotadi:
bir predmet obrazini aniq va ravshan taqdim etish;
miyada obraz-tasawur saqlab qolishga
yordam beruvchi yaxshi
ko‘rish xotirasi;
ikki va undan ortiq pedmetning o‘lchamini, sifatini tafakkurda
solishtirish qobiliyati;
yangi obyektlaming yangi xususiyatlari va turli obyekt
qismlarining murakkablashgan qobiliyatini yaratish.
115
Shunday qilib, tasawur jarayonining o‘tishi uchun muhim
sharoitlar, birinchidan orttirilgan tajriba, bor bo‘lgan bilimlarda
ifodalanadi (predmet, dunyoni, tabiat
va hayot hodisalari haqida
tushuncha, ikkinchidan tasavvumi fikran ishlatish ulami qayta
tiklashning mahorati). Mavjud tushunchalar asosida nafaqat yangi
obrazlar qayta quriladi, balki umuman yangi bir ijod muallif
niyatiga mos o‘zgartirish yaratiladi.
- menga esa ko‘proq shoyi ro‘mollar, popuklarsiz sovuq tonda
katta gullari bilan yoqadi;
- men yelkada uchburchak ro‘molni, faqat bitta burchagida rasm
boMganini yoqtiraman.
Qizcha yugurib o‘tib ketadi, unga yomg‘ uchburchakli ro‘mol
yoki o‘yinchoqlari bilan ro‘molcha yoqishini aytadi.
Buvisi esa
bunday ro‘molni o‘ramaydi.
Amaliy vazifa:
- Biz turli ro‘mollami ko‘rdik, endi esa bezash ustalari qanday
ishlaganlarini bilayapmiz.
Ro‘mollar hoshiyali va hoshiyasiz, mayda va yirik bezakli
bo‘ladi. Ro'mollar misolida yoki plakat bo‘yicha turli kompozitsion
yechimlami ko‘rib chiqamiz.
0 ‘qituvchi rasm ko‘rsatadi (ro‘mollar to‘plami shoyi, shtapel,
kashimir). Ro‘mol sidirg‘a grafikli rasm bilan bezalgan bo‘lishi
mumkin. Bitta rangli gammadagi ro‘mol iliq rangli gamma cho‘tkali
yoyilgan naqsh guli, ranglaming ustma-ust qo‘yilishi bilan yorug‘
kontrast gulli ro‘mol (2-3 ta rang garmoniyasi) hosil bo‘ladi.
Yomg‘ tonda bolalar rasmlari bilan ro‘mol yoki uchburchakli
ro‘mol chizadilar.
Bolalaming mustaqil ishi.
Bolalar ro‘mol yoki uchburchakli ro‘mol uchun qog‘oz
tanlab
oladilar va mustaqil ravishda cho‘tka bilan tayyorgarliksiz rasmlami
bo'yaydilar.
0 ‘qituvchi to‘qimachilikda bunday rasm bezatish element-
larining uchta o‘lchami: yirik, o‘rta va mayda qo‘shilganda yaxshi
natijaga erishish mumkinligini eslatib o‘tishi kerak. Ro‘mol rasmini
akvarelda, mato bo‘lagida bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: